|
RESPUBLIKADA ARXIV ISHINING YANADA TAKOMILLASHTIRILISHI. (1961-1990 YILLAR)
|
bet | 15/28 | Sana | 19.01.2024 | Hajmi | 0,59 Mb. | | #141406 |
Bog'liq Maxsus tarix fanlariRESPUBLIKADA ARXIV ISHINING YANADA TAKOMILLASHTIRILISHI. (1961-1990 YILLAR)
1960- yillar boshida arxivlar taraqqiyotida yangi lavr boshlandi. Arxiv tashkilotlarini bevosita O‘zbekiston Ministrlar Sovetiga bo‘ysundirilishi respublikada arxiv ishini rnvojlaniishga yordam qilgan muhim omil bo‘ldi. Ministrlar Sovetining 1961 yil 9- maydagi qarori bilan O‘zbekiston Ichki ishlar ministrligining arxiv boshqarmasi O‘zbekiston Ministrlar Soveti x.uzuridagi Arxiv boshqarmasi qilib qayta tashknl qilindi. SHu qaror asosida mahallny arxiv tashkilotlari Qoraqalpog‘iston ASSR Ministrlar Soveti va viloitlar ijroiya qo‘mitalari Arxiv bo‘limlari qilib qayta tashkil qilindi. Arxiv tashkilotlarini Ministrlar Soveti va viloyatlar ijroiya qo‘mitalari ixtiyoriga o‘tkazilishi ularni davlat apparati tuzimidagi rolini orttirdi va arxiv ishi taraqqiyotida yangi bosqichni boshlab berdi.
Arxiv tashkilotlari respublika davlat hokimiyati va boshqaruv organlari bilan teng huquqli bo‘lib qoldi va ular arxiv ishi va ish yuritishni tashkil qilish faoliyatini nazorat qilish huquqiga ega bo‘ldi. Arxiv tashkilotlarining asosiy vazifasi siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy, amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan hujjatlar saqlanishini ta’minlash hisoblanadi. Ular tarixiy hujjatlarni davlat saqloviga tanlab olish, saqlanishini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. SHuning uchun arxiv tashkilotlari hujjatlar qimmatdorligini ekslertiza qilishga va ular bilan davlat arxivlarini butlashga katta e’tibor beradi.
1960-1961 yillarda itgifoq Bosh arxiv boshqarmasi ko‘rsatmasiga binoan respublikada arxivlarni butlash tamoyili tubdan qayta ko‘rib chiqildi. O‘z faoliyati natijasida ilmiy ahamnyatga ega hujjatlar vujudga kelmaydigan mayda, yordamchi va kommunal maishiy tashkilotlar (sartaroshxona, atele, oshxona, apteka, do‘konlar, hammomlar, ta’mirlash ustaxonalari, avtobazalar, mehmonxonalar va boshqalar)dan davlat saqloviga hujjatlar qabul qilish to‘xtatildi. Buning natijasida arxiv tashkilotlari o‘z faoliyatida asosiy e’tiborini hujjatlar saqlanishini nazorat qilishga va davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, muhim sanoat, qurilish va shunga o‘xshash korxonalar hujjatlarining qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Respublika davlat arxivlari hujjatlari qabul qilinadigan va qabul qilinmaydigan tashkilotlar, muassasapar, korxonalar ro‘yxatlarini tuzdilar va davlat arxivlari hujjatlarni qabul qilishda mana shu ro‘yxatga amal qiladigan bo‘ldilar.
Arxivlarni butlash, ekspertiza qilish, idoraviy arxivlarni nazorat ztish sohalaridagi qayta qurish ishlariga oid respublika Ministrlar Soveti xuzuridagi Arxiv boshqarmasi qator metodik qo‘llanma,1ar tayyorladi. Arxivlarii butlash masalasi Arxiv boshqarmasining ilmiy keigashida muhokama qilindi va uning qarorn davlat arxivlariga ijro etish uchun yuborildi.
1961 yildan boshlab davlat arxivlarining zkspert tekshiruv komissiya (ETK) lari vazifalari tubdan o‘zgardi. ETKning ekspertiza masalasida asosiy vazifasi davlat arxialarini nazorat qiladigan tashkilotlar topshirgan doimiy saqlanadigan hujjatlarning ro‘yxati (opisi)ni ko‘rib chiqish va tasdiqlash bo‘lib qoldi. SHuningdek ETK 5 yildan ortiq saqlanadigan materiallar dalolatiomasini va hujjatlarni saqlash muddati ko‘rsatilgan ro‘yxat (perechen) da ETK belgisi bor materiallar ro‘yxatini muhokama qilib, tasdiqlaydigan bo‘ldi.
