• Bunyodkor mahalla
  • 1. Ta’lim muassasasining yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari A.Axmedov , ijodiy – madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchi S.G`oziyev
  • 2. Bunyodkor mahalla fuqarolar yig‘ini yoshlar yetakchisi X.Xamrayev, oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish faoli N.O`rinova
  • Baxmal tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 44-umumiy o‘rta ta’lim maktabi hamda Bunyodkor mahalla fuqarolar yig‘ini hamkorlikda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish bo‘yich Qo‘shma qaror




    Download 20.71 Kb.
    Sana26.05.2023
    Hajmi20.71 Kb.
    #65298
    Bog'liq
    mahallla qo`shma qaror
    Глаголы движения с приставками, Reja Media va axborot savodxonligi talablari va afzalliklari, olimpiada yozma ish, 7-s-b-t-2-2, 9-sinf-ona-tili-va-adabiyot-olimpiyada-savollari-baxtiyoruz, Safarov Asror, МАХСУС КОМИССИЯ ҚАРОРИ, Materiallar qarshiligi o\'q lotin (1)



    Baxmal tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 44-umumiy o‘rta ta’lim maktabi hamda Bunyodkor mahalla fuqarolar yig‘ini hamkorlikda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish bo‘yich
    Qo‘shma qaror

    O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 19-yanvardagi “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi 92-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Baxmal tumani Bunyodkor mahalla fuqarolar yig‘inidagi uyushmagan yoshlarning hamda ta’lim muassasasi o‘quvchilarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishini ta’minlash hamda 5 ta muhim tashabbus yo‘nalishlari bo‘yicha uyushmagan yoshlar va maktab o‘quvchilarining ishtirokini ta’minlash maqsadida quyidagilar belgilansin.


    1. Ta’lim muassasasining yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari A.Axmedov , ijodiy – madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchi S.G`oziyev:
    - O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 19-yanvardagi “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 92-sonli qarori ijrosini ta’minlashda ta’lim muassasi ma’muriyati muassasadagi spor zali, sport maydonchalari, kompyuter xonalari, faollar zali hamda maktab kutubxonasini Bunyodkor mahalla fuqarolar yig‘inidagi uyushmagan yoshlarning 5 ta muhim tashabbus yo‘nalishlari bo‘yicha shug‘ullanishlari uchun reja-gragik asosida darsdan keyingi vaqtlarida foydalanish uchun ta’minlash;
    - ta’lim muassasasida maktab o‘quvchilarining hamda Bunyodkor mahalla fuqarolar yig‘inidagi uyushmagan yoshlarning 5 ta muhim tashabbus yo‘nalishlari bo‘yicha shugullanishlari uchun ta’lim muassasasida faoliyat yuritayotgan musiqa, texnologiya, adabiyot, jismoniy tarbiya, informatika fanlari o‘qituvchilari hamda maktab kutubxonachisi mas’ul etib belgilansin;
    2. Bunyodkor mahalla fuqarolar yig‘ini yoshlar yetakchisi X.Xamrayev, oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish faoli N.O`rinova:

    - tuzilgan chora-tadbirlar rejasi, reja-grafik bilan uyushmagan yoshlarni tanishtirish, xabardor qilish vazifalari;
    - mahalla fuqarolar yi‘ginidagi uyushmagan yoshlarning reja-grafik asosida ta’lim muassasasida darslarga halaqit qilmagan holda ishtirokini ta’minlash, ta’lim muassasasidagi mavjud jihozlarning saqlanishi borasida uyushmagan yoshlarga tushuntirish ishlarini olib borish hamda foydalanish uchun olingan jixoz va obektni soz xolatda topshirish vazifalari yuklatilsin;
    - ta’lim muassasasida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 19-yanvardagi “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 92-sonli qarori ijrosini ta’minlashda mahalladagi uyushmagan xotin-qizlarning faol ishtirokini ta’minlash va xotin-qizlar bilan davra suhbatlari hamda tushuntirish ishlarini olib borish vazifalari yuklatilsin;
    - ta’lim muassasasida uyushmagan yoshlarning 5 ta muhim tashabbus yo‘nalishlari bo‘yicha tashkil etilgan to‘garaklarda tinch va osoyishta shug‘ullanishlari, to‘garak tugagandan so‘ng yo‘l harakati qoidalariga rioya qilgan holda o‘z uylariga borishlari borasida profilaktik tushuntirish ishlarini olib borish vazifalari mahalla fuqarolar yig‘ini profilaktika inspektori zimmasiga yuklatilsin;
    - ta’lim muassasasida maktab o’quvchilarining hamda qishloq fuqarolar yig’inidagi uyushmagan yoshlarning 5 ta muhim tashabbus yo‘nalishlari bo‘yicha ishtirokini monitoring qilish va istedodli yoshlarni aniqlab borish va rag‘batlantirish;
    3. Ushbu qo‘shma qaror ijrosi bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar borasidagi chora-tadbirlar rejasi 1-ilovaga asosan tasdiqlansin;
    4. Ushbu qo‘shma qaror ijrosi bo‘yicha umumiy nazoratni 44-maktab direktori X.Suvonqulov va Bunyodkor mahalla fuqarolar yi‘gini raisi J.Norboyev zimmasida qoldirilsin.


    44-maktab direktori: X.Suvonqulov
    10.04.2023-yil ___- sonli
    Buyodkor MFY raisi: J.Norboyev
    10.03.2023-yil ___- sonli
    Download 20.71 Kb.




    Download 20.71 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Baxmal tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 44-umumiy o‘rta ta’lim maktabi hamda Bunyodkor mahalla fuqarolar yig‘ini hamkorlikda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish bo‘yich Qo‘shma qaror

    Download 20.71 Kb.