Mavzu: Yangi O‘zbekistonda milliy mediamakon va axborotlashgan jamiyatni barpo etish: muammo va yechimlar Shermamatov Ibrohim Kalit so'zlari




Download 42,98 Kb.
Sana21.06.2024
Hajmi42,98 Kb.
#265039
Bog'liq
Mavzu Yangi O‘zbekistonda milliy mediamakon va axborotlashgan jamiyatni barpo etish muammo va yechimlar


Mavzu: Yangi O‘zbekistonda milliy mediamakon va axborotlashgan jamiyatni barpo etish: muammo va yechimlar
Shermamatov Ibrohim
Kalit so'zlari: Raqamli texnologiyalar, media,fuqarolik jamiyati, Universal jurnalist, Internet jurnalisti, globallashuv jarayonlari, “informatsiya” tushunchasi.
Shuni qayd etish lozimki, har qanday ko’lamdagi tashkilotning kerakli darajada ishlashi uchun faqat ushbu resurslarning o’zi yetarli emas, chunki ishlab chiqarish uchun moddiy, moliyaviy va mehnat resurslari mavjudligining o’zi kifoya qilinmaydi. Uni qanday ishlatishni bilish, bu sohadagi texnologiyalar haqida ko’plab axborotga ham ega bo’lish talab etiladi. Shu bois ham axborot, axborot resurslari hozirgi kunda alohida iqtisodiy kategoriya sifatida qabul qilinmoqda. Ахbоrоt rеsurslаri, оmmаviy ахbоrоt vа ахbоrоt tizimlаrigа O’zbеkistоn Rеspublikаsining 2003 yil 11 dеkаbrdаgi 560-II sоn “Ахbоrоtlаshtirish to’g’risidа”gi Qоnunigа binоаn quyidаgichа tа’rif bеrish mumkin:
Ахbоrоt rеsurslаri аlоhidа hujjаtlаr, hujjаtlаrning аlоhidа to’plаmlаri, ахbоrоt tizimlаridаgi (kutubхоnаlаrdаgi, аrхivlаrdаgi, fоndlаrdаgi, mа’lumоtlаr bаnklаridаgi vа bоshqа ахbоrоt tizimlаridаgi) hujjаtlаr vа hujjаtlаrning to’plаmlаri.
Оmmаviy ахbоrоt – bungа chеklаnmаgаn dоirаdаgi shахslаr uchun mo’ljаllаngаn hujjаtlаshtirilgаn ахbоrоt, bоsmа, аudiо, аudiоvizuаl hаmdа bоshqа хаbаrlаr vа mаtеriаllаr kirаdi.
Axborot zaxiralari – alohida hujjat, hujjatlar to'plami hamda axborot tizimlari (kutubxona, arxiv, fond, ma’lumotlar banklari, turli axborot tizimlari)dagi hujjatlar to'plamidir.
Jаmiyatni ахbоrоtlаshtirish – yuridik vа jismоniy shахslаrning ахbоrоtgа bo’lgаn ehtiyojlаrini qоndirish uchun ахbоrоt rеsurslаri, ахbоrоt tехnоlоgiyalаri hаmdа ахbоrоt tizimlаridаn fоydаlаngаn hоldа shаrоit yarаtishning tаshkiliy ijtimоiy iqtisоdiy vа ilmiy – tехnikаviy jаrаyonidir.
Jаmiyatni ахbоrоtlаshtirish jаrаyoni quyidаgi qаtоr muаmmоlаrning hаl etilishini tаlаb etаdi:
1. Hisоblаsh tехnikаsi vоsitаlаrini jаmiyat fаоliyatining bаrchа tаrmоqlаrigа tаdbiq qilish.
2. Jаmiyat а’zоlаrini hisоblаsh tехnikаsi vоsitаlаridаn sаmаrаli fоydаlаnishgа o’rgаtish.
3. Jаmiyat а’zоlаrining turli xil ehtiyojlаrini qоndirishdа ахbоrоt rеsurslаridаn to’lа vа sаmаrаli fоydаlаnishlаrini tа’minlаsh.
Jamiyatni axborotlashtirishda axborot zaxiralari muhim rol o’ynaydi. Uni talqin etish va muhokama qilish axborotlashgan jamiyatga o’tish davri haqida gap borgan davrdan davom etib keladi. Bu masala bo’yicha ko’plab nashrlar e’lon qilingan, ularda turli fikrlar, tushunchalar o’z aksini topgan. Boshqaruv qarorlarini qabul qilish jarayoni ma’lumotlarning ulkan oqimida axborotlarni ko’rib chiqish, tahlil etish va oqilona foydalanishni ko'zda tutadi. Axborotlarni tanlash ancha mehnat talab qiladigan, ya’ni qimmat turadigan jarayondir.
Hozirgi kunda axborot resurslari murakkab va ko'pqirrali obyekt sifatida namoyon bo’lib, uni quyidagi parametrlar bilan izohlash mumkin:
· axborotlarning mazmuni;
· axborotga bo’lgan mulkchilik shakli: jamoatchilik mulki, davlat mulki, jamoa tashkilotlari mulki, yuridik shaxs mulki, jismoniy shaxs mulki;
· axborotlarga kirish imkoniyatlari: ochiq, yopiq, maxfiy, tijorat siri, xizmat siri, kasbiy sir;
· axborotlarni taqdim etish shakllari: matn hujjatlari, obzorlar, tarkiblashtirilgan ma’lumotlar – ma’lumotlar ombori, ma’lumotlar banki.
Axborot bozori va jamiyatning axborot potensiali. Bugungi rahbar va ijrochi o’zining ish o’rnida aniq ishlab chiqarish yoki bozor vaziyatini tahlil qilish uchun yetarli bo’lgan axborotlarni amalda bir zumda olishi mumkin. Axborot texnologiyalaridagi katta o’zgarishlar tufayli boshqaruv ishini tashkil qilishdagi bunday islohotlar amalga oshirilmoqda. Axborotlar oqimlarini rasmiylashtirish, ma’lumotlarni ishlab chiqish usullarini qo’llash, ma’lumotlar omborini taqdim etish – bularning barchasi hozirgi vaqtda amalga oshirishning butunlay yangi aniq usullarini o’zida jamlagan. Bozordagi vaziyat dasturiy – texnik mahsulotlarga to’lov talabining doimiy o’sishi uchun sharoitlar yaratdi. Har qanday firma, tashkilot hamda bankning birinchi ehtiyoji – ishlab chiqarish xo’jalik operatsiyalarini qayd etish, hisob ma’lumotlarini ishlab chiqish, hisobot, tizim va marketing axborotlarini
rasmiylashtirish, tartibga solishdan iborat bo’lib qolmoqda, bu esa texnik va dasturiy vositalarga, murakkab avtomatlashtirilgan axborot tizimlari va texnologiyalarga bo’lgan talabni kuchaytiradi.