Saqlash muddati 5 yilgacha bo‘lgan materiallar dalolatnomasini nazorat qilinadyagan idoraning rahbari ETKda ro‘yxat tasdiqlangandan keyin tasdiqlashi lozim edi. Davlat arxivlari tomonidan nazorach qilinmaydigan idoralar arxiv hujjatlari ro‘yxati va da,yulatnomasini tasdiqlash ularning yuqori idoralari ixtiyoriga berildi. Arxivlarni butlash ishini qayta ko‘rib chiqilishi tufayli idoraviy arxivlarni nazorat qilishda ham muhim o‘zgarishlar sodir bo‘ldi.
YAngi sharoitda davlat arxivlari idoraviy arxiv ishi va idoralarning ish yuritishini nazorat qiladigan bo‘ldi. Qayta qurishgacha esz, arxiv tashkilotlarining asosiy vaqti xaddan tashqari ko‘p, mayda, kam ahamiyatli tashkiltlarni nazorat qilishga ketar edi va muhim idoralar arxivlari e’tibordan chetda qolar edi. Buning natijasida qiymati kam ilmiy, garixiy, amaliy ahamiyati yo‘q arxiv fondlari tartibga solinar edi va davlat arxivlariga qabul qilinar edi. Asosiy fondlar esa, odatda tartibga solinmasdan davlat arxiviga qabul qilinmasdan qolar edi.
1966 yil 1 yanvariga respublika bo‘yicha davlat arxivlari nazorat qiladigan, kelajakda hujjaglari davlat arxivlariga qabul qilinadigan tashkilotlar 6489 ta bo‘lgan. 1965 yidda 4930 ta tashkilot o‘z arxivlarini tartibga keltirishgan edi. Tartibga solingan yig‘majildlar soni gartibga solinishi kerak bo‘lgan yig‘majildlarning 70% ni tashkil qilar edi. 1966-1980 yillarda davlat arxivlariga tegishli va korxonalardan 580 ming boshqarnsh hujjatlari yig‘ma jildlari, 5939 ta ilmiy-texnik hujjatlar yig‘ma jildlari, 5048 ta kinohujjatlar saqlov birligi, 53987 fotohujjatlar saqlov birligi va 5345 ta fotohujjatlar saqlov birligi qabul qilingan.
1986-1990 yillarda davlat arxivlarini butlash sohasida ancha ish amalga oshirildi. Davlat arxivlarini butlash manbai hisoblangan tashkilotlar ro‘yxatlariga aniqlik kiritildi va to‘ldirildi. 1990 yilda arxivlarni butlash manbalari soni respublika bo‘yicha 9576 ta etdi. 1986-1990- yillarda respublika davlat arxivlari saqloviga 635 ming doimiy saqlanadigan yig‘majildlar qabul qilindi.
70-yillarda davlat arxivlari nazorat qilayotgan tashkilotlarning idoraviy arxivlari va ish yuritish xizmati birmuncha yaxshilandi. 1972-1980 yillarda bevosita arxiv tashkilotlarining ishtirokida respublikada 49 ta shaxsiy tarkib bo‘yicha xo‘jalik hisobidagi arxivlar tashkil qilindi va ularga 850 mingga yaqin yig‘ma jildlar qabul qilindi. Respublikada birinchi bunday arxiv Andijon viloyatida tashkil etilgan. 1972 yil 13- iyunda Andijon viloyati ijroiya qo‘mitasi «Viloyat davlat arxivining Qo‘rg‘ontepa filiali qoshida shaxsiy tarkib bo‘yicha hujjatlarning rayonlararo birlashgan arxivini tashkil qilish to‘g‘risida» qaror qabul qildi. Unga asosan korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, kolxozlar, sovxozlarning shaxsiy tarkib bo‘yicha hujjatlari saqlanishini ta’minlash, hisobga olish, ularni jamlash va fuqarolarga biografik ma’lumotnomalar berish maqsadida shaxsiy tarkib bo‘yicha xo‘jalik hisobidagi Qo‘rg‘ontepa tumanlararo arxivi tashkil qilingan. Bu arxiv Qo‘rg‘ontepa, Xo‘jaobod tumanlari va Sovetobod shahri tashkilotlari, kolxoz va sovxozlari mablag‘i hisobidan shaxsiy tarkib hujjatlarini markazlashtirib saqlash va foydalanish uchun tuzilgan. Har bir tashkilot va xo‘jalik shaxsiy tarkib bo‘yicha hujjatlarni markazlashtirib saqlagan xo‘jalik hisobidagi arxivga mablag‘ o‘tkazib turar, ana shu mablag‘ hisobidan arxiv ishchi va xizmatchilariga ish haqi berar edi. Ijroko‘m qarori bilan har bir yig‘ma jild uchun bir yilga 65 tiyin miqdorda haq to‘lash belgilangan edi.
