• Kompyuterni nima boshqaradi Kompyuter ishlashi uchun faqat elektr tokining o’zi yetarli emas. U inson tomonidan beriladigan buyruqlar
  • WINDOWS 98, WINDOWS XP, LINUX, UNIX, MACHINTOSH
  • Windowsning ish stoli
  • Yorliqlar
  • Mavzu: Windows haqida




    Download 228,64 Kb.
    Pdf ko'rish
    Sana23.01.2024
    Hajmi228,64 Kb.
    #144080
    Bog'liq
    root videos 3-Mavzu Windows haqida.pdf filePath 3-Mavzu Windows haqida



    Mavzu:  
    Windows haqida 
     
    Ta’limiy maqsad: Windows operatsion tizimi haqida tushuncha berish. 
    Tarbiyaviy maqsad: O`quvchilarni vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash.
    Rivojlantiruvchi maqsad: o`quvchilar bilmnini yangi bilimlar bilan boyitish. 
     
    Dars turi: amaliy, yangi bilim berish, og`zaki, savol-javob. 
    Dars uslubi: Aralash. 
     
    Dars jihozi: kompyuter, darslik, qo`shimcha adabiyotlar, elektron qo`llanmalar, 
    taqdimotlar. 
    DARSNING BORISHI: 
    I. TASHKILIY QISM 
    a) salomlashish. 
    b) yo`qmala qilish. 
    c) siyosiy daqiqa o`tkazish. 
    II. YANGI DARS BAYONI 
    Avvalgi darsda kompyuterning tuzilishi va uning ba’zi qurilmalari haqida ma’lumot 
    oldingiz. Bu darsda kompyuter va uning qurilmalari nima asosida ishlashini bilib olasiz. 
    Kompyuterni nima boshqaradi? 
    Kompyuter ishlashi uchun faqat elektr tokining o’zi yetarli emas. U inson tomonidan 
    beriladigan buyruqlar asosida ishlaydi. Ma’lum bir vazifani bajarish uchun kompyuterga 
    beriladigan buyruqlarning tartibli ketma-ketligi, odatda dastur deb ataladi. Ular 
    kompyuterning tashqi xotirasida saqlanadi. 
    Kompyuterning qurilmalari qattiq qism (Hardware) deb, dasturlar yumshoq qism 
    (Software) deb ataladi. Dasturlar. yumshoq qism deb atalishining asosiy sababi shundaki, ularni 
    osongina o’chirish yoki boshqasiga almashtirish imkoniyati bor. 
    Kompyuterdan samarali foydalana olishimiz uning faqat texnik imkoniyatlarigagina emas, 
    balki ko’proq undagi dasturlarga ham bog’liq bo’ladi. Chunki, kompyuterdagi dasturlargina 
    kerakli qurilmalarni ishga tushiradi va bizga matn yozish, rasm chizish, musiqa eshitish, kino 
    ko’rish kabi imkoniyatlarni beradi. 
    Kompyuterlar uchun hilma-xil dasturlar ishlab chiqarilgan. Ular ichida eng asosiy dastur 
    operatsion sistema hisoblanadi. Kompyuter ishga tushirilganda awalo operatsion sistema ishga 
    tushadi. 
    U kompyuter qurilmalari va dasturlarning mutanosib ishlashini ta’minlab, kompyuterda 
    ishlashimizni osonlashtiradi. Operatsion
    sistemalar juda ko’p bo’lib, WINDOWS 98, 
    WINDOWS XP, LINUX, UNIX, MACHINTOSH shular jumlasidandir. 
    Fayl yoki papka nima?
    Awalgi darsda ma’lumotlar kompyuterning tashqi xotirasida saq-lanishini bilib 
    oldingiz. Tashqi xotirada saqlanayotgan har qanday ma’lumot o’z nomiga ega 
    bo’ladi. Tashqi hotirada biror nom bilan saqlab qo’yilgan har qanday ma’lumot fayl 
    deb ataladi.


    Fayllarga misollar:
    Kompyuterda saqlanayotgan fayllar juda ko’p bo’lishi mumkin. Ularning ichidan keraklisini 
    izlab topish oson bo’lishi uchun fayllarni guruhlarga ajratib tashqi xotiraning alohida qismlarida 
    saqlash qulay. 
    Bu qismlar nomlanib papka (katalog) deb ataladi. Fayllarni guruhlarga ajratishda, ularning 
    musiqaga, kinoga, o’yinga, kimga yoki qaysidir sohaga tegishliligiga yoki yana boshqa 
    hususiyatlariga qaraladi. Bir nechta fayl biror nomli papkaga joylanishi mumkin. Lozim bo’lsa 
    papka ichiga papka ham joylashtirilishi mumkin. 
    Windows nima?
    Windows inglizcha so’z bo’lib, derazalar, oynalar degan ma’noni anglatadi. Biz o’rganmoqchi 
    bo’lgan WINDOWS XP operatsion sistemasi ishga tushganda monitorda quyidagi ko’rinish aks etadi: 
    Bu ko’rinish Windowsning ish stoli yoki qisqacha ish stoli (Pa6oчий cmoл) deb ataladi. 
    Ish stolida, asosan, Pusk (ITycк) tugmasi, Masalalar paneli (IJaHeji 3adan), Mening kompyuterim 
    (Mou KOMnbwmep) papkasi, Mening hujjatlarim (Mou doKyMewnbi) papkasi, Savatcha (Kop3una), Fayl 
    belgisi, 
    Yorliqlar (burchagida strelka belgisi bor rasmlar) joylashgan bo’ladi. Ularning hammasi rasmchalar 
    shaklida berilgan. Bu rasmchalar piktogrammalar deyiladi. 
    Fayl belgisida fayl nomi va bu fayl hosil qilingan dasturga mos belgi ko’rsatilgan bo’ladi. 
    Har bir yorliq esa biror fayl yoki papkaga mos keladi. Yorliqlar yordamida kerakli papka yoki 
    fayl osongina ochiladi. 
    UYGA VAZIFA
     
    1. Kompyuter nima asosida ishlaydi? 
    2. Kompyuter uchun asosiy dastur haqida nimalarni bilasiz? 
    3. Fayl yoki papka nima? 
    4. Windows qanday ma

    noni anglatadi? 
    5. WINDOWS XP operatsion sistemasi ishga tushganda monitorda nimalar aks etadi? 
    6. Ish stoli haqida so 

    zlab bering. 
    7. Yorliq qanday vazifani bajaradi? 
    8. Piktogramma nima? 
    9. Fayl belgisi va yorilqning farqini aytib bering 

    Download 228,64 Kb.




    Download 228,64 Kb.
    Pdf ko'rish