• 1.Web API ga kirish API sozi shunchaki qisqartma bolib, aslida Application Programming Interface
  • Mavzu: web api bajardi




    Download 399.89 Kb.
    bet1/4
    Sana07.04.2024
    Hajmi399.89 Kb.
    #190272
      1   2   3   4
    Bog'liq
    ASP WEBAPI
    Mavzu Kichik ochiq iqtisodiyot modeli Reja Kirish Kichik ochiq, RESURSLARNI TAQSIMLASH STRATEGIYASI TAQSIMLANADIGAN RESURSLAR

    MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI

    Amaliy matematika va intellektual texnologiyalar fakulteti


    ASP.NET Core texnologiyasi fanidan



    MUSTAQIL ISH



    Mavzu: WEB API

    Bajardi: “Informatika va axborot
    texnologiyalari” ta’lim yo‘nalishi,
    5-kurs 1901S-guruh talabasi
    Jasurbek Ergashev
    Toshkent-2023
    Reja:
    Kirish

    1. Web API ga kirish

    2. Swagger haqida ma`lumot

    3. HTTP so`rovlarning turlari

    Foydalanilgan adabiyotlar
    Kirish
    Hozirgi kunda Web texnologiyalar jadallik bilan rivojlanib bormoqda. Bunday texnologiyalardan biri bu Web API. Web API nimaligini tushunishdan avval quyidagilar haqida ma’lumotga ega bo`lish maqsadga muvofiq bo`ladi:

    • Fundament (asos, boshlang'ich)

    • RESTful API

    • Middleware

    • Dependency Injection

    • Routing

    • Format Response

    • Model Binder

    • Kitob magazini sayti

    • Entity Framework Core 5.0

    • Angular da API dan foydalanish

    • JWT orqali kirish va ro'yxatdan o'tish



    1.Web API ga kirish
    API so'zi shunchaki qisqartma bo'lib, aslida Application Programming Interface degan ma'noni anglatadi. Ushbu tehnologiyaning afzalliklari judayam ko'p. API shunchaki qaysidir joyga borish uchun ochiq yo'l. Backend va Frontend chilarni bog'lab turuvchi bir rishta :) Habaringiz bor yoki ushbu maqolani o'qishdan avval kamida bir marta ASP.NET Core Web MVC ga qiziqib ko'rgansiz. Hamma yangi dasturchilar, bitta saytni o'zi noldan ko'tarmoqchi (yasamoqchi bo'ladi). Yasasa bo'ladi albatta, u insonni fullstack deb atashadi. Ya'ni Frontend ni ham Backend ni ham birgalikda o'zi yozadi kodini. Hozirda zamon shunday rivojlanyaptiki, bu narsalarga alohida alohida dasturchilar biriktirilyapti. Sababi hamma o'zini ishini qilsa, keyin o'sish bo'ladi jamiyatda. Backend chilar faqat saytni orqasini qiladigan, service yozadi... Frontend chilar esa sayt ustini chiroyli qilib shakllantirib, Backendchi bergan API lar orqali bazaga borib ma'lumotlarni oladi. Ya'niki, shu muammolarda qutilish uchun Web API ni ishlab chiqdilar. Backend dasturchisi asosan ma'lumotlar bazasi bilan ishlaydi va websaytga bog'laydi. Qandaydir hizmat yaratadi. Keyin o'sha hizmatdan foydalanish uchun rasmiy tarzda API lar yaratib beradi (yo'llar - frontend chi backendchining eshigidan kirib kelishi uchun). Asosan API lar URL ko'rinishida bo'ladi. Hullas Frontendchi API ga so'rov yuborsa (ma'lumot olib kelish uchun elchi), Backendchi uni kutib olib, agar kelisha olsalar, so'ragan ma'lumotlarni JSON (JavaScript Object Notation) nomli idishga qadoqlab solib beradi. Keyin Frontendchiga javob yuboradi, Frontchi esa uni qabul qilib, JSON nomli idishdan chiqarib oladi, so'ngra uni foydalanuvchiga chiroyli qilib chiqarish maqsadida har xil komponentlardan foydalanadi.

    Idish - JSON, ichidagi narsa ma'lumot, qo'llar esa backend va frontend

    Frontend / Backend

    Frontend bir necha xil platformada bo'lishi mumkin, lekin backend bitta bo'ladi. Ya'ni Desktop (kompyuter dasturi), Mobil (mobil dastur), Web front (websayt) ko'rinishida bo'lishi mumkin frontend. Masalan Telegramni olaylik, uning kompyuter uchun ham, mobil uchun ham, websayt uchun ham frontend dasturlari bor va ular faqat bitta backend hizmatidan foydalanishadi. Buni bilish qiyin emas. Telefoningizdagi telegramdan do'stingizga nimadir habar yuborsangiz, kompyuterda ham yuborilgani ko'rinadi. Demak ularning manbaasi bir joyda. O'sha manbaa backend deb ataladi....




    Download 399.89 Kb.
      1   2   3   4




    Download 399.89 Kb.