• Foydalanilgan adabiyotlar
  • Reja: Domna pechining tuzilishi. Domna pechidagi jarayonlar. Domna pechidan chiqadigan mahsulotlar




    Download 0,89 Mb.
    Sana11.02.2024
    Hajmi0,89 Mb.
    #154605
    Bog'liq
    2 5343653736789064719


    Mavzu:Domna jarayoni va texnologiyasi.

    Reja: 1.Domna pechining tuzilishi. 2.Domna pechidagi jarayonlar. 3.Domna pechidan chiqadigan mahsulotlar.

    • Domna pechi 15-asrlardan buyon ishlatilib kelinadi.Domna pechi 8-10 yil davomida uzluksiz ishlovchi shaxta pechi bo ‘lib, o‘rtacha hajmi 2000-3000 m3 bo’ladi.
    • Hozirgi vaqtga kelib dunyoda ishlab chiqariladigan po’latning 65% Domna pechi yordamida ishlab chiqariladi.Bu jarayon Domna+kislorod konverter sxemasi bo’yicha amalga oshiriladi.
    • Domna pechining balandligi 35-40, ayrim manbalarda 50 m bo’lgan vertikal tipdagi cho’yan ishlab chiqarish pechi hisoblanadi.
    • Bu pech asosan 5ta zonaga ega va bular:
    • Koloshnik
    • Shaxta
    • Raspar
    • Zaplechki
    • Gorn
    • Domna pechining tashqi qavati po’lat kojux bilan qoplangan bo’lib qalinligi 35-45 mm,ichki tomoni olovbardosh g’ishtlardan terilgan,koloshnikdan shaxtagacha shamot g’ishtidan terilgan.Futerovka qalinligi 850-1000mm,pechni fundamenti 5-8 metr.
    • Raspar pechining eng keng qismi,raspae qancha keng bo’lsam shixta materiallari shuncha ko’p yuklanadi.
    • Yangi qurilgan domna pechini ishga tushirishdan oldin uning ishga yaroqliligi tekshirib ko’riladi. Keyin devorlarini qizdirish uchun pechning o’txonasida 4-5 sutka davomida yoqilg’i yoqiladi. Buning uchun pech o’txonasiga furma teshiklari orqali bir oz koks, uning ustiga tarasha o’tin qalanadi-da, forsunka alangasida o ‘t oldiriladi. Shundan so’ng yana pechning koloshnik qismidan koks kiritilib, pech ish temperaturasigacha qizigach, unga m a’lum tartibda koks, temir ruda va flyus to’ldirib turiladi. Shu bilan birga pechga qizdirilgan havo 0,2-0,3 Mpa (2-3 atm.) bosimda furmalar orqali haydaladi.

    Koks yonayotganda ajralayotgan gazlar yuqoriga ko’tarilib shixta materiallarini qizdira boradi. Buning oqibatida temir oksidlari qaytarilib, uglerodga to’yinib, cho’yan hosil bo’ladi, suyuq cho’yan sirtida esa shlak yig’ila boshlaydi.