Qo‘rg‘ontepa arxivining tajribasi shaxsiy tarkib hujjaglarinish saqlash va foydalanishni samarali va foydali shakli tuman, shahar idoralararo arxivlarda bunday hujjatlarni markazlashtirib saqlash ekanligini isbotladi. O‘zbekiston Respublikasi Ministrlar Sovetining 1973 yil 16- fevrallagi «Respublikada arxiv ishini ahvoli va yaiada yaxshilash tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori asosida ijrokomlar qoshida shaxsiy tarkib hujjatlarining idoralararo ho‘jalik hisobidagi arxivlarii tashkil qilish keng avj oldi.
Bu arxivlar vazifasi ularga tashkilotlar shartnoma asosida topshirgan shaxsiy tarkib hujjatlarini markazlashtirib saqlash va fuqarolarga ular asosida ma’lumotnomalar berish edi. Bunday arxivlar respublikaning ko‘pchilik viloyatlarida tashkil qilindi. Bu arxivlar shaxsiy tarkib hujjatlarini saqlashni ta’minlashda va tuman, shaharlarda arxiv ishini umumiy ahvolini yaxshilashda, fuqarolarga arxiv ma’lumotnomalari berishda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.
Davlat arxivlari tashkilotlarda ish yuritishni takomillashtirishga qaratilgan amaliy natija beradigai tadbirlar o‘tkazdi. Tashkilotda ish yuritishni tashkil qilinganligi darajasi to‘g‘risida fikr yurgizishga asos bo‘ladigan asosiy ko‘rsatkichlar bular ish yuritish bo‘yicha yo‘riqnomani, yig‘ma jildlar nomenklaturasini borligi hisoblanadi. 1980 yilda respublikada davlat arxivlari nazoratidagi 8733ta tashkilotdan 3472 (40%)tasida ish yuritish bo‘yicha yo‘riqnoma, 85%da yig‘ma jildlar nomenklaturasi mavjud edi.
1986 ylldan boshlab respublika davlat arxivlari tashkilotlarda idoraviy arxiv va ish yuritishni tashkil qilinishini, tekshirishni odatda idoraviy tizimlar bo‘yicha kompleks tarzda amalga oshirdilar. 1986 yilda O‘zbekiston qishloq xo‘jalik mashinasozlik vazirligi va O‘zbekiston kinematografiya davlat qo‘mitasi tizimlari, 1987 yilda O‘zbekiston Maorif vazirligi tizimi, 1988 yidda O‘zbskiston teleko‘rsatuvlar, radioeshitirishlar davlat qo‘mitasi tizimi kompleks tekshirilgan.
O‘zbekiston arxnv tashkilotlari tomonidan 1987 yil yanvar-mayda Maorif vazirligi tizimi tashkilotlari, muassasalarida idoraviy arxivlar va ish yuritishda hujjatlarni tashkil qilinishi ahvoli tekshirildi. Ushbu vazirlik tizimida 435 muassasadan 221 tasida yig‘majildlar nomenklaturasi ishlab chiqilgan edi. Vazirlik muassasalarida saqlanayotgan 80687 ta doimiy muddatda saqlanadigan yig‘ma jildlardan 40447 ta yig‘ma jild arxiv ro‘yxati (opis)ga kiritilib, davlat arxivi ETKsi tomonidan tasdiqlangan. Ma’orif vazirligi tizimini markazda va viloyatlarda tekshirish natijasi bo‘yicha arxiv tashkilotlari yirik tashkilotlarda arxiv mudiri lavozimini joriy qilishni, idoraviy» arxivlarni maxsus jihozlangan xonalar bilan ta’minlashni, ekspert komissiyasi ishini va arxiv hujjatlarinl gartibga solishni faollashtirishni, ish yuritish yo‘riqnomasini va yig‘ma jildlar nomenklaturasini joriy qilishni taklif qildilar.
