• I.KIRISH. 1.1.Maktabgacha ta’limda ertak terapeyasi haqida.
  • I. Kirish. Maktabgacha ta’limda ertak terapeyasi haqida




    Download 58,11 Kb.
    bet1/6
    Sana05.01.2024
    Hajmi58,11 Kb.
    #130919
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Maktabgacha ta’limda ertak terapeyasi haqida
    Shparka, 07XeUPPB8WZcw9FEOx2MowIMmwx6diLMz7YNoJLR, Ota-onalar jamoatchiligi va ularning ish faolyati.docx, O\'yinchoq maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama tarbiyalash vositasi sifatida, Matematik tasavvurlarni shakllantirish nazariyasi va texnologiya

    Mundarija
    I.Kirish. Maktabgacha ta’limda ertak terapeyasi haqida............................................3
    II.Asosiy qism
    2.1.Maktabgacha yoshdagi bolalarni nutqiy faoliaytini rivojlantirishni loyihalashtirish..........................................................................................................6
    2.2. Ertaklarning bola psixologiyasiga ta’siri...........................................................11
    2.3. .Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ertak terapeyasi........................................15
    2.4.Maktabgacha ta’lim tashkilotida ertaklar orqali axloqiy tushunchalarni shakllantirish................................................................................................................
    III.Xulosa.................................................................................................................28
    IV.Foydalanilgan adabiyotlar..................................................................................30
    V.Ilovalar.....................................................................................................................

    Mavzu:Maktabgacha ta’limda ertak terapeyasi va undan foydalanish.


    Reja:
    I.Kirish.Maktabgacha ta’limda ertak terapeyasi haqida.


    II.Asosiy qism.
    2.1.Maktabgacha yoshdagi bolalarni nutqiy faoliaytini rivojlantirishni loyihalashtirish.
    2.2.Ertaklarning bola psixologiyasiga ta’siri.
    2.3.Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ertak terapeyasi .
    2.4. Maktabgacha ta’lim tashkilotida ertaklar orqali axloqiy tushunchalarni shakllantirish.
    III.Xulosa.


    I.KIRISH.
    1.1.Maktabgacha ta’limda ertak terapeyasi haqida.

