Mavzu: Veb saytlarni yaratishda cms texnologiyasini qo‘llash. Reja




Download 342,66 Kb.
bet1/6
Sana16.05.2024
Hajmi342,66 Kb.
#237880
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
19-маъруза


Mavzu: Veb saytlarni yaratishda CMS texnologiyasini qo‘llash.
Reja:
  • CMS texnologiyasi haqida.
  • Mavjud zamonaviy CMS turlari.

1. CMS texnologiyasi
Barchaga ma’lumki, butunjahon tarmog‘idagi web-sahifalar kundan kunga ko‘payib bormoqda. Bu holat O‘zbekistonda, ya’ni Uznetda ham jadallik bilan amalga oshmoqda. Kimdir o‘z shaxsiy sahifasini yaratsa, kompaniya va firmalar korporativ saytlarini yaratmoqda. Yana kimdir o‘z kundaliklarini, ya’ni bloglarini olib boradilar.
Shu bilan birga, yirik portallar faoliyati ham rivojlanmoqda. Bularning hammasi esa biror dasturiy vosita yordamida yaratiladi. Kimdir HTML tilida, kimdir PHP da, yana kimlardir CMS deb ataluvchi tizimlar yordamida Web-saytlarni yaratmoqda. Xo‘sh, CMS degani o‘zi nima. Bu tizimni nima ekanini tushunish uchun, keling, avvalo, web-sahifalar qanday yaratilishi haqida bilib olamiz.
CMS "Content Management System" deb yoyib yoziladi, ya’ni kontentni boshqarish tizimi yoki saytni boshqarish tizimi. Bu saytni tez yaratish , Bitrix (Saytni Boshqarish Tizimi) ishini soddalashtirish uchun xizmat qiladi.
Birinchi: saytni boshqarish tizimi buyurtmachiga saytni mustaqil expluatatsiya qilishda, ya’ni bizning mutaxassis bilan emas, balki o‘zingizning kompaniya xizmatchingiz (menedjer, kotib, marketolog) bilan saytdagi ixtiyoriy ma’lumotni va uning strukturasini o‘zgartirishingizga imkon beradi.
Agar siz saytingiz marketingli uskuna va undagi har kungi ma’lumotida kompaniyangizning oxirgi marketingli aksiyalari aks etishini xoxlasangiz u holda CMS ni sizning saytingizga qo‘llanilishi shart. Bu - saytingizni rivojlantirish yoki modernizatsiyalash ishlarida o‘ylanmay qilingan harakatlar yoki shunchaki xatolardan asraydi.
Ikkinchi: Saytni boshqarish tizimi yordamida saytni rivojlanishi sezilarli soddalashadi va jonlanadi. Saytda yangi bo‘lim yaratish, ixtiyoriy sahifada reklama bloklarini, ichki bannerlarni yoki tovarlarning maxsus takliflarini joylashtirishni buyurtmachi mustaqil va daqiqalar bilan o‘lchanadigan vaqt mobaynida bajarishi mumkin. Bundan tashqari, buyurtmachi mustaqil, bizning yordamimizsiz, CMS yordamida saytni yangi interfaol bo‘limlarini yaratishi(masalan, forum) yoki u yoki bu sahifalarni parol bilan yopib va ularga faqat tanlangan foydalanuvchilargagina kirishga imkon berish mumkin.

Download 342,66 Kb.
  1   2   3   4   5   6




Download 342,66 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Veb saytlarni yaratishda cms texnologiyasini qo‘llash. Reja

Download 342,66 Kb.