Mavzu:,,Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini o`stirish metodologiyasiga oid tadqiqotlar tahlili




Download 21.25 Kb.
Sana08.11.2023
Hajmi21.25 Kb.
#95705
Bog'liq
Esse
3-dars.Hujayra va organizmning hayotiy xossalari, Документ (1), Снимок экрана 2023-04-24 151545

Til va muloqat fanidan 1- mustaqil topshiq.
Mavzu:,,Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini o`stirish metodologiyasiga oid tadqiqotlar tahlili.
ESSE.
Bola nutqini shakllantirish va rivojlantirish masalasi pedagogikaning asosiy muammolaridan bo`lib kelgan .Darxaqiqat , bolalar nutqining shakllanishi bir qancha omillarga bog`liq va ularni taxlil qilish mazkur muammoning yechimiga nisbatan to`g`ri yondashuvni ta`minlaydi.Mazkur omillar sifatida oila va ta`lim muassasasidagi muhit, bolaning ruhiy xolati, imkoniyatlari,jismoniy salomatligi,faolligi,axloqiy va estetik sifatlarini keltirish mumkin.Bola nutqini rivojlantirishda boy folklor namunalarining urunishi ,shuningdek xalq og`zaki ijodidagi bir qator janrlarning ruxiy va fiziologik ta`sir imkoniyatlarini ilmiy nazariy jihatdan asoslash bugungi kun tilshunoslik ,adabiyotshunoslik ,folklorshunoslik,psixologiya va pedagogika kabi fanlarning dolzarb masalalaridan hisoblanadi.Xalq og`zaki ijodi, shubxasiz bola tarbiyasida xususan ularning nutqini rivojlantirishda katta imkoniyatlar va juda boy qadryatlarga ega so`z sa`nati turidir.Xususan uning ertak, afsona, rivoyat ,tez aytish ,topishmoq ,maqol kabi kabi janrlari bolalarning dunyo qarashini ,tasavvurini tafakkur imkoniyatlarini ,xotirasini ruxiyatini nutqini tarbiyalashda bemisl ahamiyatga ega ekanligini mazkur janrlarning o`ziga xosligi va ichki imkoniyatlarida namoyon bo`ladi.
Ushiniskiy birinchi bo`lib, pedagogika tarbiyaning ilmiy nazariyasi, degan fikrni ilgari surgan va buni isbot etgan.Ushiniskiy pedagogika nazariyasining asosini tarbiyaning xalqchillik g`oyasi tarixiy jarayonda mehnatkash xalqning yaratuvchilik kuchini e`tirof etishni tashkil qilgan.Ushiniskiy pedagogikani keng ma`noda bir fan ,tor ma`noda tarbiya sa`nati deb hisoblagan.Ushiniskiy yaxlit didaktik tizimini ishlab chiqqan.Unda ta`lim mazmunini tanlash hamda uni bolalarning yosh xususiyatlariga moslashtirish masalalari ochib berilgan .Ushiniskiy o`qitishning psixofizik tabiatini tadbiq etdi,diqqat, qiziqish,xotira,xayol,hissiyot,tafakkur kabi psixologik mexanizmlarni taxlil qildi.Bolaga unga no`malum beshta so`zni o`rgatining u uzoq vaqt va behuda azob chekadi,lekin yigirmarta so`zni rasmlar bilan bog`laning va u ularni tezda o`rganadi.
Vodovozaning fikricha ,o`qituvchi har bir bolada ijobiy narsani topishi ,bu ijobiy komponentni ajratib olishiva uni ishonchli munosabati bilan mustahkamlashi kerak.Bolalarga bo`lgan muhabbat motivi o`qtuvchining bolaning shaxsiyatini o`z-o`zini anglashga bo`lgan extiyoj .Vodovozaning fikricha hozirgi kunda maktabgacha yoshdagi bolalarni o`qitish va tarbiyalashning zamonaviy yondashuvlarida amalga oshirilmoqda.Ushbu yondashuvida Vodovoza ham muvaffaaqiyat texnologiyasidan foydalanganda o`z qo`llanilishini topadi.Bu yerda bolaning kelajakdagi rivojlanishini bashorat qilish va uning ijodiy salohiyatini ochib berish va qobiliyatlarini rivojlantirish uchun pedagogic shart sharoitlarni yaratish katta ahamiyatga ega.Vodovoza bolalarga bo`lgan muhabbat ularda mehribonlik, hamdardlik,ochiqlik va do`stlik kabi axloqiy fazilatlarni rivojlantirish istagi bilan sug`orilgan.Bolalarni sevishga o`rgatish uning fikricha ta`limdagi birinchi amrdir. Vodovoza ham xuddi K.D.Ushinskiy kabi ertaklarni ayniqsa xalq ertaklarini himoya qilib chiqqan .Vodovoza fikriga ko`ra ertak bolalarning boy kuzatishlari va bilimlariga tayanadi,u bolalar xayolatini rivojlantiradi,bolalar nutqining boyishiga ko`maklashadi , ularga xalq iboralarini ,yodda saqlab qolishga yordam beradi.
O`zbek ma`rifatparvarlardan biri Abdulla Avloniyning serqirra ijodiy faoliyatida ta`lim va tarbiya masalasi alohida o`rin tutadi. Avloniyning pedagogik qarashlarida bolalar nutqiy faoliyatini rivojlantirish masalasi badiy adabiyot bilan bog`liqlikda qaraladi. Abdulla Avloniy o`zining ta`lim va tarbiya konsepsiyasida bolalarning nutqiy qobiliyatlarini o`stirish masalasiga e`tabor qaratgan ,ularni o`zlashtirishda badiy adabiyotga asosiy vosita sifatida qaragan.
Abu Ali Ibn Sino bolaning kelajagi haqida u tug`ilmasdan oldin g`amxo`rlik qilish kerak,ilk yoshligidan boshlab unga rostgo`ylik ,javobgarlik ,mehribonlik kabi fazilatlarni ,yaxshilik ,insoniylik hissini singdirish zarurligini aytadi.
R.M.Qodirovaning tadqiqotlarida esa besh olti yoshli bolalar nutqini rus tilini o`qitish jarayonida rivojlantirishning omillari tadqiq etilgan .xususan bolalarning nutqini rivojlantirishning pedagogik-psixologik omillari,bolalarga rus tilini dialogik nutq vositasida o`qitishning uslubiyati ,rus tilini o`qitish jarayonida bolalarda baynalminallik va vatanparvarlik fazilatlarni shakllantirish masalalari taxlil qilingan.
D.R.Babaeva tadqiqotlarida bolalar nutqini rivoklantirishning ilmiy pedagogic shart- sharoitlari ,nazariy tashkiliy pedagogic va metodik tomonlari bolalar nutqini rivoklantirishda oilaning o`rni ,mazkur muammoni ta`lim jarayonida rejalashtirish va tashkil etish,tevarak –atrof bilan tanishish jarayonida bolalar nutqini o`stirish usullari, bolalarning tevarak –atrof bilish jarayoni bilan bog`liq nutqini rivojlantirish texnologiyasi kabi masalalar tadqiq etilgan.
Download 21.25 Kb.




Download 21.25 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu:,,Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini o`stirish metodologiyasiga oid tadqiqotlar tahlili

Download 21.25 Kb.