|
Mavzu: Yangilanayotgan O`zbekiston: milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari
|
bet | 2/4 | Sana | 19.05.2024 | Hajmi | 0,76 Mb. | | #243959 |
Bog'liq mustaqil ish O`zbekistonning eng yangi tarixiO'zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalari, shuningdek, har bir davlat organida tashkil etilgan fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash bo'yicha maxsus bo'linmalar aholi bilan ishlashning sifat jihatidan yangi samarali tizimini shakllantirishga xizmat qildi. O'zbekiston Respublikasida Ma'muriy islohotlar konsepsiyasi davlat boshqaruv tizimini tubdan isloh qilish, "Elektron hukumat" va davlat xizmatlari ko'rsatish tizimini rivojlantirish, iqtisodiyotga ma'muriy ta'sirni qisqartirish hamda boshqaruvning bozor mexanizmlarini kengaytirish, sog'lom raqobat muhiti va qulay investitsiya iqlimini yaratish bo'yicha aniq chora-tadbirlarni belgilab berdi. Sud-huquq tizimida sudlarning haqqoniy mustaqilligini ta'minlash, sud kadrlarini tanlab olishning demokratik va shaffof mexanizmini shakllantirish bo'yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi. Joylarda ma'muriy va iqtisodiy sudlarning tashkil etilganligi odil sudlovga erishish darajasini oshirish imkonini berdi. 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishbo'yicha Harakatlar strategiyasi va unda belgilangan ustuvor yo'nalishlar. 1. Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yo'nalishlari 1.1. Demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modem izatsiya qilishda Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish: - davlat hokimiyati tizimida Oliy Majlisning rolini oshirish, uning mamlakat ichki va tashqi siyosatiga oid muhim vazifalami hal etish hamda ijro hokimiyati faoliyati ustidan parlament nazoratini amalga oshirish bo'yicha vakolatlarini yanada kengaytirish;
- qonun ijodkorligi faoliyatining sifatini qabul qilinayotgan qonunlarni amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va sud-huquq islohotlari jarayoniga ta'sirini kuchaytirishga yo'naltirgan holda tubdan oshirish;
- siyosiy tizimni rivojlantirish, davlat va jamiyat hayotida siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish, ular o'rtasida sog'lom raqobat muhitini shakllantirish.
|
| |