|
Mavzu: transport inshootlari
|
Sana | 08.02.2024 | Hajmi | 5,94 Mb. | | #152952 |
Bog'liq 12-Mavzu.TRANSPORT INSHOOTLARI MAVZU: TRANSPORT INSHOOTLARI - REJA:
- UMUMIY MA’LUMOTLAR.
- AVTOVOKZALLAR.
- TEMIRYO’L VOKZALLARI.
- AEROPORTLAR
Temir yo'l, avtomobil, havo va suv transportlari vokzallari. - Temir yo'l, avtomobil, havo va suv transportlari vokzallari.
- Vokzallar o'ziga xos xususiyatlari bo'yisha bir qator turlarga tasniflanadi, ya'ni foydalanilayotgan transport turlari va tayinlanishi va magistral o'rni, o'tkazish xususiyati va sig'imi hamda passajirlar kategoriyasiga ko'ra tasniflanadi. Bular temir yo'l vokzallari va povilionlari, avtobus vokzal va povilionlari, aerovokzallar, shahar vokzallarining agentliklari, portva prigallar.
- Vokzallarning rejaviy strukturasida ichki yo'nalishlarga qatnovchi yo'lovchilar bilan xorijga chiqib ketuvchi yo'lovchilarni ajratish va ularning chegara hududidagi bojxonada hujjatlarini rasmiylashtirish kerak bo'ladi. Vokzal joylashtiriladigan joyni tanlash va uning arxitekturaviy-fazoviy sxemasi, shahar transport bog'lanishlari bosh reja rivojlanishi asosida, shuningdek, aerovokzallarda shovqin sanitar talablar va tabbiy sharoitlani uyg'unlashuvi asosida aniqlanadi.
- Vokzal oldi maydonlar o'lchamlari:
- -qishloq joylarda 0.25ga;
- -shaharlarda 2.5- 5ga va undan ortiq;
- Ba'zi yirik vokzallar 8-10 ga gacha bo'lishi mumkin. Perronlar eni 2.5m dan kam bo'lmasligi va 6 m gacha bo'ladi. Ular vokzal binosiga nisbatan katta maydonni egallaydi. Bu poezdlarning uzunligi 150-200m va undan katta aylanish radiuslari 70-100m bo'lgan ko'p o'rinli samolyotlarga asosan aniqlanadi. Platformalarni qisqatirish maqsadida arrasimon qirrali va taroqsimon bo'ladi.(avtobuslar 300, 450, 600 , 900 burchak ostida joylashtiriladi).
- Asosiy xonalar guruhlari:
- -passajirlar uchun: zal, kutish zallari, ona va bola xonalar, restoranlar, kafe va bufetlar, savdo do'konlari, ma'lumot berish shahobchalari, pochta, telegraf;
- -ma'muriy xizmatchi xonalar: navbatchi dispecherlar stansiya va vokzal bo'yicha, xodimlar xonalari, aloqa jihozlari va boshqalar;
- -texnik xonalar: qozonxona, boylernaya, transformatornaya, ventelyatsiyaya'ni shamollatish, omborxonalar.
- Kutish zali har bir passajir uchun 1.3:3.9 m2 gacha; restoran, kafelar sig'imi vokzal sig'imidan 10 %ni tashkil etishi kerak. 75
- Vokzallar umumshahar ahamiyatiga ega bo'lib shahar haqida ba'zan butun mamlakat haqidagi birinchi taassurotni o'zida ifoda etadi. Bu arxitekturaviy kompozitsiyaga ta'sir etadigan maxsus talabdir. Turli sig'imli vokzallarning konstruktiv yechimlari turlicha bo'lib 6x6m, 6x12m, 6x18m o'lchamdagi tayanch setkalar va boshqa katta proletlarni yopadigan vant konstruksiya, obolochkalar bilan yopilgan.
- Ko'chada harakatlanayotgan transportlarning to'xtash punklari.
- Me'yoriy hujjatlarga asosan keng jamoatchilik tashrif buyuradigan joylardagi jamoat transporti to'xtaydigan punktlargacha oraliq masofa 500m bo'lishi kerak. Alohida turdagi jamoat transportlarining to'xtash punktlarigacha oraliq masofa:
- -tramvay uchun 400m dan 600m dan ko'p bo'lmasligi kerka;
- -avtobus traleybus uchun 600m dan ko'p emas
- -tezyurar tramvay uchun 800m dan kam emas;
- -tezyurar avtobus uchun 800m dan kam 1200m dan ko'p emas.
- Xavfsizlik talablariga ko'ra tramvay bekatlari peshexod o'tish joyidan avval(piyoda yaqinlashayotgan transportni ko'rishi uchun), traleybus va avtobus bekatlari bekatlari aksincha o'tish joyidan so'ng(harakatlanish yo'nalishi bo'yicha) joylashtirish kerak. Tarnsportlarga chiqish orolchalarining kengligi 1.5m dan 3m gacha bo'lishi tavsiya etiladi, uzunligi 20m.
AVTOVOKZALLAR TEMIRYO’L VOKZALLARI AEROPORTLAR
|
| |