    • Yoqilg‘ining yonishi. Furma orqali domnaga haydalayotgan qizdirilgan havo kislorodi koksni yondiradi: С + 0 2 = C 0 2 + Q, bunda ajralayotgan issiqlik hisobiga qizigan gazlar yuqoriga ko’tarilib pastga tushayotgan shixtani qizdira boradi.
    • Tajriba shuni ko’rsatadiki, pechning 1000 С dan yuqoriroq temperaturali zonasida karbonat angidrid cho’g’langan koks qatlamlari orasidan o’tib, uglerod (II) oksid (is gazi) ga aylanadi. C 0 2 + С = 2CO – Q.
    • Shu bilan birga koks (uglerod) havo tarkibidagi suv bugiaridan vodorodni ham qaytaradi: 2H20 + C ^ C 0 ,+ 2 H , - О Agar yoqilg’i sifatida qisman tabiiy gazdan ham foydalanilsa,tubandagi reaksiya bo’yicha to la yonish jarayoni kechadi:CH4 + 2 0 : = CO; + 2H20 + Q,Natijada pechda qaytaruvchi gazlar miqdori ortadi
    • Ma’lumki, domna pechining asosiy mahsuloti cho’yandir. Lekin cho’yan olishda u bilan birga shlak, domna gazi va koloshnik changi ham ajraladi, shu boisdan ular ham domna pechining mahsulotlari hisoblanadi. Cho’yanlami kimyoviy tarkibi va ishlatilish sohalariga ko’ra quyidagi turlarga ajratish mumkin:
    • 1. Qayta ishlanadigan cho‘yanlar. Sanoatda bu cho’yanlardan po’lat olinganligi sababli ular qayta ishlanadigan cho’yanlar deyiladi. Bu cho’yanlaming siniq yuzalari oq tusda bo’lganligidan oq cho’yanlar deb ham ataladi.
    • 2. Quyma cho ‘yanlar. Bu cho’yanlarda uglerodning ko’p qismi erkin holda, ya’ni grafit tarzida bo’ladi. Bu cho’yanlarning siniq yuzalari kulrang tusda bo‘lganligi uchun kulrang cho‘yanlar deb ham ataladi.Shuning uchun ham bu cho‘yanlardan turli murakkab shaklli quymalar olishda keng foydalaniladi. Ularga quymakorlik cho‘yanlari deb ham ataladi.
    • Domna pechlarida olinayotgan cho’yanlarning 10-12% ni bu cho‘yanlar tashkil qiladi. Quymakorlik cho‘yanlarining GOST 4832- 80 ga k o ‘ra LK1-LK7 markalari bo’ladi.
    • 3. Maxsus cho‘yanlar. Bu cho‘yanlar tarkibida doimiy mavjud elementlardan Si, Mn ning miqdori odatdagi cho‘yanlarga qaraganda ko‘p bo’ladi. Maxsus cho‘yanlar uch xilga, ya’ni yaltiroq cho‘yanlarga, ferromarganeslarga va ferrosilitsiylarga ajratiladi.Maxsus cho‘yanlar olinayotgan chuyanlarning 1-2% nigina tashkil etadi. Maxsus cho‘yanlardan polatlar olishda, legirlovchilar sifatida foydalaniladi. Cho‘yanlarning yuqorida qayd etilgan xillaridan bo‘lak legirlangan cho‘yanlar deb ataladigan maxsus xossali xillari ham bo’ladi.
    • Domna shlaki. Shlakdan shlak paxtasi, g’isht, sement, shlak bloklari va boshqa m ateriallar olishda foydalaniladi.
    • Domna gazi. Domnalardan ajralayotgan gazlarga domna gazi deyiladi. O ‘rtacha 1 t cho’yan olishda 3000 m 3 gacha domna gazi ajraladi.Bu gazda yoqilgi sifatida foydalaniladi.
    • Koloshnik changi. Domna gazlariga qo’shilib chiqadigan shixta materiallarning changi koloshnik changi deyiladi. Bu chang tarkibida 40-50% gacha temir bo’ladi. Domna gazlari maxsus gaz tozalash apparatdaridan o’tkazilib, yig’ilgan chang aglomerat tayyorlovchi mashinalarda aglomeratga aylantiriladi.

    Foydalanilgan adabiyotlar


    V.A.Mirboboyev. Konstruksion materiallar texnologiyasi. Toshkent,«Moliya» nashriyoti, 2003 yil, 356 bet.
    ru.m.wikipedia.org
    Darslik ma’lumotlari.
    Download 0,89 Mb.




    Download 0,89 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Reja: Domna pechining tuzilishi. Domna pechidagi jarayonlar. Domna pechidan chiqadigan mahsulotlar

    Download 0,89 Mb.