XULOSA
Axborotlashgan jamiyat tushunchasi va uning mazmun-mohiyati. XX asrning oxiri - XXI asrning boshlarida dunyo xalqlarining ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy hayotda, shuningdek, tabiatda yuz berayotgan global o‘zgarishlar bugungi jamiyatni "Axborotlashgan jamiyat" deb atashga asos bo‘lmokda. Xo‘sh axborotlashgan jamiyat nima? Bu savolga o‘zbek tilida nashr etilgan adabiyotlarda: "Axborotlashgan jamiyat - ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, eng avvalo, axborotni ishlab chikarish, unga "ishlov berish", saklash va jamiyat a’zolariga yetkazish bilan bog‘liq bo‘ladigan jamiyat" , "axborotlashgan jamiyat, ijtimoiy-iqtisodiy yo‘nalishda mehnat qiluvchilarning, fan va madaniyat vakillarining axborot, ayniqsa, uning oliy shakli bo‘lmish, dunyoviy bilimlar majmuini shakllantirish, yaratish, saklash, qayta ishlash va xalqaro bozorda sotishni amalga oshirish bilan mashg‘ul bo‘lgan jamiyatdir", "Axborotlashgan jamiyat - ko‘pchillik ishlovchilarning axborot, ayniqsa, uning oliy shakli bo‘lmish bilimlarni ishlab chiqarish, saklash, kayta ishlash va sotish-ni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan jamiyatdir", - degan ta’rif-lar berilgan.

  1. Akhmedov, B. A., & Khasanova, S. K. (2020). Public education system methods of distance in education in development of employees. Journal of Innovations in Engineering Research and Technology, 1(1), 252-256.

  2. Ахмедов, Б. А. (2020). Математические модели оценки характиристик качества и надежности программного обеспечения. EURASIAN EDUCATION SCIENCE AND INNOVATION JOURNAL, 3(10), 97-100.

  3. Гулбоев, Н. А., Дуйсенов, Н. Э., Ахмедов, Б. А., & Рахманова, Г. С. (2020). Модели систем управления электрическими сетями. Молодой ученый, 22(312), 105-107.

  4. Мухамедов, Ғ. И., & Ахмедов, Б. А. (2020). Инновацион “Klaster mobile” иловаси. Academic Research in Educational Sciences, 1 (3), 140- 145.

  5. Мухамедов, Ғ. И., & Ахмедов, Б. А. (2020). Инновацион “Klaster mobile” иловаси. Academic Research in Educational Sciences, 1 (3), 140- 145.

Download 42,98 Kb.




Download 42,98 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Yangi O‘zbekistonda milliy mediamakon va axborotlashgan jamiyatni barpo etish: muammo va yechimlar Shermamatov Ibrohim Kalit so'zlari

Download 42,98 Kb.