Mavzu: Yo’l ta’mirlash xizmati tarkibi va ko’prik va quvurlarni saqlash ishlari vazifasi. Reja




Download 204.12 Kb.
bet9/10
Sana02.11.2023
Hajmi204.12 Kb.
#93444
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Yo’l ta’mirlash xizmati tarkibi va ko’prik va quvurlarni saqlash ishlari vazifasi.
8-sinf-mate-testlar-1, 11-Мавзу, Vella Elegant, 3 mavzu, 40 talik test NAMUNA, Jadidchilik, vatan haqida sherlar, olimpiada bayonnoma, Mamadaliyev Abduhalil, Mamadaliyev Abduxalil pedagogika va psixalogiya, MUYASSAR, \'22.10.21 ochiq dars 4-mavzu Didaktika Microsoft Word

Harakatdagi tarkibning ko‘prikka dinamik yukining asosiy omillaridan biri bu g‘ildiraklarning relslar ulog‘iga zarbidir. Shu sababli ko‘prikda iloji boricha kamroq sonli, kichik ko‘tarmali ko‘priklarda umuman uloqlar bo‘lmasligiga intilish lozim. Shoksiz Avtomobil yo‘l va uzun relslardan foydalanish taklif etiladi. Ko‘priklarda “rubok” va turli xil relslardan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi. Tenglashtirish asboblari ishlatilgan ko‘priklarda ko‘tarma haroratini inobatga olib yoki umumiy uzunligi 30 m dan kam bo‘lgan ko‘prik yoki asosiy ferma, progon, devor shkaflarida 2 m uzoqlikda, arkasimon ko‘priklarda deformatsiya bo‘ladigan yamoq va qulf birikmalari bilan rels uloqlar elektrpayvandda payvandlanishi shart. Qolgan barcha holatlarda rels uloqlari orasidagi teshik tegishli haroratga mos bulishi kerak. Ko‘priklar to‘sini harakatlanganda R43 rels uloqlari yoki og‘irroq rels turlaridan foydalanilganda, agarda xoda ko‘prik osti o‘qlari orasidagi masofa 40 sm dan kam bo‘lsa, relsning o‘ziga yoki xodaga yengil relslar foydalanilganda uloqlar yaqinroqdagi xodaga 27 sm oraliqda joylashtiriladi. Yengil turdagi relslarda uloqlarni xodaga mahkamlamaslik kerak, sababi bu uloqka tushadigan zarb miqdori yana oshadi. Lozim bo‘lsa, katta oraliq masofaga ega bo‘lgan uloqlarda maxsus jihozlar, masalan, «ko‘prikchalar» o‘rnatiladi. Peregonda qanday rels uloqlari ishlatilsa, ko‘prikning ballasti yurish qismida ham shunday turdagi uloqlar ishlatilishi lozim. Ko‘prik kirish joyida siljishlarga yo‘l qo‘yilmaydi, va ular ko‘prikning ikki tomonidan qo‘yiladigan tegishli siljishga qarshi moslamalar yordamida to‘laligicha bartaraf etilishi lozim. Agarda ushbu choralar ko‘prik atrofida siljishlarni bartaraf etishga yordam bermasa, u holda ko‘prik ko‘tarmasi konstruksiyasiga mos keladigan siljishga qarshi jihozlar o‘rnatilishi mumkin.

Relslar bo‘ylab kelayotgan harakatdagi tarkibni ko‘prikka o‘tishda normal yo‘nalishini ta’minlash maqsadida ko‘prik oldida relslar orasiga qo‘shimcha rels yoki qo‘shimcha burchak (ugolnik)lar o‘rnatiladi. Ko‘prik xodalarini bo‘shashini va uzunasiga surilib ketishini oldini olish maqsadida, shuningdek relslar bo‘ylab kelayotgan harakatdagi tarkibni ko‘prikka o‘tishda yordamchi relslar shikastlanganda, ikkinchi iz sifatida himoya xodalari yoki metall burchaklar qo‘yiladi. Harakatdagi tarkibning Avtomobil yo‘l izidan chiqib ketishi oqibati yomonligini inobatga olib, himoya konstruksiyalariga alohida ahamiyat berilishi va saqlash yo‘riqnomasiga qat’iy amal qilgan holda, amalga oshirilishi lozim. Ko‘prik ko‘tarmasi ballastga o‘rnatilganda, yo‘l barqarorligini ta’minlash uchun ballastni yoyilib ketmasligi choralari ko‘rilishi lozim. Shpal ostidagi ballast qalinligi suvlar tarqaydigan joylarda 25 sm dan, istisno hollarda 15 sm dan kam bo‘lmasligi kerak. Ko‘prik ko‘tarmalaridagi temir ko‘ndalang kesimlarida ko‘ndalang va uzunasiga tashlangan tayanchlar mahkamlanishiga alohida e’tibor berish lozim, sababi qo‘yilgan tagliklarning eskirishi natijasida g‘ildirak yuradigan joyda torayish yuzaga keladi.


