|
Mavzu: Yangilanayotgan O`zbekiston: milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari
|
bet | 1/4 | Sana | 19.05.2024 | Hajmi | 0,76 Mb. | | #243959 |
Bog'liq mustaqil ish O`zbekistonning eng yangi tarixi MAVZU:Yangilanayotgan O`zbekiston:milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari
Bajardi: Qulbekova Sevinch
Reja: - 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasining ishlab chiqilishi, hayotga joriy etilish va uning ahamiyati.
- 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishbo'yicha Harakatlar strategiyasi va unda belgilangan ustuvor yo'nalishlar.
- Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag'rikenglikni ta'minlash hamda chuqur o'ylangan, o'zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo'nalishlar
1. 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlarstrategiyasining ishlab chiqilishi, hayotga joriy etilishi va uning ahamiyati. - 2017-2021-yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi o'rta muddatli istiqbolda davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlarini belgilab bergan eng muhim dasturiy hujjat hisoblanadi. 2017-yilda Harakatlar strategiyasini amalga oshirish da alohida e'tibor "Inson manfaatlari hamma narsadan ustun" degan tamoyil va "Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak" degan ezgu g'oyaning, eng avvalo, xalq bilan to'g'ridan-to'g'ri muloqot o'rnatish hamda fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining real himoya qilinishini ta'minlash orqali hayotga amaliy tatbiq etilishiga qaratildi.
- Harakatlar strategiyasini "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida amalga oshirishga oid Davlat dasturi doirasida 30 dan ortiq qonunlar hamda 900 dan ortiq qonunosti hujjatlarining qabul qilinishi keng ko'lamli islohotlat iqtisodiyot va ijtimoiy sohani jadal rivojlantirish, xalq farovonligini yuksaltirishning mustahkam huquqiy poydevori bo'lib xizmat qildi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalari, shuningdek, har bir davlat organida tashkil etilgan fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash bo'yicha maxsus bo'linmalar aholi bilan ishlashning sifat jihatidan yangi samarali tizimini shakllantirishga xizmat qildi.
|
| |