70-80-yillarda arxiv hujjatlari ro‘yxatlarini takomillashtirish va kataloglashtirish respublika davlat arxivlarining muhim vazifalaridan biri bo‘lgan. Ro‘yxatlarni ma’lumot berish darajasini ko‘tarish maqsadida davlat arxivlari 1975 yildan boshlab ro‘yxatlarni takomillashtirish va qayta ishlashni faol olib bordilar. 1976-1990 yillarda 1,7 million yig‘ma jilddan iborat I va II kategoriyali fondlar ro‘yxatlari respublika davlat arxivlari tomonidan takomillashtirildi va qayta ishlandi. Ro‘yxatlarni tuzatish, yaxshilash, yig‘ma jild sarlavhalarini qayta tuzish, xatolarini tuzatish, boshqa fondlarga tegishli hujjatlarni ajratish. hujjatlar qimmatdorligini ekspertiza qilib, qiymati yo‘q hujjatlarni makulaturaga ajratish, yig‘majildlar-ni tartibga solish, yishajildlar shifrini qayta tuzish va zarur ilmiy-ma’lumot aplarati (so‘zboshi, mundarija, yig‘majildlarning yangi arxiv shifri jadvali, ko‘rsatgichlar)ii tuzish yo‘li bilan amalga oshirilgan. Hujjat darajasida axborot olish maqsadida respublika markaziy va mahalliy arxivlarida tizimli, mavzuli, ism kataloglari yaratilgan. 1991 yil yanvarga kadar 761 fonddan 489,5 ming yig‘ma jild o‘rganilib, ma’lumotlar kataloglarga kiritilgan. Kataloglarga olingan hujjatlar asosan 1 va II kategoriyali fondlar, hokimkyat va davlat boshqaruv organlari edi. Natijada boshqarma hujjatlariga va shaxsiy tarkibga oid hujjatlarga 970 ming mavzular bo‘yicha kartochka va 49 mingdan ortiq ism kartochkalari tuzilgan. Bu kartochkalar tizimli, mavzuli va ism kataloglariga kiritilgan.
Kino-foto-fonohujjatlarini ham kataloglashtirish faol olib borildi. 1976-1980 yillarda kinohujjatlarga 9 mingdan ortiq, fotohujjatlarga 61 mingdan ortiq va foto hujjatlariga 8 ming dan ko‘p kartochkalar tuzilib, kataloglarga qo‘shilgan.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda O‘zbekiston arxiv tashkilotlarida hujjatlarmi e’lon (nashr) qilish ishlari ancha avj olgan edi. Hujjatlar to‘plamlarining ilmny salohiyatlarini ko‘tarishda arxiv tashkilotlarining ilmiy-tadqiqot imstitutlari bilan hamkorligi muhim ahamiyat kasb etdi. 1961-1965 yillarda respublika arxiv tashkilotlari O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Tarix instituti, Partiya tarixi instituti va Markaziy Osiyo respubliklarining shuiga o‘xshash ilmiy tashkilotlari bilan birgalikda quyidagi hujjatlar to‘plamlari chop etilgan. "Podgotovka usloviy sploshkoy kollektivizaiii selskogo xozyaystva v Uzbekistane (1927-1929-gg.)». Sbornik dokumentov. - 1., 1961, -Soiialisticheskoe pereusgroystvo solskoyu xozyaystva v Uzbekistane (1917-1926 gg.)». Sbornik dokumentov. -T., 1962, «Inostrannaya voennaya intervensiya i grajdanskaya voyna v Sredney Azii i Kazaxstane». Sbornik dokumentov -tom 1. T., 1963., tom 2. Almaata, 1964. «O‘rta Osiyoni tadkiq qilgan rus olimlari»-seriyasidan quyidagi to‘plam e’lon qilingan: G.D. Romanovskiy. Sbornik dokumentov. - T., 1961. SHuningdek, 2 ta ilmiy ommabop to‘plamlar: «Pisma s fronta» (T., 1965) va "Frontdan xatlar" - (T., 1965) chop etilgan. Arxivchilarning matbuotda, radio va televvdenielarda chiqishlari ancha kengaydi. 1961-1965 yillarda O‘zbekiston arxivchilari gazeta va jurnallarda 301 ta, 1966 -1967- yillarda 208 ta maqola e’lon qildilar. 1963-1967 yillarda 240 radio eshittirish va 32 teleko‘rsatuv tashkil etdilar.