O'zbekistondada Yo‘l-ta’mirlash ishlari - xizmatlar bo’limining so’rov ma'lumoti keltirilgan sahifadan iborat. Bu katalog sizga ularning manzil va telefonlari, joylashuvi va kontaktlari, hamda bo’shqa kerakli ma’lumotlarni topishingizga yo’rdam beradi. Ma’lumotnomamizni qo’llaganizda siz doimo qisqa fursat ichida Yo‘l-ta’mirlash ishlari - xizmatlar bo’limiga oid bo’lgan kerakli ma’lumotlarni olishigiz mumkin, ularga yetib olish uchun yordam beruvchi mo’ljallar ham shu jumladan.
Katalog ma’lumotlari doimiy ravishda Yo‘l-ta’mirlash ishlari - xizmatlar bo’limiga oid yangi ma’lumotlar yoki ularning ma’lumotidagi o’zgarishlari bilan yangilanib va to’ldirilib bo’riladi. Shu qatorda Yellowpages.uz mutaxassislari olingan ma’lumotlarning aniqligini iloji bo’richa tekshirishadi. Shu sababdan katalogimiz O'zbekistondada Yo‘l-ta’mirlash ishlari - xizmatlar bo’limi ma’lumotlarini umumiy ro’yhatga kiritilish paytiga aniq deb kafolat beradi.
Shunga qaramasdan, agar O'zbekistonda mintaqasida «Yo‘l-ta’mirlash ishlari - xizmatlar» turkumida no’tog’ri yoki eskirgan ma’lumotni uchratib qo’lib, bizning (info@yellowpages.uz) electron manzilimizga xat o’rqali axborot bersangiz sizdan bag’oyatda minnatdor bo’lamiz. Xat mavzusida «saytdagi xato» deb yozishingizni so’raymiz, xat ichida esa muammoni ta’riflashingiz mumkin. Sizdan olingan ma’lumotlar shu zaxoti tekshirilib katalogning «Yo‘l-ta’mirlash ishlari - xizmatlar» bo’limiga kiritiladi.
Tayyorlanish usuliga ko‘ra beton va temir-beton konstruksiyalar uch guruhga bo‘linadi: - bevosita qurilish maydonida tayyorlanadigan. yaxlit konstruksiyalar; - temir-beton zavodlari va poligonlarda tayyorlanadigan yig‘ma temir-beton konstruksiyalar; - yig‘ma-yaxlit konstruksiyalar. * Qurilish maydonida bajariladigan beton va temir-beton ishlari kompleksi o‘z ichiga quyidagi jarayonlarni oladi: Asosiy jarayonlar: - qoliplami yig‘ish va o‘matish; so‘ri va havozalarni o‘matish; - armaturalar, anker-boltlar, payvandlash elementlarini yig‘ish va o‘rnatish; - qolip vazifasini bajaruvchi yig‘ma temir-beton elementlami o‘matish (yig‘ma-yaxlit konstruksiyalar uchun); - betonlash ishlari (beton qorishmasini uzatish, tarqatish, joylashtirish va zichlash); - betonning qotishi jarayonida bajariladigan ishlar (o‘rash, suv sepish, himoya rejakalami hosil qilish, qish sharoitida zaruriy issiqlik bilan ta’minlash); Qo‘shimcha jarayonlar: - Ish jarayonida jihoz va moslamalami ko‘chirib o‘matish; - qolip, so‘ri va havozalarni ta’mirlash; - Ish joyini hosil bo‘lgan qurilish chiqindilaridan tozalash. Beton va temir-beton ishlarini bajarishning texnologik ketmaketligi 6-rasmda tasvirlangan.
