Tipik sxemalar va ularning taxlili




Download 2,39 Mb.
bet3/3
Sana19.08.2024
Hajmi2,39 Mb.
#269650
1   2   3
Bog'liq
elektr mashina mustaqil ishi 1

Tipik sxemalar va ularning taxlili.
Releli himoya qurilmalarining liniya toki bilan ta’minlanishi quyida keltirilgan tok transformatorlari va rele chulg‘amlarini ulashning tipik ulanish sxemalari asosida amalga oshiriladi. Har bir keltirilgan sxemadagi relening ishlashi 26 va xatti-harakati normal va nonormal holatlarida ikkilamchi zanjirdagi tokning tarqalish harakteriga bog‘liq. Sxemalarda tokni tarqalishini aniqlash uchun avvalambor ko‘rilayotgan qisqa tutshuvda birlamchi toklarning haqiqiy qiymatlarining musbat yo‘nalishlari ko‘rsatiladi, keyin esa har bir tok transformatorlaridagi toklarning yo‘nalishini ko‘rsatgichlari (strelkalari) chiziladi, bu yo‘nalish ko‘rsatgichlari birlamchi tokning o‘tishiga bog‘liq. Eng oxirida tok transformatorining ikkilamchi tokini o‘tish yo‘li ko‘rsatiladi. Agar sxemaning biror elementida (o‘tkazgich va rele chulg‘amida) har xil fazalarning ikkilamchi toklari qo‘shilayotgan yoki ayrilayotgan bo‘lsa, bunda natijaviy elementdagi tok fazaviy siljishlarini hisobga olgan holda mos keluvchi faza toklarining vektorlarini geometrik qo‘shish yoki ayirish natajasida topiladi. Har bir sxema uchun reledagi tok Ir ning fazadagi tok If ga nisbatini topish mumkin. Bu nisbat sxema koeffitsiyenti deyiladi:
Ksx=Ir/If
Bu koeffitsiyent himoyani sezgirligini baholashda va ustavka toklarini Hisoblashda ishlatiladi. Quyida asosiy tipik sxemalardagi toklarning tarqalishi va ularning ishlatilish joylariga doir ma’lumotlar keltirilgan.
Chiqishlarini belgilanishidan foydalanib quvvat yo‘nalishi relelari, vattmetrlar va Shukabi asboblarning chulg‘amlarini va tok transformatorlarning ikkilamchi Chulg‘amlarini berilgan sxema bo‘yicha ulash ishlari olib boriladi. Tok transformatorlari va rele chulg`amlarini to`liq yulduz sxemasi
Bu sxemada tok transformatorlari hamma fazalarga o‘rnatiladi. Tok transformatorlarining ikkilamchi chulg‘amlari va relening chulg‘amlari yulduz ko‘rinishida ulanadi va ularning nol nuqtalari, nolinchi liniya deb ataluvchi sim bilan ulanadi.
Nol nuqtaga tok transformatorlarining bir xil nomli chiqishlari ulanadi. Normal holat va uch fazali qisqa tutshuvlarda. KA1, KA2 va KA3 relelardan faza toklari oqadi. Nol liniya simidan esa ularning geometrik yig‘indisi oqadi.
Ikkita fazali q.t da q.t ikkita shikastlangan fazalarga ulangan tok transformatorlari va ularga mos keluvchi relelardan oqib o’tadi.
Download 2,39 Mb.
1   2   3




Download 2,39 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tipik sxemalar va ularning taxlili

Download 2,39 Mb.