|
Ойналар билан ишлашдаги комбинацияларни айтиб беринг
|
bet | 7/9 | Sana | 28.05.2024 | Hajmi | 1,91 Mb. | | #255497 |
Bog'liq 4.LAB OT кайта ишлаш командалари2.Ойналар билан ишлашдаги комбинацияларни айтиб беринг
Windows 10 tizimida tugmachalar birikmasi sizning ishlash samaradorligingizni oshiradi, vaqtingizni tejaydi. Yana bir jihati – tachpad va sichqoncha bo‘lmasa yoki ular ishlamay qolganida, shu usul juda qo‘l keladi.
Quyida oynalar bilan tezkor ishlashga xizmat qiluvchi 12 ta tugmachalar kombinatsiyasini keltirib o‘tamiz.
Alt + Tab. Bunda Alt tugmachasini bosib ushlab turgan holda, keyin Tab’ni bosasiz. Paydo bo‘lgan panelda barcha ochiq turgan dasturlar oynalari prevyu shaklida ko‘rinadi. Tab’ni qayta-qayta bosish orqali istalgan birining ustiga borib qo‘yib yuborsangiz, o‘sha oynaga o‘tasiz.
Ctrl + Alt + Tab. Yuqoridagi usulda siz Alt’ni qo‘yib yuborishingiz bilan oynalar prevyusi avtomatik tarzda g‘oyib bo‘ladi. Lekin mana bu tarzda – uchta tugmacha birikmasi bilan uni yo‘qolib qolmaydigan qilish mumkin. Oynalarni bemalol ko‘rasiz, ko‘rsatkich (strelka) tugmachalari bilan keraklisining ustiga borasiz va Enter’ni bosasiz – shunda panel yo‘qolib, o‘sha dasturga kirasiz.
Win + Tab. Bu kombinatsiya «Vaqt shkalasi»ni ekranga chiqaradi: unda siz yaqin orada ochgan barcha dastur va hujjatlar oynalari aks etadi. Shu yerning o‘zida, yuqori chap burchakdagi tugmacha yordamida yangi ish stoli ochishingiz, dasturlarni ularda saralab joylashingiz mumkin. Oynani sichqoncha bilan ham, ko‘rsatkich tugmachalari va Enter bilan ham tanlash mumkin.
Win + ↓. Ochiq turgan oynani pastga yig‘ib qo‘yadi. Agar oyna ekranning chekkalariga yoyib qo‘yilgan bo‘lsa, bu tugmachalar birikmasi dastlab uni chorak qismigacha kichraytiradi. Ikkinchi marta bosganingizda esa oyna to‘liq yig‘iladi.
Win + ↑. Joriy oynani ochadi. Agarda oyna ekran chekkalarigacha yoyilgan bo‘lsa, dastlab chorak qismi kattaligida ochiladi, ikkinchi marta bosganingizda to‘liq yoyiladi.
|
| |