Qolip deb beton qorishmasi joylashtiriladigan moslamaga aytiladi. Qolipga quyidagi talablar qo‘yiladi: - uzoqqa chidamlilik va bikrlik; - texnologik yuklanishlar ta’sirida shaklini o‘zgartirmaslik; - yetarli mustahkamlik, oson yig‘iluvchan!ik va ajraluvchanlik. Qolipni hisoblashda, xususiy og‘irligidan hosil bo‘ladigan yuklanishlar, beton qorishmasi, ishchilar, mexanizmlar og‘irligi, titratish va dinamik yuklanishlar, hamda shamol ta’siri hisobga olinadi. Tayyorlanadigan materialiga ko‘r£ qolip: yog‘och, metall, temirbeton, stekloplastik, armosement va asbestosementdan bo‘lishi mumkin. Betonlanadigan konstruksiyaning turiga va o‘lchamlariga, armatura va beton ishlarining bajarilish usullariga bog‘liq ravishda qoliplar turli konstruktiv yechimlarga ega bo‘lishi mumkin. Shu jihatdan qoliplar quyidagi turlarga bo‘linadi: ajratib qayta qo‘yiladigan; sirpanuvchi; ko‘tarib qayta qo‘yiladigan; g‘ildiraydigan (katuchaya); hajmiy qayta qo‘yiladigan; ajratib olinmaydigan: Qolip sifatining eng muhim ko‘rsatkichi uning aylanuvchanligi (necha marta ishlatish mumkinligi) hisoblanadi. Aylanuvchanlik soni yog‘och qoliplar uchun 10...15, yog‘och-metall qoliplar uchun 40..50 ni tashkil etsa, metall qoliplar uchun 100 dan ortadi. Aylanuvchanlik soni katta bo‘lgan qoliplami ishlatish, qoliplash ishlari narxini hamda mehnat sarfini kamaytirish imkonini beradi. Ajratib qayta qo‘yiladigan qolip. Bunday qoliplar lentasimon va alohida poydevorlar, ustun, devor, to‘sin, plita, rama va shu kabi konstruksiyalami tayyorlashda ishlatiladi. Bu qolipning quyidagi turlari bor: kichik shitli, yirik shitli va blok-forma. Kichik shitli qolipning og‘irligi 70 kg gacha bo‘lib 2 ta duradgor yordamida o‘matiladi. Bunday qoliplar asosan taxtadan tayyorlanadi. Shuningdek, po‘lat tunukalardan, suvga chidamli fanera yoki stekloplastik materialdan ham tayyorlanishi mumkin. 22 Yirik shitli qoliplar kran yordamida o‘matiladi va ajratiladi. Og‘irligi 500 kg gacha bo‘ladi, qolipning asosiy elementi metall, yog‘och yoki ular aralashmasidan tayyorlangan shitlar hisoblanadi. Blok-forma fazoviy konstruksiyaga ega bo‘lib, ustun osti poydevorlarim tayyorlashda ishlatiladi. Og‘irligi 5 t gacha bo‘lishi mumkin. Blok-formaning qismlarga ajraladigan va ajralmaydigan turlari bor. Sirpanuvchi qolip. Bunday qoliplar ko‘ndalang kesimi balandlik bo‘yicha o‘zgarmaydigan baland inshootlami (turli quvurlar, turarjoy binolarining bikrlik yadrosi, don elevatori, sement ombori) qurishda ishlatiladi. Sirpanuvchi qolip P-shaklidagi ramaga osilgan qolip shitlari, domkratlar, ish maydonchalari va osma so‘rilardan iborat. Qolipni domkratlar yordamida ko‘taxish davrida oson sirpanishi uchun beton devorga konus ko‘rinishi beriladi, ya’ni vertikaldan og‘ishi 4...6 mm ni tashkil etadi. qolip balandligi 1,1...1,2 m bo‘lib, betonlanadigan inshootning ichki va tashqi tomoniga o‘matiladi.
Sirpanuvchi qolipda betonlash tezligi 15-20 sm/soat ni tashkil etadi. Ko‘tarib qayta qo‘yiladigan qolip. Bunday qoliplar konussimon yoki to‘g‘ri burchakli shakldagi, kesimi balandligi bo'yicha o‘zgarib boradigan baland inshootlami qurishda ishlatiladi. Qoliplar trapetsiyasimon shitlardan tashkil topadi. Inshoot yaruslarga bo‘lib betonlanadi. Har bir navbatdagi yarusga ko‘tarishda qolipning elementlari inshoot kesimining o‘zgarishiga bog‘liq ravishda kamaytirib boriladi. Ko‘tarib qayta qo‘yiladigan qolipning bir turi hisoblangan mexanizatsiyalashgan qolip agregatidan Moskvadagi Ostankino televizion minorasini tiklashda foydalanilgan. Agregat yordamida minoraning 63 m dan 385,6 m gacha bo‘lgan oralig‘iga 5000 m3 ga yaqin beton yotqizilib, o‘rtacha tiklanish tezligi bir kecha-kunduzda 0,69 m ni tashkil etdi. G’ildirakli qolip. Gorizontal yo‘nalishda harakatlanadigan bunday qoliplar chiziqli inshootlar (tunnel, kollektor, zovursimon omborlar, silindrik tom yopmalar) qismlarga ajratib betonlanadi. Bitta qismda betonlash ishlari yakunlanib, beton zaruriy mustahkamlikni egallagach qolip harakatlanish holatiga keltiriladi (taxlanadi) va navbatdagi qismga relsli yo‘l orqali harakatlantirilib 23 (g'ildiratib) o‘tqaziladi. So‘ngra qolip transport holatidan ish holatiga o‘tkaziladi va betonlash ishlari davom ettiriladi. Hajmiy qayta qo‘yiladigan qolip. Bunday qoliplar ko‘ndalang yuk ko‘taruvchi devorli ko‘p qavatli binolami yaxlit betondan tiklashda qo‘llaniladi. Hajmiy qayta qo'yiladigan qolip P-shaklidagi metall konstruksiyadan iborat bo‘lib, bir-biriga shamirli biriktirilgan uchta asosiy elementdan tarkib topadi: orayopma qolipi, yon devorlar qolipi va qavatlab qayta qo‘yishda foydalaniladigan aravacha. Qolipni ko‘chirib o‘matishda dastlab uni transport holatiga keltiriladi. So‘ngra aravachani relslar orqali harakatlantirib, qolip bino tashqarisiga o‘matilgan montaj so‘rilari ^istiga chiqariladi va kran yordamida ko‘tarib navbatdagi joyga o‘matiladi. Ajratib olinmaydigan qolip. Bunday qoliplar konstruksiyaning bir qismi hisoblanadi. Shuningdek bu qoliplar koshinlash, пятНЫяп va issiqlikdan himoya qilish vazifalarini ham bajarishi mumkin.
