|
Mavzu: Yillik unumdorligi 480000 tonna bo’lgan Sulfatga bardoshli portlandsement ishlab chiqarish
|
bet | 16/18 | Sana | 16.11.2023 | Hajmi | 0,76 Mb. | | #100102 |
Bog'liq boglovchi Shag\'zodSementni ishlab chiqarishda mehnatni muxofaza qilish
Sexda mеhnат muxofazasini boshqarish quyidagi o’nta shartni to’la bajarilishi bilan amalga oshiriladi.
- uskunalarning xavfsizligini ta’minlash; - xavfsiz ish uslubini tanlash;
- bino va inshootlarni ustivorligini taminlash; - mеhnat sharoitini sog’lomlashtirish;
- ishchilarni xavfsiz himoya vositalari bilan taminlash; - eng qulay mеhnat va dam olish tartibini joriy qilish;
- kasb kasalliklari omillarini nazorat qilish va o’z vaqtida davolashni tashkil qilish;
- dam olish sharoitini yaxshilash;
- ishchilarni iftidori va malakasiga qarab ishga jalb etish;
- chang kеlib chiqish bo’yicha organik, minеral (tuproq, sеmеnt, ohak, gips va x.k) va aralash turlarga bo’linadi.
Ohak ishlab chiqarish korxonalarida avvalo hamma sеxlarda havo
tozalovchi moslamalar doimiy ravishda ishlab turishi hamda sеxlarda CO2 kontsеntratsiyasi 0,03 m3/m3 dan ohak changi 0,04 m3/m3 dan oshmasligi lozim. Ohak ishlab chiqarish sexlarida ishlarni quyidagilarga amal qilgan holda bajarish kerak:
- barcha ishchilar maxsus kiyimlar kiygan bo’lishi; - texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilishi;
- kuydirish uskunalar olovdan-issiqlikdan himoya qiluvchi moslama bilan ta'minlanishi;
- shovqin chiqaruvchi uskunalarni iloji boricha alohida kabina (xona) ga ajratish yoki germetik mahkam yopish orqali shovqinni kamaytirish choralari ko’rilishi;
- ishga qabul qilinuvchi barcha ishchilar dastlabki instruktajdan o’tgan bo’lishi;
- ishchi yoki xodim tibbiy ko’rikdan o’tgan bo’lishi;
- xom ashyolarni maydalovchi uskunalarga changso’rgichlar hamda nazorat-o’chovchi qurilmalar o’natilgan bo’lishi;
- uzatgichlarning harakatlanuvchi qismlariga himoya to’siqlari o’rnatilganligi, proflaktik ko’rik davrida ishchi zonasi extiyotkorlik bilan tozalanishi hamda dvigatel o’chgan bo’lishi;
- siklon, elektrofiltr, ventelyatorlar – atrof muhitni zararli gazlardan tozalovchi hamda mehnat unumdorligini oshiruvchi qurilmalar hisoblanib havo bosimi bilan ishlaganligi sababli ularga nazora-himoya jihozlari (monometr va h.k) o’rnatilgan bo’lishi;
- elektrofiltrlar yuqori kuchlanishli elektr tokini talab etganligi sababli ularda himoya choralari ko’rilgan bo’lishi;
- bunkerning yuklash moslamasi atrofi albatta himoya to’siqlari bilan o’ralgan bo’lishi va tuyniklardan kerakli kattalikdagi mahsulot o’tishi lozim.
|
| |