|
Mavzuning dolzarbligi
|
bet | 2/8 | Sana | 07.12.2023 | Hajmi | 1,57 Mb. | | #113443 |
Bog'liq Metallar xossalar
Kumushli qoplamalar qalinligini qo‘llash sharoitiga bog‘liqligi, mkm
sharoitiga bog‘Co va Ni metallari.Quyidagi 1-jadvalda kumushli qoplamalar qalinligini qo‘llash liqligi keltirilgan.
1.2 Kumush ajratib olish
Yerosti shaxtalaridan Ag ni ishqor bilan qo‘shib ishlash tajribalari Vashingtonda 1961 yil X.Dj. Zeynekom va B. Parteromlar tomonidan yozilgan. Nevada shtatidan shimoliy sharqida ochiq konlardan Ag ni ajratib olish laboratoriya sharoiti tekshiruvlarida eng yuqori unumdorlikka ega bo‘lgan.
Shunday sistema qo‘llanilgan ediki, Kaliy sianid eritmasi olingan namunaning aniq nuqtalari ichki qismiga yuborilgandi. Ag ning erishi 1,7 gramm tonna tarkibini tashkil qilib, juda katta tezlikka erishilgan edi. Bunga sabab, jinslarning g‘ovaklaridagi juda mayda ko‘rinishdagi Ag tez eriganda ajralib chiqish darajasi 11 kun davomida 80%ga yaqinni tashkil qilib, 21 kundan keyin esa 2,5 sm o‘lchamda materiallarni maydalangandan keyin 90% ajralib chiqishni tashkil etadi. D.M.Darra tomonidan (AQSH patent №0562 61,77 y 1-noyabr) qayta ishlangan jarayon eng kamida 1 ta metalldan Ag yoki Ag ning ajralib chiqishi uchun mo‘ljallangan.
Qo‘llanilgan qurilmalar burchak ostida kamaytirilgan holatda bo‘ladi. Uning ustiga maydalangan ruda yoki jinslar qo‘yiladi [6,8].
Rudalarning sirt yuzasiga kaliy sianid va ishqorning suvli eritmasini purkash uchun qurilmalar joylashtirilgan. Idishning sirt yuzasidan burchak bo‘yicha oqadi. Qator sig‘imli aktivlantirilgan ko‘mirli idishlardan truboprovodlarning Ag va Ag ni ajratish bosqichida eritma berish uchun qo‘llaniladi va truboprovodlarda tozalangan eritma purkash zonasiga beriladi. U kaliy sianid kAgstik sodani suyultirilgan eritmalarini tog‘ jinslari yoki maydalangan madan sirtiga purkash uchun xizmat qiladigan qurilmani o‘z ichiga oladi. Bunda eritma ruda qatlami orqali mustahkam hosil bo‘lguniga qadar sepiladi.
Tabiiy og‘ishishning mavjud bo‘lishi rezina bilan qoplangan navga yuborishni ta’minlaydi. Bunda eritma og‘irlik kuchi ta’sirida eritma rezervuarga oqib tushadi, hamda qatlamning zichlashishi natijasida uning sirti polivinil xlorid bilan ham qoplanishi mumkin.
Katod sig‘imli aktivlantirilgan ko‘mirli idishlarning trubaprovodlarning kumush va kumushni ajratish bosqichida eritma berish uchun qo‘llaniladi va trubaprovodlarning tozalangan eritma purkash zonasiga beriladi.
Ag va Ag eritmalari aktivlangan ko‘mir bilan to‘ldirilgan ion almashinish qurilmalaridan foydalanib, ular 3 ta platformalarga o‘rnatiladi.Pastki qismida teshikchasi bo‘lgan taqsimlash plitalari mavjud. Eritma rezervuarida mayda aktivlangan ko‘mir bilan to‘ldirilgan pastki qismiga beriladi. Aktivlangan ko‘mir asosan taqsimlash plitasi ustiga o‘rnatilgan. Eritma ketma-ket har qaysi sig‘imning o‘tib taqsimlash qurilmasi orqali pastdan yuqoriga ko‘tariladi. Oqimdan yuqoriga harakatlanish maydalangan aktivlangan ko‘mirda ushlab turiladi. Aktivlangan ko‘mir eritmada erigan Ag va Ag ni yutadi. Bu jarayon ma’lum miqdordagi komponentlar ishlashiga qadar davom etadi.
Maksimal samaradorlikka erishish uchun har qanday sig‘im orqali o‘tayotgan oqim almashtirilib turiladi. Aktivlangan ko‘mir ko‘mirni ajratib olish uchun u elaklarda elanadi yoki ejektorlanadi. Ko‘pincha elektrodda foydalanish maqsadga muvofiq bo‘lib, aktivlangan ko‘mirni tashish jarayoni avtomatlashtirish uchun vaqt relesiga ulangan kAgstik soda va kaliy sianid eritmalari sig‘imlardagi ishlov berilgan eritmalarga qo‘shiladi. U dozatorda tortilgandan so‘ng yoki qaytadan trubaprovod orqali ruda qatlamiga sepishga yuboriladi. Yangi suv odatda sig‘imdan olib qo‘shiladi. U platformada joylashgan. Yuqoridaga jarayonni o‘tkazish vaqti rudaning sifatiga Ag va Ag eritmalarining ekstraksiyalanish tezligiga bog‘liq.
Elektrolizyorlardagi qoldiqdan kumushni ajratib olishning elektrolitik jarayoni Ag olish uchun ham kerakli bo‘lib, ajratib olingandan keyin ortiqcha kumush qaynoq holdagi sulfat kislota ta’sirida yo‘qotiladi. Kumush xloridning qaynoq eritmasi elektroliz qilish jarayonida Ag anodlaridan foydalaniladi. Katod kumushdan tayyorlangan yupqa lenta ko‘rinishida bo‘ladi. Katod sirtiga cho‘ktirilayotgan modda ya’ni, kumushning tozalik darajasi 99,975% gacha bo‘lishi kerak. Unda ma’lum miqdorda palladiy va platina bo‘lishi mumkin. Kumushni ajratib olishda, oldin Ag va misni tozalash jarayonini o‘tkazish jarayonida ko‘pgina nodir metallar eritmada shlam hosil qilib cho‘ktiriladi. Ag va metallarni elektroliz yo‘li bilan ajratib olinadi (1- rasm). Bundan palladiy va ishlov berilgan shlamda qo‘shimcha miqdorda yig‘iladi. Ag ni tozalashda foydalaniladigan jarayonlar soni kumushni ajratib olishdagi jarayonlarda birmuncha kamroq bo‘ladi. Har 1415 gr kumush ajratib olinganda faqatgina 28,3 gr kumush olish mumkin. Jarayon nisbatan sodda jihati bilan amalga oshirish mumkin va kam mehnat sarf talab etadi [10,11].
|
| |