Qoliplar armosement, temir-beton, azbestosement va penopolistiroldan tayyorlanishi mumkin. Ajratib olinmaydigan qoliplar jihoz osti poydevorlarida, poydevoming ichki kanallarini hosil qilishda, tushiriladigan quduqlar, tayanch devorlar va tunnellarda betonlash ishlarini bajarishda qo'llaniladi.
Damlanadigan qolip. Bunday qoliplar ajratib qayta qo‘yiladigan qoliplarning bir tun hisoblanib, ulardan gumbaz va svod ko‘rinishidagi tom yopmalami betonlashda foydalaniladi. Charm va shunga o‘xshash suv o‘tkazmaydigan materialdan tayyorlangan qolip o‘ram holida qurilish maydoniga olib kelinadi. Damlash natijasida qolip berilgan shaklni egallaydi. Betonlash ishlari yakunlanib, beton zaruriy mustahkamlikni egallagach qolip ichidagi havo chiqarib yuboriladi va konstruksiya qolipdan ajraydi. Armaturalarni tayyorlash va montaj qilish.
Temir-beton konstruksiyalarda ishlatiladigan armaturalar quyidagi turlarga bo‘linadi:
- materialiga ко ‘ra
- po‘lat va metall bo‘lmagan;
- tayyorlanish texnologiyasiga kora - diametri 6...80 mm bolgan issiqlayin ezish yo‘li bilan tayyorlanadigan steqensimon 24 eflnuluralar va diametri 3..8 mm bo‘lgan sovuqlayin cho‘zish yo‘li Nilan tayyorlangan simsimon armaturalar; - tashqi ko ‘rinishiga ko ‘ra - silliq va davriy profilli;
- temir-beton konstruksiyalar tarkibida ishlash prinsipiga ko ‘rauldindan zo‘riqtirilgan va zo‘riqtirilmagan; - konstruksiya tarkibida bajaradigan vazifasiga ko 'ra - ishchi, lm|simlovchi, montaj va ko‘ndalang armaturalar; '
- о ‘rnatilish usuliga ko ‘ra •* donali armatura, armatura karkaslari vn to‘rlari. Mexanik xossalariga ko‘ra armatura po‘lati sinflarga bo‘linadi. Л- I sinfga mansub steijensimon armatura silliq tashqi ko‘rinishga t*ga bo‘lsa, A-II, А-1П, A-IV, A-V, va A-VI sinfdagi armaturalar sirti davriy profilga ega bo‘ladi. A-II armaturaning tashqi bo‘rtiqlari vint ko‘rinishida, A-III, AIV, A-V, A-VI armaturaning tashqi bo‘rtiqlari «archa» ko‘rinishida bo‘ladi. Bu armaturalami bir-biridan farqlash uchun A- IV armatura tichlari qizil, A-V armatura uchlari ko‘k, A-VI armatura uchlari yashil rangga bo‘yab qo‘yiladi. Termik yo‘l bilan mustahkamligi oshirilgan armaturalarga "t" indeksi qo‘yilib quyidagi cha belgilanadi: At-III, At-IV, At-V va At-VI. Sovuqlayin cho‘zish yo‘li bilan tayyorlangan simsimon armaturalar quyidagicha sinflarga bo‘linadi: davriy profilli Vr-I, Vru-I sinfli oddiy simsimon armaturalar, V-II sinfli yuqori mustahkamli, tashqi ko‘rinishi silliq hamda Vr-II sinfli yuqori mustahkamli davriy profilli armaturalar. Armatura buyumlari odatda temir-beton zavodlarining armatura sexlarida tayyorlanadi. Oldindan zo‘riqtirilmagan konstruksiyalr uchun armatura buyumlari (to‘r, tekis va fazoviy karkaslar) ni tayyorlashda А-I, A-II, A-III sinfdagi sterjensimon armaturalar ishlatiladi. Armatura buyumlarini ishlab chiqarish jarayoni mexanizatsiyalashgan bo‘lib, bu jarayon tayyorlash va yig‘ish jarayonlaridan iborat. Tayyorlash jarayoni tarkibiga armaturalami to‘g‘rilash, tozalash, qirqish, egish va payvandlash kiradi. Yig‘ish jarayonlari natijasida tekis karkaslardan fazoviy karkaslar hosil qilinadi va armatura-qolip bloklari yig‘iladi.
