|
Mavzu: Tortuv harakat tarkibini ta’mirga qo‘yish
|
bet | 6/9 | Sana | 06.12.2023 | Hajmi | 278,99 Kb. | | #112458 |
Bog'liq 16 ma\'ruza IChJTQTartibga solingan dam olish, sug'urta qoloqligi yoki zaxira uskunalari ko'rinishidagi zaxirani yaratish orqali (barcha hollarda qisman zaxira narxida) biz tizimning beqarorligini pasayishiga erishiladi va butun ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini oshiriladi. Shu bilan birga, ish jarayonida kutilmagan uzilishlar bilan bog'liq bo'lgan ish vaqtini yo'qotish sezilarli darajada kamayadi. 2. Lokomotivlarni ta’mirga qo’yish 2. Lokomotivlarni ta’mirga qo’yish Tortuv harakat tarkiblarini ta’mirlashning kapital turlari (KT-1, KT-2, KTU) zavod va “O`zbekiston temir yo`llari” AJ Lokomotivlardan foydalanish boshqarmasi tomonidan yoki shartnomalar asosida tuziladigan kvartal rejalar asosida bajariladi. Tortuv harakat tarkiblarini zavodga ta’mirlash uchun keltirish (depoga qaytarish) zavod va “O`zbekiston temir yo`llari” AJ Lokomotivlardan foydalanish boshqarmasi bilan kelishilgan muddatlarda amalga oshiriladi. Tortuv harakat tarkibi zavodga ishlamayotgan (sovuq) xolda keltiriladi. Bunda avtoblokirovka va radiostansiya yechilgan, tizimlardan moy, suv, yoqilg`i, qum, yong`inga qarshi qurilmadan suyuqlik to`kilgan, sanitar uzel tozalangan va dezinfektsiya qilingan, tashqi qismlar turli ifloslanishlardan tozalangan bo`lishi kerak. Tortuv harakat tarkibi bo`yicha ishlar hajmi ishlarni aniqlash byurosi (ro`yxatga olish byurosi) xodimlari tomonidan belgilanadi. U o`zaro uzluksiz bog`langan ta’mirlash bo`yicha ishlar hajmini aniqlash va sarf hujjatlari asosida topshirish funktsiyalarini bajarish bo`yicha markazlashtirilgan organ sifatida tuzilgan (3-rasm). Byuro ishlab chiqarish-dispetcherlik bo’limiga (IDB) bo’ysinadi. Byuroning muhandis-texnolog xodimlari o’z ishlarini quyidagilar asosida tashkil etadilar: Byuro ishlab chiqarish-dispetcherlik bo’limiga (IDB) bo’ysinadi. Byuroning muhandis-texnolog xodimlari o’z ishlarini quyidagilar asosida tashkil etadilar: • tortuv harakat tarkibini ta’mirga qabul qilish va ta’mir hajmini aniqlashda – tortuv harakat tarkibini ta’mirlash va modernizatsiyalashning asosiy shartlari, kapital ta’mirlash qoidalari; texnik ko’rsatmalar; ushbu turdagi ta’mirlash uchun taalluqli chizmalar, sxemalar va boshqa me’yoriy hujjatlar;
|
| |