Mavzu: “Turizmda elektron marketing” fanning maqsadi va vazifalari. Mavzu rejasi




Download 1.7 Mb.
bet3/5
Sana02.04.2023
Hajmi1.7 Mb.
#48240
1   2   3   4   5
Bog'liq
элек. маркет 1 мавзу
1. Falsafiy dunyoqarashning o\'z-o\'zini anglashdagi ro\'li Agar fa, «kimyo-texnologiya», Начальная контролная работа по географии, Z.Xaydarov Musiqa tarixi Majmua
Turizm tashkilotchilari – bular turistik mahsulotlar va xizmatlarni ishlab chiqaruvchi, bozorga chiqaruvchi va sotuvchi turistik korxonalardir (turoperatorlar va turagentlar).
Turistik agentliklar (turagent) – bu iste‘molchiga, ya‘ni turistga yoki mijozlarga ayrim turistik xizmatlar va turlarni chakana sotish funksiyasini amalga oshiruvchi yuridik yoki jismoniy shaxsdir.
Tezkor axborot va so’zlashuv, yangiliklardan xabardorlik turizmning muhim bir jihatidir. Hozirgi zamon turistining Internet, faks va boshqa zamonaviy texnika vositalaridan foydalanishiga talab turizm infratuzilmasining qay darajada ekanligidan yana bir nishonadir. Zamonaviy elektron vositalari, shu jumladan, turistik xizmatlar, turistik markazlar haqidagi ma‘lumotlar joylashgan millionlab saytlarga ega bo’lgan Internet tarmoqlari nafaqat sayohat va turistik agentliklarni tanlash, hattoki, tur sayohatning chiptalari, xizmatlar uchun to’lovlarni ham oldindan tayinlab qo’yishi mumkin.
3. Axborot madaniyati va axborotlashgan jamiyat.
Axborot madaniyati
Axborot bilan maqsadga yo’naltirilgan faoliyat olib borish va axborotni to’plash, qayta ishlash hamda uzatish uchun kompyuter axborot texnologiyalaridan, zamonaviy texnik vositalardan, usullardan foydalana olish mahoratidir.
Axborot madaniyati umumiy madaniyatning bir qismi sifatida insonni axborotlar oqimida to’g’ri yo’l topishi uchun xizmat qiladi. Axborot madaniyati insonning ijtimoiy tabiati bilan bog’liq bo’ladi. U insonning ijodiy qobiliyati mahsuli bo’lib, quyidagilarda o’z aksini topadi:
1. Texnik qurilmalar (telefonlar, shaxsiy kompyuterlar va kompyuter tarmoqlari) ni ishlatish ko’nikmasida;
2. O’z faoliyatida kompyuter axborot texnologiyalarini ishlatish qobiliyatida;
3. Turli manbalar (davriy nashrlar va elektron kommunikasiyalar) dan axborotlarni olish, uni kerakli shaklda taqdim etish hamda samarali ishlatish mahoratida;
4. Axborotni analitik qayta ishlash asoslarini bilishida;
5. Turli axborotlar bilan ishlash qobiliyatida;
6. O’z faoliyat sohasidagi axborot to’plamining xususiyatlarini bilishida o’z aksini topadi.
Axborot madaniyatini 3 qismdan iborat :
axborot savodxonligi
nazariy bilimlar;
axborot-qidiruv tizimlaridan foydalanish mahorati.

Download 1.7 Mb.
1   2   3   4   5




Download 1.7 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: “Turizmda elektron marketing” fanning maqsadi va vazifalari. Mavzu rejasi

Download 1.7 Mb.