• Izoh
  • O‘zbekiston ko‘mir zaxiralari bo‘yicha Markaziy Osiyoda ikkinchi o‘rinda turadi. • Ko‘mir Angren, Sharg‘un va Boysun konlaridan qazib olinadi.
  • Adsorbsiya.
  • Moddaga tashqi muhitdan boshqa moddalarning yutilishi sorbsiya deyiladi.
  • Mavzusidagi bir soatlik




    Download 2,85 Mb.
    bet4/5
    Sana14.05.2024
    Hajmi2,85 Mb.
    #231766
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    9 sinf kimyo 16 Uglerodning tabiatda tarqalishi va fizik xossalari

    Ishlatilishi

    Olmos












    Grafit












    Karbin












    Fullerin












    Izoh: Har bir javob bergan o’quvchilarga rag’bat kartochkalari beriladi va dars so’ngida jamlanib baholanadi


    III. Yangi mavzu bayoni
    Tabiatda tarqalishi. Uglerod tirik organizmlarning asosiy tarkibiy qismidir. Neft, tabiiy gaz, torf, ko‘mir, yonuvchi slanes kabi foydali qazilmalar uglerodning turli xil birikmalaridir.

    Ayniqsa, toshko‘mir uglerodga eng boy tabiiy foydali qazilmadir.


    Yer sharida juda ko‘p tarqalgan ohaktosh CaCO3 va dolomite CaCO3*MgCO3 lar ham uglerodning tabiiy birikmalaridir.

    Uglerodning Yer qobig‘idagi miqdori 0,023 % ni tashkil qiladi. Atmosferada karbonat angidrid uchraydi, u o‘simliklarning yashil barglarida fotosintezlanib, turli xildagi uglevodlarga aylanadi:
    6CO2 + 6H2O = C6H12O6 + 6O2







    O‘zbekiston ko‘mir zaxiralari bo‘yicha Markaziy Osiyoda ikkinchi o‘rinda turadi.
    Ko‘mir Angren, Sharg‘un va Boysun konlaridan qazib olinadi.
    O‘zbekistonda ko‘mirning geologik zaxiralari 2 milliard tonnadan ortiq.




    Fizik xossalari. Uglerod har qanday allotropik shakl o‘zgarishida ham hidsiz, ta’msiz, qiyin suyuqlanadigan va odatdagi erituvchilarda erimaydigan modda.



    Suyuqlanish harorati 3550 °C (olmos), qaynash harorati 4830 °C (sublimatlanadi); zichligi 3513 kg/m3 (olmos), 2260 kg/m3 (grafit); izotop soni 8(9→16).





    Adsorbsiya. Pistako‘mir yuqori adsorbsiyalovchi xossaga ega.

    Adsorbsiya — bir modda yuzasiga ikkinchi moddaning yutilishi.


    Adsorbent — yuzasida yutilish jarayoni yuz beradigan modda.
    Suyuqlik yoki qattiq jismlar sirtida boshqa moddalarning molekulalari, atomlari, ionlarining yutilishi adsorbsiya deyiladi.
    Moddaga tashqi muhitdan boshqa moddalarning yutilishi sorbsiya deyiladi.
    O‘z sirtiga boshqa moddalarni yutgan modda adsorbent, yutilgan modda adsorbtiv deyiladi. Adsorbsiya qobiliyati yuza maydoniga bog‘liq bo‘ladi.
    Ko‘mirning adsorbentlik xossasini kuchaytirish uchun uni o‘ta qizigan suv bug‘i bilan faollashtiriladi.

    B

    Faollashtirilgan ko‘mir havodagi va gazlar aralashmasidagi uchuvchan zaharli moddalarni yutishda (protivogaz); inson organizmidan zararli moddalarni tozalashda (qonni, hazm organlarini tozalash); oziq-ovqat mahsulotlarini (yog‘-moylarni) tozalashda ishlatiladi


    unda ko‘mirning g‘ovak bo‘shliqlarini to‘ldirib turgan moddalar chiqarib yuborilib, yutish yuzasi orttiriladi.




    N.D.Zelinskiy birinchi jahon urushi yillarida zaharli kimyoviy moddalarga qarshi aktivlashtirilgan ko‘mirdan foydalanib, protivogazni ixtiro qildi. Zelinskiyning bu kashfiyoti yuz minglab jangchilar hayotini saqlab qoldi. Kimyo sanoatida katalizatorlar sifatida ishlatiladi.






    Download 2,85 Mb.
    1   2   3   4   5




    Download 2,85 Mb.