Mavzu. Temir yo’l transporti reja. Bajardi. Abzoirov Muzaffar




Download 3,94 Mb.
bet2/3
Sana18.01.2024
Hajmi3,94 Mb.
#140210
1   2   3
Bog'liq
muzaffar temir yo\'l

Keyinchalik bu yoʻl 1895—97 yillarda Ursatyevskaya (Xovos) styasidan Qoʻqongacha davom ettirildi. 1899-yil temir yoʻl Toshkentga yetkazildi (qarang Samarqand — Andijon temir puli). 1890-yil kuzida 1874-yilda Rossiya imperiyasining maxsus temir yoʻl komissiyasi kurish zarur deb topgan Toshkent— Orenburg temir yoʻl qurilishi boshlandi. 1906-yil yanvarda Toshkent — Orenburg temir yoʻl (Toshkent temir yoʻli) ishga tushirildi. 1907-yil Kogon—Buxoro, 1913—16 yillarda Fargʻona halqa temir yoʻlning Qoʻqon—Namangan—Andijon qismi, 1913—15 yillarda Kogon—Amudaryo styasi va Qarshi—Kitob shoxobchalari kurildi. 1917-yilga qadar hozirgi Oʻzbekiston hududida jami temir yoʻl uzunligi 1,1 ming km edi.

  • Keyinchalik bu yoʻl 1895—97 yillarda Ursatyevskaya (Xovos) styasidan Qoʻqongacha davom ettirildi. 1899-yil temir yoʻl Toshkentga yetkazildi (qarang Samarqand — Andijon temir puli). 1890-yil kuzida 1874-yilda Rossiya imperiyasining maxsus temir yoʻl komissiyasi kurish zarur deb topgan Toshkent— Orenburg temir yoʻl qurilishi boshlandi. 1906-yil yanvarda Toshkent — Orenburg temir yoʻl (Toshkent temir yoʻli) ishga tushirildi. 1907-yil Kogon—Buxoro, 1913—16 yillarda Fargʻona halqa temir yoʻlning Qoʻqon—Namangan—Andijon qismi, 1913—15 yillarda Kogon—Amudaryo styasi va Qarshi—Kitob shoxobchalari kurildi. 1917-yilga qadar hozirgi Oʻzbekiston hududida jami temir yoʻl uzunligi 1,1 ming km edi.

Yuk tashishda teplovozlar (respublika temir yoʻlda parovoz 1974-yilgacha ishlatildi), yoʻlovchilar tashishda teplovoz va elektrovozlar xizmat koʻrsatadi. Transport yoʻlini elektrlashtirish dastlab 1970-yil Toshkent—Yangiyoʻl uchastkasida boshlangan. Keyinchalik Xoʻjakent—Sirdaryo liniyasi (148 km)da elektr poyezdlari katnovi yoʻlga qoʻyiddi. 1985-yildan temir yoʻlni oʻzgaruvchan tokda elektrlashtirishga oʻtildi. 1993-yilda Transport yoʻlining Xovos—Bekobod va Xovos—Jizzax liniyalari elektrlashtirildi. 2003-yildan Toshkent—Samarqand yoʻnalishida "Registon" elektropoyezdi qatnovi yoʻlga qoʻyildi.

1941—45 yillardagi urush davrida Temir yoʻl t.da front uchun zarur yuklar tashildi. Urushdan keyingi yillarda transportning bu soxasida tub oʻzgarishlar qilindi. Lokomotivlar kuvvati oshirildi, poyezdlar tigʻiz qatnaydigan joylarda ikkinchi yoʻllar qurildi. Parovozlar oʻrniga elektrovoz va teplovozlar koʻllanildi. Styalarning texnika bilan jihozlanishi yaxshilandi. Bu davrda magistral yoʻllardan sanoat shaharlariga (Toshkent—Angren, Toshkent— Chirchiq) shoxobcha yoʻllar kurildi. 1963-yili Krasnovodsk—Boku parom yoʻlining ishga tushirilishi bilan Toshkent—Krasnovodsk liniyasi Ozarbayjon temir yoʻl bilan muntazam boglandi. 1964-yil Oʻzbekiston, Turkmaniston, Tojikiston temir yoʻllari boshqaruvi Toshkentda boʻlgan yagona Oʻrta Osiyo temir yoʻlga birlashtirildi. 1971-yilda Qozogʻiston orqali Rossiyaga chiqadigan Qoʻngʻirot—Beynov temir yoʻl kurildi. 1982-yil Termiz shahri yaqinida Amudaryo orqali Afgʻonistonga oʻtadigan temir yoʻl va avtomobil yoʻli koʻprigi foydalanishga topshirildi. Aksariyat viloyat markazlarida yangi temir yoʻl vokzallari kurildi.


Download 3,94 Mb.
1   2   3




Download 3,94 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu. Temir yo’l transporti reja. Bajardi. Abzoirov Muzaffar

Download 3,94 Mb.