|
Mavzu: Yumshoq dori shakllari (surtmalar)
|
Sana | 12.12.2023 | Hajmi | 4,72 Kb. | | #117050 |
Bog'liq Mavzu Yumshoq dori shakllari (surtmalar)-fayllar.org
Mavzu: Yumshoq dori shakllari (surtmalar)
Mavzu:Yumshoq dori shakllari (surtmalar) Reja:
1. YUmshoq dori shakllari va ularni TDV orasida tutgan o‘rni
2. YUmshoq dori shakllarining kelib chiqish tarixi 3. Surtmalar, kremlar, linimentlar, pastalar, gellar, shamchalar, ta’rifi, tavsifi va tasnifi.
Surtmalar (Unguenta) – yumshoq dori shakllari bo‘lib, asosan maxalliy ishlatish uchun mo‘ljallangan. Ularning dispers muhitlari shunday reologik (etarli qovushqoqlik, plastiklik va psevdoplastik) ko‘rsatkichlarga egaki, uning natijasida surtmalar belgilangan haroratda ham o‘zining turg‘unligini etarlicha saqlab qola oladi. Surtmalar XI DF ga rasmiy dori shakllari ko‘rinishida kiritilgan bo‘lib, teriga, yaralarga va silliq qavatlarga surtish uchun mo‘ljallangan. Bugungi kunda barcha farmakologik guruhlarga mansub bo‘lgan dori moddalaridan surtmalar tayyorlash imkoniyati mavjud bo‘lib, ayniqsa antiseptik vositalar, sulfanilamidlar, gormon preparatlar, antibiotiklar, vitaminlar, zamburug‘larni davolashda ishlatiladigan dorilar asosida surtmalar ishlab chiqarish keng yo‘lga qo‘yilgan.
Dispers tizimiga ko‘ra yumshoq dori shakllari gomogen (qotishmalar va eritmalar) va geterogen (suspenzion, emulsion va aralash), konsistensiyasiga ko‘ra surtmalar, pastalar, kremlar, gellar va linimentlarga bo‘linadi. Qo‘llanilishiga qarab surtmalar dermatologik, uretral, burun, ko‘z, rektal va vaginal surtmalarga bo‘linadi. Surtmalarni bunday tarzda tasniflanishi ularni texnologik va biofarmatsevtik nuqtai nazaridan baholash uchun asos bo‘lib xizmat qiladi, qaysiki bunda, yaralarni sirtini qoplash uchun mo‘ljallangan surtmalarni aseptik sharoitda, ko‘z uchun mo‘ljallangan suspenzion tipdagi surtmalarni esa dori va yordamchi moddalarni maksimal darajada dispersligini oshirgan xolda tayyorlashni taqozo etadi.
SHuningdek, tanlangan texnologik jarayon biofarmatsevtik nuqtai nazardan ham to‘g‘ri bo‘lishi kerak. Surtmalar qadimiy dori shakli bo‘lib, Misrda eramizdan oldingi 3000 yillarda surtma dori shakllarini ishlatilganligi haqidagi ma’lumotlar adabiyotlarda keltirilgan. Ular asosan dermotologik va kosmetik ardan foydalanishgan. SHuningdek Mesopatamiya, qadimgi Rim va Gretsiya Hindiston va boshqa davlatlarda ham ishlatilgan. Gippokrat, Galen va bobokalonimiz Ibn Sino ham o‘z asarlarida surtma-lar haqida ma’lumotlar keltirgan. Qadimda surtma dorilar tarkibi juda xilma xil bo‘lib, ularning tarkibiga turli xil maydalangan o‘simlik qismlari, minerallar, har xil smolalar, hayvonlardan olingana komponentlar qo‘shilgan. Asos sifatida asason mum, turli moy va hayvon yog‘lari ishlatilgan.
Suyuq dori shakllarining turlanishi erituvchi xossalariga ham bog’liq.
Chin eritmalar tarkibidagi dori moddalarning o’lchami, maydaligi jixatdan bu turdagi eritmalar ion yoki molekula holida bo’lgani uchun molekulyar dispersiyadagi yoki ion dispersiyadagi sistemalar deb yuritiladi va ularning eritma tarkibidagi zarrachalari kattaligi 1 nm dan oshmaydi. Bu eritmalarga: elektrolit bo’lmagan dori moddalar (masalan glyukoza, shakar, spirt) kiradi. Eritilgan mahsulot alohida qinetik energiyaga ega bo’lgan molekula holida ajraladi.
Bir-biri bilan birlashgan agregat zarrachalar tarkibidagi molekula soni 2-3 molekuladan iborat va undan oshmaydi. Ion dispersiyasidagi sistemalarda esa zarracha o’lchami 0,1 nm dan oshmaydi. Bu sistemaga elektrolit xossadagi dori moddalar (natriy xlorid, magniy sulfat, kaliy bromid, kalsiy xlorid va boshk) kiradi. Erigan modda zarrachalari alohida ajralgan ion va ma’lum bir aniqlangan qismi molekula holida bo’ladi. Chin eritmalarni elektron mikroskop yoki ultramikroskopda karalganda ham bir tusli (gomogen) holda ko’rinadi. Ularning zarrachalari oddiy filtrda ham, mikrofiltrda ham ajralmaydi. CHin eritmalar oson diffuziyalanadi.
Surtmalar (Unguenta) – yumshoq dori shakllari bo‘lib, asosan maxalliy ishlatish uchun mo‘ljallangan. Ularning dispers muhitlari shunday reologik (etarli qovushqoqlik, plastiklik va psevdoplastik) ko‘rsatkichlarga egaki, uning natijasida surtmalar belgilangan haroratda ham o‘zining turg‘unligini etarlicha saqlab qola oladi.
http://fayllar.org
|
| |