Sulfatga bardoshli portlandsement ishlab chiqarish uchun xom ashyo materiallar miqdorini aniqlash




Download 0,76 Mb.
bet6/18
Sana16.11.2023
Hajmi0,76 Mb.
#100102
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
boglovchi Shag\'zod

5. Sulfatga bardoshli portlandsement ishlab chiqarish uchun xom ashyo materiallar miqdorini aniqlash.
Sulfatga bardoshli (SCH) portlandsement kilenkirda 6% dan kam bo’lishi kerak. Oddiy portlandsemitda esa 15 % gacha bor.Erib qovushib qolguncha kuydirilgan klinkerni gips, ba’zi hollarda esa maxsus qo‘shimchalar bilan birgalikda tuyishdan hosil bo‘lgan gidravlik bog‘Iovchi modda portlandsement deb ataladi. Kuydirish mahsulotida kalsiy silikatlar ko‘p bo'ladi (70—80%). Qisman erish natijasida qovushib qotib qolgan mayda-yirik tosh bo'laklar klinker deyiladi. Portlandsementni klinker tarkibiga mos keladigan mahsulotning xomashyo aralashmasini to‘la eritish yo’li bilan ham olish mumkin. 26798.0-26798.2-85 Davlat standartlariga ko‘ra portlandsement xossalarini o'zgartirib turish, shuningdek, uning tannarxini kamaytirish maqsadida klinkerga faol (gidravlik) va inert mineral qo‘shim chalar qo'shishga ruxsat etiladi. Inert q o‘shimchalar (ohaktosh, dolomit, kvars qum va boshqalar) miqdori 10% dan, faol (trepel, diatomit, trass va boshqalar) qo‘shimchalar miqdori esa 15% dan oshmasligi kerak. Biroq gidravlik qo‘shimchalar 20% va undan ortiq bo‘lishi ham mumkin. U holda maydalangan mahsulot nima qo'shilganiga qarab nomlanadi. Ya’ni, qo‘shilma sifatida donador domna toshqoli ishlatilsa, toshqolportlandsement deb , tabiiy gidravlik qo‘shiimchalar ishlatilsa, pussolanportlandsement deb ataladi. Klinkerni tuyayotganda unga odatda ko‘pi bilan 3% gips (sulfat kislota angidridiga aylantirib hisoblaganda) qo‘shiladi. Bu bilan sementning tishlashish muddati uzaytiriladi. Bu esa uning xossalariga yaxshi ta’sir qiladi. Shunday qilib, portlandsement klinker, gidravlik (yoki inert) qo‘shilma va gips aralashmasidan iborat. Bundan tashqari uning tarkibida oz miqdorda — 1 % gacha boshqa moddalar, masalan, sement sifatini buzmaydigan, ammo uning yaxshiroq maydalanishiga yordam beradigan intensifikatorlar (qurum, ko‘mir) ham bo ‘lishi mumkin. Zamonaviy qurilishda portlandsement va uning turlari asosiy material bo'lib hisoblanadi, undan turli bino va inshootlarni qurish uchun zarur bo‘lgan beton va temir-beton konstruksiyalar yasalmoqda. Sement sifati borgan sari yaxshilanmoqda, uning mustahkamlik ko‘rsatkichlari ortmoqda. Portlandsementning o ‘rtacha markasi 500 dan (G O ST 310—85) ortib ketdi, sement turlari ham ko‘paym oqda, bir qator maxsus sementlar chiqarilmoqda.

Download 0,76 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Download 0,76 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Sulfatga bardoshli portlandsement ishlab chiqarish uchun xom ashyo materiallar miqdorini aniqlash

Download 0,76 Mb.