• Mavzu: Vektorlarni funksiya parametrlari sifatida qo‘llanilishi. Mundarija: Kirish
  • II.Amaliy qsim………………………………………………. KIRISH
  • Maxammadmusayev Yosinbek




    Download 64,61 Kb.
    bet1/3
    Sana21.01.2024
    Hajmi64,61 Kb.
    #142706
      1   2   3
    Bog'liq
    Mustaqil ish Dasturlash 1


    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI


    MUHAMMAD AL­–XORAZMIY NOMIDAGI
    TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
    FARG‘ONA FILIALI
    “Kompyuter injineringi AT-Servis” fakulteti 782-22-guruh talabasi Maxammadmusayev Yosinbekning
    “Dasturlash I” fanidan,Vektorlarni funksiya parametrlari sifatida qo‘llanilishi mavzusida yozgan

    Mustaqil ishi


    Bajardi: Maxammadmusayev Y
    Qabul qildi: Soliyev Baxromjon.


    Mavzu: Vektorlarni funksiya parametrlari sifatida qo‘llanilishi.
    Mundarija:
    Kirish…………………………………………………………
    I.Nazariy qism………………………………………………..
    1.1 C++ Dasturi xaqida qisqacha ma’lumot…………………
    1.2 C++ Dasturida Vektorlarni funksiya parametrlari sifatida qo‘llanilishi.
    II.Amaliy qsim……………………………………………….
    KIRISH.
    Axborot texnologiyalarining bugungi rivojlangan davrida kompyuter texnologiyalari barcha sohalarga kirib bormoqda. Hususan, hayotiy masalalarni yechishda dasturlash yordamida, masalalarni matematik modellarini tuzib, ularni yechish algoritm va dasturlarini tuzish orqali jarayonlarni kompyuterlashtirish dolzarb masalalardan biri. Mazkur kurs ishida massivlar yordamida masalalarni echish usullari va mos dasturlari ko’rib chiqiladi. Kurs ishi kirish, nazariy qism, masalaning qo’yilishi, echilish algoritmi, C++ tilidagi dasturi va natijalaridan iborat.
    C++ dasturlash tili C tiliga asoslangan. C esa o'z navbatida B va BCPL tillaridan kelib chiqqan. BCPL 1967 yilda Martin Richards tomonidan tuzilgan va operatsion sistemalarni yozish uchun mo'ljallangan edi. Ken Thompson o'zining B tilida BCPL ning ko'p hossalarini kiritgan va B da UNIX operatsion sistemasining birinchi versiyalarini yozgan.
    BCPL ham, B ham tipsiz til bo'lgan. Yani o'zgaruvchilarning ma'lum bir tipi bo'lmagan - har bir o'zgaruvchi kompyuter hotirasida faqat bir bayt yer egallagan. O'zgaruvchini qanday sifatda ishlatish esa, ya’ni butun sonmi, kasrli sonmi yoki harfdekmi, dasturchi vazifasi bo'lgan. C tilini Dennis Ritchie B dan keltirib chiqardi va uni 1972 yili ilk bor Bell Laboratories da, DEC PDP-11 kompyuterida qo'lladi. C o'zidan oldingi B va BCPL tillarining juda ko'p muhim tomonlarini o'z ichiga olish bilan bir qatorda o'zgaruvchilarni tiplashtirdi va bir qator boshqa yangiliklarni kiritdi. Boshlanishda C asosan UNIX sistemalarida keng tarqaldi. Hozirda operatsion sistemalarning asosiy qismi C/C++ da yozilmoqda. C mashina arhitekturasiga bog'langan tildir. Lekin yaxshi rejalashtirish orqali dasturlarni turli kompyuter platformalarida ishlaydigan qilsa bo'ladi. 1983 yilda, C tili keng tarqalganligi sababli, uni standartlash harakati boshlandi. Buning uchun Amerika Milliy Standartlar Komiteti (ANSI) qoshida X3J11 tehnik komitet tuzildi va 1989 yilda ushbu standart qabul qilindi.
    Standartni dunyo bo'yicha keng tarqatish maqsadida 1990 yilda ANSI va Dunyo Standartlar Tashkiloti (ISO) hamkorlikda C ning ANSI/ISO 9899:1990 standartini qabul qilishdi.
    Shu sababli C da yozilgan dasturlar kam miqdordagi o'zgarishlar yoki umuman o'zgarishlarsiz juda ko'p kompyuter platformalarida ishlaydi. C++ 1980 yillar boshida Bjarne Stroustrup tomonidan C ga asoslangan tarzda tuzildi. C++ juda ko'p qo'shimchalarni o'z ichiga olgan, lekin eng asosiysi u ob'ektlar bilan dasturlashga imkon beradi. Dasturlarni tez va sifatli yozish hozirgi kunda katta ahamiyat kasb etmoda. Buni ta'minlash uchun ob'ektli dasturlash g'oyasi ilgari surildi. Huddi 70-chi yillar boshida strukturali dasturlash kabi, programmalarni hayotdagi jismlarni modellashtiruvchi ob'ektlat orqali tuzish dasturlash sohasida inqilob qildi.
    C++ dan tashqari boshqa ko'p ob'ektli dasturlshga yo'naltirilgan tillar paydo bo'ldi. Shulardan eng ko'zga tashlanadigani Xerox ning Palo Altoda joylashgan ilmiy-qidiruv markazida (PARC) tuzilgan Smalltalk dasturlash tilidir. Smalltalk da hamma narsa ob'ektlarga asoslangan. C++ esa gibrid tildir. Unda C ga o'xshab strukturali dasturlash yoki yangicha, ob'ektlar bilan dasturlash mumkin. Yangicha deyishimiz ham nisbiydir. Ob'ektli dasturlash falsafasi paydo bo'lganiga ham yigirma yildan oshayapti. C++ funksiya va ob'ektlarning juda boy kutubhonasiga ega.

    Download 64,61 Kb.
      1   2   3




    Download 64,61 Kb.