|
ISOning sifat ta’minoti xususidagi asosiy standartlari
|
bet | 3/4 | Sana | 07.02.2024 | Hajmi | 10,79 Kb. | | #152617 |
Bog'liq Mavzu Xalqaro standartlashtirish iso tashkiloti-fayllar.orgISOning sifat ta’minoti xususidagi asosiy standartlari: ISOning sifat ta’minoti xususidagi asosiy standartlari: ISO 9000, “Sifatni umumiyboshqarish va sifatni ta’minlash bo’yicha standartlar. Tanlash va qo’llash bo’yicha rahbariy ko’rsatmalar”; ISO 9001, “Sifat tizimlari. Loyihalashda va (yoki) ishlab chiqarishda, yig’ishda va xizmat ko’rsatishda sifatni taminlaydigan model”; ISO 9002 “Sifat tizimlari. Ishlab chiqarishda va yig’ishda sifatni taminlaydigan model”; ISO 9003 “Sifat tizimlari. Tugal nazoratda va sinovlarda sifatni taminlaydigan model”;
ISO 9004, “Sifatni umumiy boshqarish sifat tizimlarining elementlari.
Rahbariy ko’rsatmalar”; Rahbariy ko’rsatmalar”; ISO 10011 “Sifat tizimlarini tekshirishda rahbariy ko’rsatmalar”; ISO 10012 “O’lchash vositalarining sifatini ta’minlaydigan talablar”.
Bular bilan bir qatorda Xalqaro standartlashtirish tashkiloti uch tilda atamalar lug’ati yaratgan bo’lib, mahsulot sifatini ta’minlash sohasida ularning ta’riflarini ham ishlab chiqqan. Bulardan tashqari ISO/MEK (Xalqaro elektrotexnika komissiyasi) tomonidan ham birqancha me’oriy hujjatlar ishlab chiqilgan.
Boshqa xalqaro tashkilotlarining asosiy faoliyatlari
Xalqaro elektrotexnik komissiyasi (MEK). Elektrotexnika sohasidagi xalqaro hamkorlik bo’yicha ishlar 1881 yildan boshlagan, chunki bu yili elektr bo’yicha Xalqaro kongress bo’lib o’tgan edi. Keyinroq 1906 yili Londonda 13 mamlakat vakillarining konferensiyasida maxsus idora xalqaro elektrotexnika komissiyasi tuzish to’g’risida bir fikrga kelindi. Bu idora elektr mashinalari sohasi bo’yicha atamalar va parametrlarni standartlashtirish masalalari bilan shug’ullana boshladi.MEK nizomiga ko’ra, bu tashkilotning maqsadlari elektrotexnika va radiotexnika va ularga qo’shni tarmoqlardagi muammolar, sohalaridagi standartlashtirish masalalarini hal qilishdir.
|
| |