Kengash; 2. Mashvaratu maslahat




Download 309,8 Kb.
bet3/3
Sana23.01.2024
Hajmi309,8 Kb.
#144113
1   2   3
Bog'liq
14 yanvar tayyorlash kerak
O’zbekiston Respublikasi Davlat Ramzlari, Mustaqil ish1, 2 5431622449491873940, 2-курсга амалиёт дастури 2020, 10-sinf-bilogija-1-4-chorak 1397-7-2-10-41, 11-sinflar-uchu-test-sinovi, Oybek aka kurs ishi, 9-mavzu Tarmoq turlari, Sohaga oid Taqdimot nutqi., Лекция 5, zahiriddin-muhammad-bobur-hayoti-va-ijodi, MOBI.UZ, ИНваДА Маъруза матни 2020 21 16.01.21 Имзо, innovatsiya2
1.Kengash;
2. Mashvaratu maslahat;
3. Mustahkam qaror, tadbirkorlik va hushyorlik;
4.Ehtiyotkorlikka amal qilganligi tufayli erishgan.
Buni biz Amir Temurning “Barcha ishlarimning to‘qqiz ulushini kengash, tadbir va mashvarat, qolgan bir ulushini esa qilich bilan bajo keltirdim”, deb aytgan iboratomuz so‘zlaridan ham bilsak bo‘ladi. Sohibqiron qaysi bir mamlakatga lashkar tortib borganligidan qat'i nazar, u adolatni himoya qilgan, insof va diyonat uchun jangga kirgan. Aksariyat hollarda kelib chiqqan urushlar Amir Temur raqiblarining adolatsizligi, insof diyonatsizligi, imonsizligi aybi bilan jang olib borgan. Bugungi kunda Sohibqiron yaratgan harbiy san'at merosi jahon xalqlarining harbiy san'ati merosidan munosib o‘rin oldi va hozirgi kunning yangi mazmuni bilan boyib bormoqda.
Vatan ostonadan, inson yashab nafas olib turgan go‘shadan, insonning kindik qoni to‘kilgan xonadon tuprog‘idan boshlanadi.Shu bois, inson ilk bor nafas olib, ulg‘ayib voyaga yetgan ona zaminga mehr-muhabbat va sadoqatda bo‘lishi, uning har bir hovuch muqaddas tuprog‘ini ko‘ziga to‘tiyodek surtishi, unga nisbatan bir umr farzandlik hissi bilan yashashi uning uchun ham farz, ham qarzdir. Vatanimiz tuprog‘idagi har bir qarich yer muqaddas hisoblanadi. Shuning uchun ajdodlarimiz yurt tuprog‘ini ko‘zlariga to‘tiyo etganlar, qayerga borsa ham vatan yodi bilan nafas olganlar. Yurtimiz insonlari vatanimizdan tashqarida baxt-saodatga erisha olmaydilar. Har bir insonning o‘z Vatani uning uchun dunyodagi eng go‘zal va muqaddas makondir.
Bugungi yoshlarimiz mustaqil vatanimizning posbonlaridir. Biz navqiron avlod vakillarini barkamol, yetuk kishilar qilib voyaga yetkazsak, ularning har birida or-nomus, milliy g‘ururni izchil shakllantirib borsak, vatanimiz shunchalik qudratli davlatga aylanadi. Vatanni, xalqimiz tinchligi va osoyishtaligini ishonchli himoya qilish, vatanparvar bo‘lish, sodiqlik, fidoyilik tuyg‘ularini xis etib yashayotgan yoshlarimiz mustaqil yurtimizning kelajagidir. Biz qo‘lga kiritgan bunday yutuqlar bilan muqaddas yurtimizda yashayotgan, millati, dini va e'tiqodidan qat'i nazar, har bir inson haqli ravishda faxrlansa arziydi. 
Download 309,8 Kb.
1   2   3




Download 309,8 Kb.