Mavzu: tizim tushunchasi. Axborot tizimlari. Avtomatlashtirilgan ish joylari




Download 31,24 Kb.
bet2/5
Sana30.01.2024
Hajmi31,24 Kb.
#148652
1   2   3   4   5
Bog'liq
4-maruza . AXBOROT TIZIMLARI.

Axbort tizimi - belgilangan maqsadga erishish yo‘lida axborotni yig‘ish, saqlash, qayta ishlash va uzatish uchun qo‘llaniladigan usullar, vositalar va shaxslarning o‘zaro bog‘langan majmuasidir.
Axborot tizimlari jamiyat paydo bo‘lgan paytdan boshlab mavjud bo‘lgan, chunki rivojlanishning turli bosqichida jamiyat o‘z boshqaruvi uchun tizimlashtirilgan, oldindan tayyorlangan axborotni talab etgan. Bu, ayniqsa ishlab chiqarish jarayonlari – moddiy va nomoddiy ne’matlarini ishlab chiqarish bilan bog‘liq jarayonlarga tegishlidir. Chunki ular jamiyat rivoji uchun hayotiy muhim ahamiyatga ega. Aynan ishlab chiqarish jarayonlari tezkor takomillashadi. Ularning rivojlanib borishi bilan boshqarish ham murakkablashadiki, o‘z navbatida, u axborot tizimlarini takomillashtirish va rivojlantirishni rag‘batlantiradi.
Kibernetik yondoshuvga muvofiq boshqaruv tizimi boshqaruv ob’ekti yig‘indisini (masalan, korxonalar, tashkilotlar va hokazo) va boshqaruv sub’ekti, boshqaruv apparatini o‘zida namoyon etadi. Boshqaruv apparati deganda maqsadlarni shakllantiruvchi, rejalarni ishlab chiquvchi, qabul qilingan qarorlarga talablarni moslashtiruvchi, shuningdek ularning bajarilishini nazorat qiluvchi xodimlar tushuniladi. Boshqaruv ob’ekti vazifasiga esa boshqaruv apparati ishlab chiqqan rejalarni bajarish kiradi, ya’ni boshqaruv tizimining o‘zi shu ishlarni amalga oshirish uchun tuzilgandir.
Boshqaruv tizimining ikkala komponenti to‘g‘ri (T) va aks (A) aloqalar bilan bog‘langan. To‘g‘ri aloqa boshqaruv apparatidan boshqaruv ob’ektiga yo‘naltiriladigan axborot oqimida ifodalanadi, Aks aloqa teskari yo‘nalishda yuboriluvchi qabul qilingan qarorlarning bajarilishi haqidagi hisobot axboroti oqimida o‘z aksini topadi.
Axborot oqimlari (T va A), qayta ishlash vositalari, ma’lumotlarni uzatish va saqlash, shuningdek ma’lumotlarni qayta ishlash bo‘yicha operatsiyalarni bajaruvchi boshqaruv apparati xodimlarining o‘zaro aloqasi ob’ektining axborot tizimini tashkil etadi.
Axborot tizimlarini tadbiq etish nafaqat mayda – chuyda axborotni qayta ishlash va saqlash, yozuv – chizuv ishlarini avtomatlashtirish hisobiga, balki qarorlarni qabul qilish (sun’iy intelekt usullari, ekspert tizimlari va hokazolar), zamonaviy telekommunikatsiya vositalari (elektron pochta, telekonferensiyalar), yalpi va lokal hisoblash tarmoqlari va boshqalardan foydalanishda firma mutaxassislari hatti-harakatini modellashtirishga asoslangan boshqarishning yangi uslublari hisobiga ham firma ishlab chiqarish-xo‘jalik faoliyati samaradorligini oshirish maqsadlarida amalga oshiriladi.
Axborot tizimlarining avtomatlashtirilgan va avtomatik turlari ma’lum.

Download 31,24 Kb.
1   2   3   4   5




Download 31,24 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: tizim tushunchasi. Axborot tizimlari. Avtomatlashtirilgan ish joylari

Download 31,24 Kb.