Armaturalami tashishda umumiy transport ahamiyatiga ega bo‘lgan avtomobillar, yarimpriseplar, traylerlar yoki temir yo‘l platformalaridan foydalaniladi. Armaturalar qoliplarni tekshirib qabul qilib olingandan so‘ng o‘matiladi. Ayrim hollarda dastlab armatura karkaslari o‘matilib, so‘ngra qoliplar mahkamlanadi. Armaturalami o‘matish uchun loyihada ko‘zda tutilgan himoya qatlamining qalinligi va armatura qatorlari orasidagi masofa ta’minlanishi kerak. Yuqori namlik sharoitida, kislota, tuz eritmalari va boshqa agressiv muhit ta’sirida bo‘ladigan temir-beton konstruksiyalarda himoya qatlamining me’yoriy qalinligi kamida 10 mm ga orttirib olinishi kerak. Armatura buyumlari odatd% montaj kranlari yordamida o‘matiladi. Odatda armaturalar montaji elektr yoyli payvandlash usuli bilan bajariladi. Payvandli to‘r va tekis karkaslami bir-biriga ulash payvandsiz usulda ya’ni bir-biriga kamida 250 mm kirishtirish yo‘li bilan amalga oshirilishi mumkin. Karkas va toT tarkibidagi alohida sterjenlar bir-biriga payvandlab biriktiriladi. Diametri 20 mm dan ortiq bo‘lgan steijenlami biriktirishda (ulashda) vannali payvandlash usulidan foydalaniladi. Qg‘irligi 100 kg gacha bo‘lgan to‘r va karkaslami o‘matish III va II toifali uchta armaturachi chilangardan iborat zveno tomonidan amalga oshiriladi. Og‘irligi 100 kg dan ortiq boigan to‘r va karkaslar montajini kran yordamida, IV va II toifali to‘rtta armaturachi chilangardan iborat zveno bajaradi. 0 ‘matilgan armaturalami qabul qilishda yopiq ishlar akti rasmiylashtiriladi.
Beton qorishmasini tashishda turli transport vositalaridan foydalaniladi. Eng ko‘p ishlatiladigan transport vositasi o‘zi to‘kar avtomobil (avtosamosval) hisoblanadi. Bunday avtomobillardan Ibydalanishda tashish masofasi 10... 15 km dan ortmaydi. Bundan tashqari tashish jarayonida qorishmaning 2...3 foizi yo‘qoladi; qorishmaning qatlamlanishi yuzaga keladi; qor, yomg‘ir ta’sirida qorishmaning sifati buziladi. Shu sababli maxsus beton qorishmasini tashuvchi avtomobillardan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Bunday avtomobillar tomchi shaklidagi yopiq kuzovli bo‘lib, qorishma juda kam qatlamlanadi; tashish masofasi esa 30...40 km ni tashkil etadi. Beton qorishmasini tashuvchi zamonaviy transport vositalaridan biri avtobetonqorishtirgich hisoblanadi. Bunday avtomobil tayyor beton qorishmasini tashishi yoki quruq holda aralashtirilgan qorishmani yo‘l davomida tayyorlab borishi mumkin. Tayyor beton qorishmasini tashishda tashish masofasi 60...70 km ni tashkil etadi.
Qurilish maydoniga keltirilgan beton qorishmasi ish o‘miga beton nasoslari yordamida quvurlar orqali uzatib berilishi mumkin. Mexanik uzatmali beton nasoslarining unumdorligi 10,25 va 40 m3/soatni tashkil etib, qorishmani 350 m uzoqlikka va 40 m balandlikka uzatib bera oladi. Gidravlik uzatmali beton nasoslarining unumdorligi 10...60 m3/soatni tashkil etadi. Bunday beton nasoslari yordamida beton qorishmasini 80.. 100 m balandlikka va 400 m uzoqlikka uzatib berilishi mumkin. Harakatlanuvchi avtobetonnasoslari qorishmani 35...40 m radiusda 30 m gacha balandlikka uzatib bera oladi. Agregat 20...30 minut ichida transport holatini egallaydi va 60...80 km/soat tezlikda boshqa ob’yektga jo‘nab ketishi mumkin.
