|
Klinkerni aylanma pechlarda kuydirganda sodir bo'ladigan jarayonlar
|
bet | 9/18 | Sana | 16.11.2023 | Hajmi | 0,76 Mb. | | #100102 |
Bog'liq boglovchi Shag\'zodKlinkerni aylanma pechlarda kuydirganda sodir bo'ladigan jarayonlar Xomashyo aralashmasi aylanib turuvchi pechlarda kuydirilganda fizik va fizik-kimyoviy jarayonlar sodir boiishi natijasida qovushib pishgan, o ‘lchamlari 2—3 sm dan iborat donalar shaklidagi C3S, C2S, C3A, S4AF va shishasimon qismdan tarkib topgan klinker hosil b o ‘ladi. Tashqi havo haroratidagi shlam pechga tushishi bilan u harorati 700—800°C gacha yetadigan chiqindi gazlarning keskin ta’siriga uchraydi. Bunday yuqori harorat ta’sirida shlam tezda 100°C gacha isiydi va shu vaqtda shlam tarkibidagi suv shiddat bilan bug‘lana boshlaydi. Keyin shlam asta-sekin quyuqlasha boshlaydi, uning tarkibidagi nam ancha kam aygandan s o ‘ng yirik kesaklar ko‘rinishiga keladi. Kesaklar keyinchalik mayda parchalarga bo‘linib ketadi, chunki shlamning loy kom ponenti namni y o ‘qotgach, qovushqoqligi susayadi. M exanik aralashtirilgan nam ning b u g‘lanish jarayoni (sh lam n in g qurishi) taxm inan 200°C haroratgacha davom etadi. Chunki mayda kovaklar va kapillyardagi nam sekin bug‘lanadi. Bu jarayonlar xarakteriga qarab, pechning mazkur zonasi quritish zonasi (1) deb ataladi. Material surila borib, yanada yuqori harorat zonasiga tushadi, shunda xomashyo aralashmasida kimyoviy jarayon rivojlanadi: 200—300°C dan ortiq haroratda organik aralashmalar yonib ketadi va kaolin hamda loy tarkibidagi boshqa suvli alyumosilikatlar degidratatsiyala boshlaydi. Loy minerallari tarkibidagi kimyoviy bogiangan suvni y o ‘qotishi (degidratatsiyalanishi) natijasida loy o ‘zining bogiovchilik xususiyatini batamon y o ‘qotadi va shlam bo'laklari kukunga aylanib qoladi. Bu jarayon taxminan 600—700°C haroratgacha davom etadi. 200—700°C gacha harorat oralig‘ida o ‘tayotgan jarayonlar mohiyati bo‘yicha, pechning degidratatsiya zonasi deb yuritiladi. Harorat 800°C ga yetganda shlamning ohaktosh komponenti quyidagi reaksiya bo'yicha parchalanadi:
800°C haroratda kalsiy karbonatning ana shu parchalanish jarayoni juda sust o'tadi so‘ngra harorat ortishi bilan keskin kuchayadi. Amalda C a C 0 3 1000°C da tez va to ia parchalanadi. Xom ashyo aralashmasi 700— 1000°C harorat zonasida b oiish i natijasida kalsiy oksid hosil b o ‘ladi. Shuning uchun pechning bu zonasi kalsiylashish zonasi deb ataladi. Bu zona ko‘p davom etganiga qaramay unda material harorati nisbatan sekin ortadi. Bunga sabab, issiqlik asosan C a C 0 3 ning parchalanishi uchun sarflanadi; 1kg C a C 0 3 ni CaO va C 0 2ga parchalanishi uchun 1780 kJ issiqlik sarflash talab qilinadi. Xom ashyo aralashmasida kalsiy oksidning paydo bo‘lishi va jarayondagi yuqori harorat gil tarkibidagi kremniy, alyuminiy va temir oksidlaming kalsiy oksid bilan o ‘zaro kimyoviy ta’sir etishiga olib keladi. Bu o'zaro ta’sir etishish qattiq holat (qattiq fazalar) da ro‘y berishi mumkin. Yuqori harorat moddaning kristall turidagi atom va molekulalari shunday kuch bilan tebrana boshlaydiki, bunda ikkinchi modda atom va molekulalar bilan o ‘rin almashishi mumkin bo‘lib qoladi. Shuning uchun moddalaming qattiq holatida reaksiyalar sodir bo‘ladi. Bu reaksiyalar ikki modda yuzasida o ‘tadi. By esa nima uchun xom ashyo komponentlarini juda maydalab tuyish va yaxshilab aralashtirish zarurligini ko‘rsatadi.
|
| |