1986-1990 yillarda arxiv ishlarini tashkil qilishda muhim o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Bu o‘zgarishlar arxiv ishinn yanada rivojlantirish bo‘yicha maqsadli komileks dasturlarni amalga oshirishga qaratilgan edi. Respublikaning arxiv hujjatlarini e’lon qiluvchilari davlat arxiv fondi hujjatlaridan foydalanish va e’lon qilishni jadallashtirish dasturini bajarish sohasida faol mehnat qildilar. Arxiv hujjatlaridan fondalanish yildan-yilga ortib bordi.
1986-1990 yilparda 1981-1985 yshsharga nisbatan fuqarolarning 12 mingdan ortiq njtimoiy huquqiy toifadagi fuqarolar so‘rovi ijro etildi. Respublika va mahalliy davlat arxivlari har yili 20 mingdan ortiq fuqarolar so‘rovini bajardilar. Faqat birgina 1986 yilda 59 ko‘rgazma, 112 radioeshittirish va 6 teleko‘rsatuv tashkil qilindi va 185 maqola e’lon qiliidi. 1986-1990- yillarda 7 hujjatlar to‘plami chop etildi. 1989 yilda «Axborotnoma» byulletenining nashr qilinishi qayta tiklandi. Demokratiya va oshkoralik sharoitida maxfiy hujjatlarii ochiq hujjatlar qatoriga o‘tkazish kengaydi. 1987-1990- yillarda respublika davlat arxivlarida 99,9 mimg yig‘ma jildlarning mahfiylik belgisi olib tashlandi va ochiq hujjatlar qatoriga qo‘shildi. Bu tadbir arxiv hujjatlaridan foydalanishni keigaytirdi. 1986-1990 yillarda davlat arxivlarining o‘quv xonalarida 3 mingga yaqin tadqiqotchiga xizmat ko‘rsatildi va ularga 50 mingdai ortiq yig‘majildlar foydalanish uchu» berildi.
1961-1962 yillarda shahar, tumanlarda arxiv ishlarini tubdan yaxshilashga qaratilgan qator takliflar amalga oshirildi. 1961 yilda respublikaning tuman va shahar davlat arxivlari hujjatlarni vaqtinchasaq-shydigan arxiviarlai doimiy saqlaydigan arxivlarga aylantirildi.
Tuman davlat arxivlarini mustahkamlashga qaratilgan boshqa bir tadbir ularni tumanlararo davlat arxivlariga birlashtirilishi bo‘ldi. 1962 yilda I8-mayda tuman arxivlari asosida har birida 3-5 nafar xizmatchilar ishlaydigan 28 ta tumanlararo davlat arxivlari tashkil qilindi. 13 tumanda tuman davlat arxivlari qoldirilgan adi. Usha yiln tumanlararo davlat arxivlari viloyat davlat arxivlari filiali qilib qayta qurildi. Keyingi yillarda qator filiallar tashkil qilindi va ularning soni 1990 yillarda 40 taga etdi.
1962 yilda Toshkentda O‘zbekiston meditsina hujjatlari markaziy davlat arxivi tashkil qilindi. 1965 yilda bu arxiv tarkibida ilmiy-texnika hujjatlari bo‘limi tashkil qilindi va u O‘zbekiston meditsina va ilmiy texnika hujjatlari markaziy davlat arxivi qilib qayta qurildi. 1990 yilla respublika arxiv tashkilotlari shahobchalari O‘zbekiston Respublikasi Ministrlar Soveti huzuridagi Bosh arxiv boshqarmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ministrlar Soveti huzuridagi Arxiv boshqarmasi, 11 viloyatlar ijroiya qo‘mitalari arxiv bo‘limlari, 3 ta markaziy davlat arxivlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Markaziy davlat arxivi, 11 viloyatlar davlat arxivlari, 40 dan ortiq viloyatlar davlat arxivlari filiallaridan iborat edi. SHunday qilib, respublikada 70 ga yaqin arxia muassasalari mavjud edi. Ularni samarali faoliyati ilmiy va tarixiy axamiyatga ega bo‘lgan hujjatlarning jamlashga, saqlanishini ta’miklash va ulardai foydalanishni tashkip qilishga qaratilgan edi.
|
| |