Betonlash ishlarini boshlashdan awal qolip, armaturalar, biriktirish qismlari, ankerli boltlar va shu kabilaming loyihaga mosligi tekshirilib, tegishli akt bilan rasmiylashtiriladi. Yog‘och qoliplar beton qo‘yilishidan 1 soatlar awal yaxshilab namlanadi, tirqishlari berkitiladi. Metall qolipning betonga tegadigan qismlari moylanadi yoki polimer materiallari bilan qoplanadi. Ankerli boltlarning rezbali qismiga solidol surib qo‘yiladi. Beton qorishmasini joylashtirishga qo‘yiladigan asosiy texnologik talab betonlanayotgan konstruksiyaning yaxlitligini va beton qorishmasini zichligini ta’minlashdan iborat. Joylashtirish jarayonida beton qorishmasining erkin tushish balandligi oddiy betonlar uchun 3 m dan, yirik g‘ovakli betonlar uchun 1 m dan ortib ketmasligi kerak. Temir-beton konstruksiyalaming yaxlitligini ta’minlash uchun betonlash ishlarini to'xtovsiz olib borish kerak. Lekin, ko‘pchilik hollarda bunga imkon bo‘lmaydi va ishchi choklari qo‘yiladi. Ishchi choklari konstruksiya mustahkamligiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmaydigan joylarga (hisobiy moment epyurasining nol nuqtalariga) qo‘yiladi. Ishchi choklar vertikal elementlarda (ustunlar) gorizontal, gorizontal elementlarda (to‘sin plita) vertikal bo‘lishi kerak.
Murakkab temir-beton konstruksiyalar uchun (arka, svod, iczervuar) ishchi choklar loyihada ko‘rsatilgan bo'ladi. Ramali konstruksiyalar to‘xtovsiz betonlanishi kerak. Bunga imkoniyat Iw'lmagan hollarda rama rigelida, ustundan ozgina masofa narida ishchi choki qoldirilishi mumkin. Kesimi 0,4x0,4 m dan kam bo‘lgan ustunlar, qalinligi 0,15 m dan kam bo‘lgan parda devorlar va kesishadigan xomutli istalgan kesimli ustunlar to‘xtovsiz, balandligi 2 m dan oshmaydigan uchastkalarga bo‘lib betonlanadi. Balandligi 5 m gacha, kesimi kamida 0,4x0,4 m bo‘lgan ustunlar butun balandligi bo‘yicha (uchastkalarga bo‘lmasdan) beton qorishmasini yuqoridan tushirib betonlanadi. Balandligi 5 m dan ortiq bo‘lgan ustunlar esa pastki qismidan toki 5 m masofa qolguncha uchastkalarga bo‘lib (qatlamlab) betonlanadi. Qurilish me’yorlariga asosan to‘xtovsiz betonlash balandligi ustunlar uchun ко‘pi bilan 5 m ni, devor va parda devorlar uchun 3 m ni tashkil etadi.
Beton qorishmasi shibbalash, sanchqilash, titratish va vakuumlash yo‘li bilan zichlashtiriladi. Titratish beton qorishmasini zichiashda asosiy usul hisoblanadi. e Beton qorishmasini titratish usulida zichlash o'zaro bogMiq ikki parametr: amplituda va tebranish chastotasi bilan harakterlanadi. Beton qorishmasini zichiashda quyi chastotali (chastotasi 3500 tebr/min gacha, amplitudasi 3 mm), o‘rtacha chastotali (3500-9000 tebr/min, amplitudasi 1-1,5 mm) va yuqori chastotali (10000-20000 tebr/min, amplitudasi 0,1-1 mm) titratgichlardan foydalaniladi. Yuqori chastotali titratgichlar yupqa devorli konstruksiyalar va mayda to‘ldiruvchili betonlami yotqizishda ishlatiladi. Beton qorishmasiga tebranishlami uzatish haraktcriga ko‘ra titratgichlar ichki, tashqi va yuza titratgichlarga bo'linadi. Ichki titratgichlar poydevor, ustun, progon va shu kabi konstruksiyalami betonlashda; tashqi titratgichlar zich armaturaiangan yupqa devorli konstruksiyalami betonlashda; yuza titratgichlari esa yopma plitalar, pollar va yoMiami betonlashda ishlatiladi (5-rasm). Beton qorishmasini vakuumlash undagi erkin kimyoviy bog‘lanmagan suvni va havoni so‘rib olishga asoslangan. Bu usulda zichlangan betonning nixoyaviy mustahkamligi titratish usuliga nisbatan 15-20% ortiq bo‘ladi. Betonning sovuqqa ohidamliligi va suv o‘tkazmasligi ortadi. Vakuum qurilmasi vakuum-nasos, vakuum-shit vu so'ruvchi shlanglar yig'indisidan iborat.
