• Kalit so‘zlar
  • Etishning dolzarbligi: maqsad va vazifalari




    Download 351.56 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/8
    Sana26.03.2024
    Hajmi351.56 Kb.
    #177896
      1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    2-Ma\'ruza
    Подходы к формированию личности, Abdirahmanova F. tasdiqlangan avt-t, 1-laboratoriya, 2-Mavzu, Amaliy mashg\'ulot N 1, Taqdimot (1) (4), 1-Amaly mashgulot, 3-Mavzu, 2 JM-22K-O‘zbekistonning eng yangi tarixi, Jismoniy tarbiya jarayonida qaddi-qomatni shakllantirish, 235382, 5-маъруза, Ta\'lim texnologiyalari, jahon mamlakatlari talimi tarbiya tizimi (5), Falsafa tarixi dastur


    2-MAVZU: UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA TARBIYA FANINI JORIY 
    ETISHNING DOLZARBLIGI: MAQSAD VA VAZIFALARI. 
    Reja: 
    1. O‘zbekiston Respublikasi ta’lim-tarbiya sohasidagi davlat siyosati, umumta’lim 
    maktablari o‘quvchilari uchun “Tarbiya” fani Konsepsiyasining mazmuni va 
    dolzarbligi. 
    2. Tarbiya fani Milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari g‘oyasi asosida tatbiq etilishi, 
    maqsad va vazifalari. 
    3. Tarbiya fani muammolari, unga an’anaviy va zamonaviy yondashuvlar.
    4. Tarbiya fanining dolzarbligi va zarurati. 
    Kalit so‘zlar: Tarbiya, axloq, qonun, qaror, qadriyat, Milliy tiklanish, uzluksiz ta`lim, 
    fan, boshlang‘ich, o‘quv reja, globallashuv asri, Konsepsiya, oilaviy tarbiya an‘analari.
    Bugungi globallashuv jarayonlari, fan-texnika taraqqiyoti, innovatsion jamiyatga 
    bo‘lgan ehtiyoj yoshlar uchun ko‘plab imkoniyatlar yaratmoqda. Ular oldiga tezkor 
    qarorlar qabul qilish, innovatsion tafakkurni shakllantirish, intellektual salohiyatni 
    oshirish bilan birga milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiq bo‘lishdek hayotiy 
    talablarni qo‘ymoqda. Shu bois, O‘zbekiston Respublikasida “Tarbiya” fani konsepsiyasi 
    mazkur fanni davlatning ta’lim-tarbiya sohasidagi siyosatini amalga oshirishda mavjud 
    bo‘lgan dolzarb muammolarni hal etishga yo‘naltiriladi. Konsepsiya yosh avlod 
    tarbiyasidagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan ustuvor vazifalar, asosiy 
    maqsad va yo‘nalishlarni belgilab beradi. Shuningdek, Konsepsiyada belgilangan 
    yo‘nalishlar mamlakat yoshlarini ma’nan va jismonan barkamol qilib tarbiyalash, iqtidori 
    va salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ularni davlat va jamiyatning rivojiga keng jalb etish, 
    tashabbuslarini yetarli darajada qo‘llab-quvvatlash maqsadida huquqiy asoslar, iqtisodiy 
    imkoniyatlar va tashkiliy mexanizmlarni yanada kengaytirishga xizmat qiladi. 
    Mazkur Konsepsiya O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O‘zbekiston 
    Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi, “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi 
    qonunlari, xalqaro huquqning umume’tirof etilgan hujjatlari, xususan “Bola huquqlari 
    to‘g‘risida”gi, “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi konvensiyalar, Birlashgan 
    Millatlar 
    Tashkilotining 
    “Yoshlar-2030” 
    strategiyasi 
    hamda 
    O‘zbekiston 
    Respublikasining ta’lim to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga asoslanadi. 
    Konsepsiyada belgilangan vazifalar O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning 
    beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi talablari, Uzluksiz ma’naviy 
    tarbiya konsepsiyasi, milliy va jahondagi ilg‘or tajribalar, mamlakatimizdagi ijtimoiy-
    siyosiy o‘zgarishlar bilan uyg‘un ravishda amalga oshiriladi. 
    Konsepsiya umumiy o‘rta ta’lim tizimida o‘quvchilarning yoshiga mos ma’naviy 
    rivojlanishini ta’minlash va faol fuqarolik kompetensiyalarini shakllantirish maqsadida 
    umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘qitilayotgan “Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy 
    tushuncha va tamoyillar” turkumiga kiruvchi fanlar “Odobnoma”, “Vatan tuyg‘usi”, 
    “Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari”, “Ma’naviyat asoslari”, “Dunyo dinlari 
    tarixi” fanlarini birlashtirgan yagona Tarbiya fanining asosiy yo‘nalishlarini belgilab 
    beradi. Shu maqsadda, Xitoy Xalq Respublikasi, Singapur, Yaponiya, Koreya 


    Respublikasi, Avstraliya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya va Rossiya 
    Federatsiyasi kabi davlatlarning tajribalari o‘rganildi, amaldagi fanlarning o‘quv 
    dasturlari har tomonlama qiyosiy tahlil qilindi. 
    Konsepsiya asosida yaratilgan dastur amaldagi Sog‘lom avlod asoslari, 
    Salomatlik, Yo‘l harakati qoidalari, Hayot xavfsizligi asoslari, Salomatlik darslari
    Huquqiy tarbiya, Ekologik tarbiya, Media madaniyati, Iqtisod va soliq saboqlari kabi bir 
    qancha fakultativ o‘quv kurslari dasturlarini birlashtiradi. 
    Konsepsiya umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlarida belgilangan 
    talablarning (keyingi o‘rinlarda — Malaka talablari) negizi hisoblanadi. Konsepsiya 
    “Tarbiya” fanini o‘rganish bosqichlari, o‘quv fani bo‘yicha ta’lim mazmuni va malaka 
    talablarining tuzilishini belgilaydi. 

    Download 351.56 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 351.56 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Etishning dolzarbligi: maqsad va vazifalari

    Download 351.56 Kb.
    Pdf ko'rish