    Ertak— xalq og'zaki poetik ijodining asosiy janrlaridan biri; toʻqima va uydirmaga asoslangan sehrli sarguzasht va maishiy xarakterdagi epik badiiy asar. Asosan, nasr shaklida yaratilgan. Mahmud Koshgʻariyning "Devonu lugʻotit turk" asarida etuk shaklida uchraydi va biror voqeani ogʻzaki tarzda hikoya qilish maʼnosini bildiradi. Ertak Surxondaryo, Samarqand, Fargʻona oʻzbeklari orasida matal, Buxoro atrofidagi tuman va qishloqlarda ushuk, Xorazmda varsaqi, Toshkent shahri va uning atrofida choʻpchak deb ataladi. Ertak hayot haqiqatining hayoliy va hayotiy uydirmalar asosida tasvirlanganligi, tilsim va sehr vositalariga asoslanishi, voqea va harakatlarning ajoyibgʻaroyib holatlarda kechishi, qahramonlarning gʻayritabiiy jasorati bilan folklorning boshqa janrlaridan farq qiladi. Ertaklarda uydirma muhim mezon boʻlib, syujet voqealarining asosini tashkil etadi, syujet chizigʻidagi dinamik harakatning konflikt yechimini taʼminlaydi. Uydirmalarning turli xil namunalari taʼlimiy estetik funksiyani bajaradi, janr komponenti sifatida oʻziga xos badiiy tasvir vositasi boʻlib xizmat qiladi. Uydirmalar voqea va hodisalarni hayotda boʻlishi mumkin boʻlmagan yoki mavjud boʻlgan hodisalar tarzida tasvirlaydi.
    Xayoliy va hayotiy uydirmalarning ishtiroki, syujet chizigʻida tutgan oʻrni va vazifasiga koʻra, ertakni 2 guruhga — xayoliy uydirmalar asos boʻlgan ertak hayotiy uydirmalar asos boʻlgan ertaklarga boʻlish mumkin. Xayoliy uydirmalar asosidagi ertak syujeti mo'jizali, sehrli; hayotiy uydirmalarga asoslangan ertak syujeti esa hayotiy tarzda boʻlib, unda real voqea-hodisalar tasvirlanadi.Ertakda, asosan, uch maqsad hikoya qilinadi. Birinchisida ideal qahramonning jasorati, yovuz kuchlarga qarshi chiqib, xalq manfaatini himoya qilishi, ikkinchisida, asosan, bosh qahramonning oʻzga yurt malikalariga yoki parizodlariga oshiq boʻlib uylanishi, kasalga dori topishi, ajdar va devlar olib qochgan kishilarni ozod qilishi, uchinchisida esa adolatsizlikka, zulmga qarshi chiqishi kabi maqsadlar bayon qilinadi. Birinchi maqsad pahlavonning faol harakati va gʻayritabiiy kuchqudrati bilan amalga oshsa, ikkinchi maqsad passiv qahramonga yordam beruvchi tilsim vositalari yordamida, uchinchi maqsad esa bosh qahramonning aqlidroki, tadbirkorligi bilan amalga oshadi.
    Ertak-bu xalq og'zaki ijodidan bo'lib, u asosan, xalqni hayotidan so'zlab keladi. Sog'lom bolani shakllantirish nafaqat jismonan sog'lomlik, balki fikran sog'lomlik bir maqsadga qaratilgan. Bolalarni sog'lom fikrlashga chorlash degani, ana shu sog'lom fikrlar haqida uqtirish emas, balki uni hayotga tadbiq qilish orqali singdirishdir.
    Ota-bobolarimiz, momolarimiz farzand tarbiyasiga azal-azaldan katta e'tibor qaratib kelganlar. O'g'il-qizlarimiz ezgulikka intilib o'ssin, farzandlarimiz el-u yurt koriga yaraydigan, komil inson bo'lib ulg'aysin, deb ularni kitob o'qishga undaganlar, bir-biridan qiziqarli hikoya, ertak va rivoyatlar so'zlab berishni zinhor kanda qilmaganlar. Negaki, ertaklarda yaxshilik ulug'lanadi, yovuzlik, qoralanadi. Masalan: ''Qosim lofchi" ertagida Qosim yolg'on gapirib, pand yeyishi, yolg'on ortidan ketma-ket tashvishlar kelishini eshitgan bolalar yolg'on-yomon odat ekanligini bilishadi va yolg'on gapirmaslikka harakat qiladi. Shunday ekan, bolalarning tarbiyasida ertakning foydasi kattadir. Bolaning hayotida ertak qanchalik muhim? Bu savolga javob izlar ekanmiz. Multfilimlardan misol qiladigan bo'lsak, ''Zumrad va Qimmat'' multfilimida bola tarbiyasiga ta'sir qilishini tahlil qilamiz. Bolalar ushbu multfilimni tomosha qilar ekan, unda faqat bitta Zumrad va Qimmatni bir xil ko'rinishini biladilar. Bu esa, bolaning fikrlashi, o'ylashi sust bo'lishiga turtki bo'ladi. Ertak eshitayotgan bolaning ongi va fikrlash doirasi keragicha ishlaydi. Yuqorida aytilganidek, multfilimda faqat bir xillik ko'rinsa, ertaklarda esa aksincha, ertaklarni eshitib borayotgan bolalar o'zicha o'ylaydilar. O'zini Zumradini, Qimmatni ong ostida gavdalantiradi. Bu esa bolaning fikrlash doirasini kengayishiga juda katta samara beradi. Bugungi davrda yosh avlodni axborot -kommunikatsiya texnologiyalariga o'ta berilib ketishdan asrab, mutolaaga o'rgatish o'rniga, o'zimiz bunga sharoit yaratib berayotganimiz oydek ravshan bo'lib, yaqqol ko'zga tashlanmoqda.