Qorishmani bosim bilan sochish usuli. Sement-qumli qorishma «sement-pushka» deb nomlanuvchi qurilma yordamida sochiladi. Quruq holdagi (tarkibi 1:2, 1:3 bo'lgan) sement-qum aralashmasi «sement-pushka» kamerasiga joylashtiriladi va 0,2...0,4 MPa bosim bilan sochuvchi moslama (forsunka) ga uzatiladi. Forsunkaga 0,05...0,15 MPa bosimda yuborilgan suv bilan quruq holdagi qorishma aralashmasi 120... 140 m/s tezlikda otilib chiqadi va ishlov beriladigan sirtga zich qatlam hosil qilib yopishadi. Qorishmani bosim bilan sochish davrida ishchi forsunkani sirtga tik holda 0,7.. 1 m masofada ushlab turadi va uni to'xtovsiz siljitish natijasida qorishmani 25 mm dan oshmaydigan qalinlikda qatlamlab berilishiga erishadi. Har bir qatlam o‘zidan awalgi qatlamda sementning ushlashish davri tugagandan so‘ng beriladi. Bu usul rezervuar devorlarining suv o‘tkazmasligini oshirish, beton va temirbeton konstruksiyalardagi nuqsonlami to‘g‘rilash va shu kabi maqsadlarda ishlatiladi. Beton qorishmasini sochishda yirikligi 25..30 mm. dan oshmaydigan to‘ldiruvchi asosida quruq holdagi qorishma tayyorlanadi va konstruksiyasi «sement-pushka»ga o'xshab ketadigan, lekin unga nisbatan yuqori bosim hosil qiladigan (0,6 MPa gacha) purkovchi mashina yordamida sochiladi. Bir marta sochib o‘tishdagi beton qorishmasining qalinligi 70 mm. dan oshmasligi, purkovchi uchlik bilan betonlanayotgan sirt orasidagi masofa l...l,2 m bo‘lishi kerak. Bu usul yig'ma va yig'ma-yaxlit konstruksiyalar choklarini yaxlitlashda, tunnel devorlarini va yupqa devorli konstruksiyalami betonlashda qo‘llaniladi. Sement-qumli qorishma va beton qorishmasini bosim bilan sochish usulining kamchiligi sirtga urilib sachrash natijasida 10—30% qorishmaning behuda yo‘qolishi hisoblanadi.
Ajratilgan betonlash usuli. Bu usul suv o‘tkazmaslik xususiyati yuqori darajada bo‘lishi talab etiladigan temir-beton rezervuarlami, jihoz osti poydevorlarini, yaxlit ustun-qoziqli poydevorlami betonlashda qo‘llaniladi. Usulning mohiyati shundan iboratki qolip ichiga armaturalaming loyiha о‘mini o‘zgartirmagan holda yirik to‘ldiruvchi joylashtiriladi. So‘ngra diametri 38...50 mm, uzunligi 1...2 m bo‘lgan va bir-biriga mufta yordamida biriktiriladigan quvurlar orqali yirik to‘ldirgichlar orasidagi bo‘shliqqa qorishma nasoslari yordamida sement-qumli qorishma bosim ostida kiritiladi. Qorishma uzatish quvurlari konstruksiya qalinligi 1 m dan ortiq bo‘lganda qolip ichiga (yuqoridan tushirib) o'matiladi. l^onstruksiya qalinligi 1 m dan kam bo‘lganda qorishma qolipning yon devorlarida hosil qilingan tirqishlar orqali kiritiladi. Bu usulda betonlashda ish jarayonidagi tanaffus 20 min dan ortib ketmasligi kerak, aks holda uzatuvchi quvurlar ichidagi qorishma qotib qolishi mumkin. Ajratilgan betonlash usuli odatdagi qatlamlab betonlashga nisbatan quyidagi afzalliklarga ega: -beton qorishtirgichda materiallar hajmi kamayadi, chunki faqat qorishma tayyorlanadi xolos; -yirik o‘lchamdagi toshlami ishlatish mumkin; -yirik to‘ldiruvchilami (toshlami) tashish beton qorishmasini tashishga nisbatan qulay; -gorizontal ishchi choklari bo‘lmasligi sababli inshootning suv o‘tkazmaslik darajasi ortadi.
Suv ostida joylashadigan konstruksiyalarni betonlash. Ko‘priklar va elektr uzatish tarmoqlarining tayanchlari, sohil bo‘yidagi poydevor va devorlar, suv olish inshootlarining konstruksiyalarini ochiq suv havzasida betonlashga to‘g‘ri keladi. Bunday hollarda betonlash ishlari suvni quritmagan holda quyidagi usullarda olib borilishi mumkin.
