MA’RUZA№ 4.
MAVZU: TIZIM TUSHUNCHASI. AXBOROT TIZIMLARI. AVTOMATLASHTIRILGAN ISH JOYLARI.
Reja:
1. Tizim tushunchasi va turlari
2. Axborot tizimi tushunchasi
3. Axborot tizimidagi jarayonlar
4. Avtomatlashtirilgan ilmiy tadqiqot tizimlari
Tizim (sistema) deganda, yagona maqsad yo‘lida bir vaqtning o‘zida ham yaxlit, ham o‘zaro bog‘langan tarzda faoliyat ko‘rsatuvchi elementlar(ob’ektlar) majmuasi tushuniladi. Demak, har qanday tizim biror bir aniq maqsad yo‘lida xizmat qiladi. Masalan, sizga ma’lum bo‘lgan shahar telefon tarmoqlari tizimi, insondagi yurak qon-tomir tizimi, asab tizimi va boshqalar sun’iy yaratilgan va tabiiy tizimlarga misol bo‘la oladi. Ularning har biri tizimga qo‘yiladigan barcha shartlarga javob beradi, ya’ni har biri o‘ziga xos yagona maqsad yo‘lida faoliyat ko‘rsatadi va tizimni tashkil etuchi elementlardan iborat.
Quyidagi jadvalda elementlari va asosiy maqsadi ko‘rsatilgan tizimlarga yana bir nechta misollar keltirilgan.
Tizim turlari
|
Tizimning elementlari
|
Tizimning asosiy maqsadi
|
Korxona
|
Odamlar, qurilmalar, materiallar, bino va boshqalar.
|
Mahsulot ishlab chiqarish.
|
Kompyuter
|
Elektron va elektromexanik uskunalar.
|
Ma’lumotlarni qayta ishlash
|
Telekommunikatsion tizim
|
Kommunikatsiya vositalari, aloqa kanallari, qurilmalar.
|
Aloqa kanallarini o‘zaro bog‘lash va ma’lumot almashuvini ta’minlash.
|
Axborot tizimi
|
Kompyuterlar, kompyuter tarmoqlari, odamlar, axborot va dasturiy ta’minot va boshqalar.
|
Ma’lumotlarni yaratish, yig‘ish, qayta ishlash va masofaga uzatish.
|
Informatikada «tizim» tushunchasi ko‘proq texnik vositalar, asosan kompyuterlar va murakkab ob’ektlarni boshqarishga nisbatan ishlatiladi. «Tizim» tushunchasiga «axborot» so‘zining qo‘shilishi uning belgilangan funksiyasini va yaratilish maqsadini aniq aks ettiradi.
|