• Sulfatga bardoshli portlandsement quruq usulda ishlab chiqarish texnologik tizimi 4. Uskunalarni tanlash va ularning tavsifnomasi
  • Mavzu: Yillik unumdorligi 480000 tonna bo’lgan Sulfatga bardoshli portlandsement ishlab chiqarish




    Download 0,76 Mb.
    bet10/18
    Sana16.11.2023
    Hajmi0,76 Mb.
    #100102
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18
    Bog'liq
    boglovchi Shag\'zod

    Klinker pishirish pechi. Aylanma pechlar qurilish materiallaridan sement, ohak, kerazit yetishtirishda keng qo’llaniladi. Sement sanoatida aylanma pechlar asosiy texnologik agregatlardan bo’lib, qariyb 100 yildan beri ishlatilib kelinadi. Sababi ularning deyarli soddaligi, yuqori unumdorligi, samaradorligi, uzluksiz ishlashi va boshqalar. Aylanma pech umumiy qaraganda, ichi issiqqa chidamli g’ishtdan qoplangan uzun quvur. Tayanch roliklarga ufqqa qiya qilib (3+4%) joylashtirilgani va aylanishi natijasida,uning ichiga solingan hom-ashyo yuqori uchidan pastki uchiga qarab xarakat qiladi pech ichida yoqilg’i yondirish natijasida olingan yuqori xarorat (1000-15000 S) tasirida hom-ashyoda fizik-ximik o’zgarishlar vujudga keladi va maqsadlixossalarga ega bo’lgan tayyor maxsulot pechdan tushiriladi. (Masalan, sement yetishtirishda pechdan klinker tushiriladi). Sement sanoatida ho’l usulda ishlaydigan aylanma pechlarda barcha termoximik jarayonlar boshidan oxirigacha pech ichida amalga oshiriladi. SHuning uchun bu pechlarda quyidagi texnologik zonalar mavjud: quritish, isitish (degidratatsiya), dekarbonizatsiya, pishish va dastlab sovitish. Quritish va isitish zonalarida turli issiqlik almashtirgichlar o’rnatiladi: zanjirlar filtr isitgichlar, yakka tartibda o’rnatiladigan issiqlik almashtirgichlar va xakazo.


    Sulfatga bardoshli portlandsement quruq usulda ishlab chiqarish texnologik tizimi


    4. Uskunalarni tanlash va ularning tavsifnomasi
    Tanlangan texnologik tizim asosida va xom ashyo materiallarning xossalarini e’tiborga olib har bir jarayonni bajarish uchun catalog va me’yoriy ma’lumot adabiyotlaridan foydalanib tegishli uskunalarni tanlanaymiz. 1-Ohaktosh omboridan o’lchamlari 400 mm xom ashyoni plastinkali o’lchab uzatgich yordamida jag’li maydalagichga uzatamiz. Maydalagichdan o’tgan xom ashyo panjarali sim g’alvirga tushib, <200 mm o’lchamdagilar qayta maydalashga yuboriladi.2-bosqich maydalashda konusli maydalagichdan foydalanamiz va uzatgich orqali oraliq bunkerga yuboramiz. Bunkerdan gil va ohaktoshni tuyish uchun sharli tegirmonga yuboramiz.
    2-Gil tuproq omboridan o’lchamlari 100 mm xom ashyoni tarelkali uzatgich orqali quritish barabaniga yuboramiz, uzatgich orqali maydalgichga faydalanamiz va uztgich orqali oraliq bunkerga yuboramiz. Bunkerdan gil va ohaktoshni tuyish uchun sharli tegirmonga yuboramiz.
    3-Gips toshi omboridan tarelkali uzatish orqali konusli maydalagichga yuboriladi. Uzatgich orqali quritish barabanidan so’ng oraliq bunkerga yuboriladi. Bunkerdan gips va klinkerni tuyish uchun sharli tegirmonga yuboramiz.
    4-Sharli tegirmonda tuyilgan ohaktosh va gil tuproqni o’lchab uzatgich orqali oraliq bunkerga yuboramiz. Bunkerdan pechga pishirish uchun jo’natamiz, pechdan chiqqan klinkerni, klinker omboriga yuboramiz. Plastinkali uzatgich orqali klinkerni gips bilam tuyish uchun sharli tegirmonga yuboramiz. Tegirmondan chiqqan mahsulotni pnevmotransport orqali tayyor mahsulot omboriga jo’natamiz.

    Download 0,76 Mb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18




    Download 0,76 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Yillik unumdorligi 480000 tonna bo’lgan Sulfatga bardoshli portlandsement ishlab chiqarish

    Download 0,76 Mb.