Qish sharoitida beton ishlarini bajarish. 0 ‘rtacha sutkalik harorat +5°S dan past va sutka davomida 0°S dan pasayib turadigan holatga qish sharoiti deyiladi. Harorat 0°S dan past bo ‘ Iganda beton qorishmasi tarkibidagi suv muzlaydi, sementning gidratlanish reaksiyasi va o‘z navbatida betonning qotish jarayoni to‘xtaydi. 34 Muzlaganda suvning hajmi 9% ga ortadi va beton strakturasining buzilishiga olib keladi. Musbat harorat ta’sirida beton tarkibidagi muzlagan suv erigach betonning qotish jarayoni yana davom etadi. Agar imizlay boshlagan paytda beton ma’lum darajada yetarli mustahkamlik olgan bo‘lsa, erigandan so‘ng loyiha mustahkamligiga erishishi mumkin. Betonning muzlashiga yo‘l qo‘yiladigan bu eng kichik mustahkamlik kritik mustahkamlik deyiladi. Kritik mustahkamlikning qiymati oddiy konstruksiyalarda beton loyiha mustahkamligining kamida 30...50% ini, awaldan zo‘riqtirilgan armaturali konstruksiyalar uchun kamida 70% ini tashkil etadi va har qanday holda ham 5 MPa dan kam bo‘lmasligi kerak. Qish sharoitida beton ishlarini bajarishda betonning kritik yoki loyiha mustahkamligini ta’minlovchi harorat-namlik sharoitini yaratish kerak bo‘ladi. Shu maqsadda quyidagi uslublar qoilaniladi.
Termos uslubi. Termos uslubi beton qorishmasini tayyorlash jarayonida hosil qilinadigan issiqlik va sementning qotishi jarayonida (ekzotermik reaksiya natijasida) ajralib chiqadigan issiqlikdan foydalanishga asoslangan. Harorati 25,..45°S bo‘lgan beton qorishmasi qolipga joylashtiriladi va darhol issiq-himoyalovchi material bilan o‘raladi. Yuqorida ko'rsatilgan ikkita issiqlik manbai asosida betonning qotish jarayoni tezlashadi va muzlagunga qadar beton zaruriy mustahkamlikni egallaydi. Betonning sovish intensivligi konstruksiya o‘lchamiga bogiiq bo‘lib, yuza moduli bilan harakterlanadi. Konstruksiyaning yuza moduli (M^) soviydigan yuzalar yig'indisi (A) ning konstruksiya hajmi (V) ga nisbati bilan aniqlanadi: Мю= у , т 2/т3(ПЛ) Termos uslubini istalgan turdagi konstruksiyalarda qo‘llab bo‘lmaydi. Uning qo‘llanilish chegarasi yuza moduli 6...8 ga teng bo‘lgan konstruksiyalarga to‘g‘ri keladi. Bunday konstruksiyalar qatoriga ustunsimon va lentasimon poydevorlar, qalinligi 0,25 m dan ortiq bo‘lgan devorlami kiritish mumkin.

Xulosa.

Transport inshootlarini saqlash. avtomobil yo‘lda sun’iy inshootlarni saqlash ishlari bilan yo‘l ustasi shug‘ullanadi. Sun’iy inshootlarda kompleks ishlar yo‘l masofasi (distansiyasi) boshlig‘i va uning yordamchisi rahbarligi ostida, ko‘prik va yo‘l ustasi va brigadirlar tomonidan amalga oshiriladi. Avtomobil yo‘llardagi sun’iy inshootlar yo‘l xo‘jaligi qaramog‘ida bo‘lib, uning tarkibida sun’iy inshoot bo‘yicha umumiy rahbarlik qilishga yordam beruvchi sun’iy inshootlar bo‘limi mavjud. «O‘zbekiston Avtomobil yo‘llari» DATK tizimida sun’iy inshootlardan foydalanish bo‘yicha umumiy rahbarlik tarkibida sun’iy inshoot bo‘limi bo‘lgan “Yo‘l xo‘jaligi bosh boshqarmasi” tomonidan amalga oshiriladi. Sun’iy inshootlarni saqlashdagi asosiy yo‘riqnomalar, ishlarni amalga oshirish tartibi, shuningdek masul shaxslarning vazifalari 1973 yilda ishlab chiqilgan “Sun’iy inshootlarni saqlash yo‘riqnomasi” asosida amalga oshiriladi. Ko‘prik, tonnel, quvur va boshqa sun’iy inshootlarni saqlanishi poezdlarning belgilangan tezlikda uzluksiz va xavfsiz harakatlanishini, shuningdek rejali ogohlantiruvchi ta’mirlash ishlari barcha elementlarni uzoq muddat davomida foydalanilishini ta’minlashi lozim.





Download 204.12 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 204.12 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Yo’l ta’mirlash xizmati tarkibi va ko’prik va quvurlarni saqlash ishlari vazifasi. Reja

Download 204.12 Kb.