    Xalqimizda bir gap bor. ''Bolani besh yoshgacha yozilmagan qog'oz''- deydilar, ya'ni nimani yozsang, kelajakda shuni o'qiysan. Tili endigina chiqqan farzandingiz savollar berib, odamni esangkiratib qo'yadi. Aynan shu davr juda ham muhim, negaki, bola bu davrda ko'zi bilan ko'rib turib uni nima ekanligiga aqli yetmaydi. Siz farzandingizni aqli yetmagan narsa, buyum, jonzotlarni erinmasdan tushuntirsangiz maqsadga muvofiqdir. Afsuski, ayrim yosh onalar bu payt farzandini noo'rin jerkib tashlaydi. Albatta, bu noto'g'ri, chunki bola bunday vaziyatda onasidan so'rashga qo'rqib qoladi. Farzandingizni tili chiqib endigina qadam tashlayotgan kichkintoyingiz juda g'ayratli va serharakat bo'ladi. Uning har kuni lug'at boyligi boyib, o'sib boradi. Aynan shu paytda farzandingizga nima o'rgatsangiz ,tez ilib oladi. Unda syujetli o'yinlarga ehtiyoj tug'iladi. Agar shunday vaziyatda farzandingizga aytib bergan ertaklaringizni u bilan obrazga kirib o'ynasangiz, foydadan holi bo'lmaydi.
    Ertak bolaga hayotni anglash, oqni qoradan farqlash hamda ezgulikni yovuzlikdan ustin qo'yishga undaydi. Unda insonparvarlik, vatanparvarlik, do'stga sadoqat, yorga vafodorlik, shu yo'lda qahramonlik, jasorat ko'rsatish kabi fazilatlar ulug'lanadi, zulm va zo'ravonlik qoralanadi. Barchamizga ma'lum ertaklardan ''Susambil''da hayvonlar, birlashib bo'rilar ustidan g'alaba qozonadilar, bu esa o'z navbatida bolalarga kuch birlikda, ahillikda ekanligini uqtiradi. ''Oltin tanga'' ertagida esa halollik ulug'lanadi. Ertak bolaning xulq-atvoridagi salbiy xususiyatlarni ijobiy tomonga o'zgartiradi, masalan: yolg'onchilik, qo'pollik, badjaxillik, o'g'rilik, dangasalik, yig'loqilik, qo'rquv kabilarning to'g'ri so'zlik, muloyimlik, oqko'ngillik, ozodalik, mehnatsevarlik, botirlik va jasurlik tuyg'ulariga o'girishga samarali yordam beradi.
    Ertakning muhim xususiyatlaridan biri, uning har doim xalq hayoti, kurashi, tarixi, psixologiyasi, dunyoqarashi, urf-odatlari bilan juda yaqin bog'langan bo'lishi, bolalarga axloqiy va ma'naviy, jismoniy kuchga ishonch ruhi bilan boydir. U bolaga butun real va tabiatdan tashqari kuchlarning bo'ysungani ifodalaydi. ''Ertaklarda bola tabiati va ijtimoiy hayotda o'ziga dushman bo'lgan qarshi kuchlarga kurashda doim g'olib chiqadi va bolaning hayotga tayyorlashda ko'maklashadi desak, mubolag'a bo'lmaydi".
    Har bir ona ertaklarni o'z farzandlariga obrazli va qiziqarli tarzda aytib berishsa, farzandlari hayoti davomida ezgulik, yaxshilik, insonparvarlik hamda vatanparvarlik tuyg'usi ostida voyaga yetadi.
    O'ziga xos tarbiya vositasi bo'lgan ertaklar bolajonlar uchun juda qiziqarli va qadrlidir. Ertaklar bolaning dunyoqarashini kengaytirib, uning hayotga ongli munosabatini shakllantiradi. Bola ertak orqali yaxshilik va yomonlik, ezgulik va yovuzlikni bir-biridan farqlashni o'rgatadi. Bu tushuncha uning psixologiyasida bir umrga muhrlanib, voyaga yetganidan keyin u ezgu ishlarga odatlanadi.Har bir ona ertaklarni o'z farzandlariga obrazli va qiziqarli tarzda aytib berishsa, farzandlari hayoti davomida ezgulik,yaxshilik, insonparvarlik hamda vatanparvarlik tuyg'usida voyaga yetadi.



    Download 58,11 Kb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 58,11 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    I. Kirish. Maktabgacha ta’limda ertak terapeyasi haqida

    Download 58,11 Kb.