|
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY O‘QUV YURTLARINING TARIX FAKULTETLARI ORASIDA O‘ZMU TARIX FAKULETINING O‘RNI VA AHAMIYATI
|
bet | 2/28 | Sana | 19.01.2024 | Hajmi | 0,59 Mb. | | #141406 |
Bog'liq Maxsus tarix fanlariO‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY O‘QUV YURTLARINING TARIX FAKULTETLARI ORASIDA O‘ZMU TARIX FAKULETINING O‘RNI VA AHAMIYATI haqida so‘z yuritishdan oldin avvalo Milliy Universitetning tarixiga ham to‘xtalish joizdir.
1. Musulmon Xalq dorilfununi
Millatparvar jadidlar Rossiyada fevral inqilobi amalga oshganidan so‘ng Turkistonda paydo bo‘lgan demokratik erkinlik sharoitida rus demokrat ziyolilari bilan hamkorlikda universitet tashkil etish harakatida turgan bir paytda oktyabr davlat to‘ntarishi yuz berdi va yangi sovet hukumati - Turkiston Xalq Komissarlari soveti tuzildi. Ushbu hukumatning 1918 yil 16 martdagi Toshkentda Turkiston xalq universitetini tashkil etish haqidagi Maorif Xalq Komissariatiga bergan buyrug‘ida faqat rus va rus tilida so‘zlovchi aholining oliy ta’limga bo‘lgan ehtiyoji qondirilishi e’tiborga olindi. Musulmonlarning bu sohadagi ehtiyoji va jadidlarning universitet tashkil etish borasida qilgan amaliy ishlari e’tiborga olinmadi. Ushbu buyruq asosida rus ziyolilari jadal ishga kirishadi. Bundan xabar topgan Munavvarqori Abdurashidxonov 9 aprel kuni zamonaviy oliy ta’lim tarafdorlari bo‘lgan jadidlarning faol guruhini o‘z uyiga to‘plab, vaziyatni tushuntirdi va universitet tashkil etish g‘oyasini o‘rtaga qo‘yadi.
Yig‘ilganlar uning rahbarligida 9 kishidan iborat «Musulmon xalq dorilfununining tashkilot komissiyasi»ni tuzdilar. Bu komissiya hukumatning qaroriga qarama-qarshi ravishda demokratik ruhda tuzilgan edi. SHuning uchun ham komissiya asosan ikki yo‘nalishda, ya’ni o‘zini hukumatga tan oldirish va bevosita dorilfununni tanjil etish kabi ishlar bilan mashg‘ul bo‘ldi. Tashkilot hay’ati juda tezlik bilan ishga kirishib, milliy oliy ta’lim o‘chog‘i - Musulmon Xalq dorilfununini tashkil etish yo‘lida bir oydan sal ortiq vaqt ichida o‘nta majlis o‘tkazadi. Uning shu yil 2 mayda o‘tkazilgan 7-majlisida Turkiston Xalq universiteti sho‘rosi va Turkiston Xalq Maorifi Komissariati tomonidan Musulmon Xalq dorilfununining tashkilot komissiyasi rasman tan olinganligi ma’lum qiliiadi. 3 may kuni Tashkilot komissiyasiniig iavbatdan tashqari kengaytirilgan majlisi bo‘lib, unda Musulmon Xalq dorilfununi rahbariyati («idora hay’ati»)ga saylov bo‘ladi. Munavvarqori Abdurashidxonov rais (rektor), Iso To‘xtaboev raisiing birinchi muovini, Burxon Habib raisning ikkinchi muovini, Abdusamiqori Ziyoboev xazinador, Muxtor Bakir sarkotib etib saylanadi. Musulmonlar uchun dorilfunun ochilishini ruslar uchun ochilgan Turkistoi Xalq universiteti rahbariyati ham qo‘llab-quvvatlab yordam berib turdi. Uning mudiri professor O.V.Popov Musulmon xalq dorilfununi tashkilot komissiyasining 8-majlisi (6 may)da qatnashib: «bundan keyin dorilfununni ikkinchi deb emas, balki bir dorilfunun deb atamok kerak», - deydi. SHundan so‘ng Musulmon Xalq dorilfunuii Turkiston Xalq universitetiga sho‘‘ba qilib birlashtiriladi. Munavvarqori Abdurashidxonov rahbarligidagi komissiyaning mehnati samarasi o‘laroq, 1918 yil 12 may shanba kuni Musulmon Xalq dorilfununining «rasmi kushodi» - rasmiy tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi. Eski shahardagi Vikula Morozovniig sobiq do‘koni joylashgan binodagi tantana hay’atidan hukumat a’zolari, xalq komissarlari, musulmon va rus xalq dorilfununlarining raislari (rektorlari) va boshqalar joy oladilar. Munavvarqori Abduraishdxonov qisqa nutq so‘zlab, yig‘ilishni ochadi. U o‘z nutqida musulmonlar chorizm yarim asr qullikda yashaganshsh, ozodlik katta talafotlar evaziga qo‘lga kiritilganini alohida ta’kidlaydi. SHu bilan birga, u «Xalqning ilmga ko‘p ziyoda muhtojligini... qonlarini to‘kib olg‘ap hurriyatidap so‘ng turkis-toiliklarga ham o‘qimoqqa imkon topilgani» haqida to‘xtaladi. SHundan keyin Munavvarqori harbiylarga xos usulda yig‘ilganlarni hurriyat shahidlarini xotirlab bir necha daqiqa sukut saqlashga chaqiradi. SHu paytda askariy musiqa marshi chalinadi. So‘ngra musulmon hurriyat shahidlari uchun Samiqori afandi tarafidan Kalomi SHarifdan, ularning xotirasiga fatvo, oyatlar o‘qiladi. 1918 yilning 12 mayi millat ehtiyojiga aylangan dunyoviy oliy ta’lim maskani paydo bo‘lgan, bugungi Milliy uiiversitetning asosi yaratilgan muborak kun bo‘lib tarixga kiradi.
Milliy uyg‘onish davrining buyuk allomasi Mahmudxo‘ja Behbudiy o‘zining «Oyina» jurnalida mushtariylarning Turkistonda dunyoviy oliy milliy ta’lim istiqboli haqida bergan savoliga javob berib, «Toshkentdagi Munavvarqori maktabi mana shuiday oliy tahsilga zamin bo‘la olishi mumkinligini aytgan edi». Musulmon xalq dorilfununi ochilishini o‘sha davrdagi taniqli olim A.A. Divaev quvonch bilan shunday ifodalaydi: «Mana bugun Toshkentda Musulmon dorilfununi ochilishi tantanasida qatnashishga muyassar bo‘ldik. Turkiston uchun tong otdi, yorug‘ quyosh balqidi... YAshasin Turkiston xalqining tayanchi va umidi bo‘lgan o‘quv yurti».
Musulmon Xalq dorilfununi 15 ta ilmiy-ijodiy, madaniy-ma’rifiy va demokratik musulmon uyungma hamda tashkilotlari vakillaridan iborat 45 kishilik kengash tomonidan boshqarildi. Uning ilmiy-ijodiy va pedagogik jamoasi tez orada 299 kishiga etadi. SHundan 22 tasi oliy diniy madrasalarni, 2 tasi Rossiya universitetlarini bitirgan edilar. Ularning orasida o‘nlab taniqli jadid shoir va adiblari, jadid maktabi va darsliklari asoschilari, 20 ga yaqin turli xil soha vakillari bor edi. Musulmon Xalq dorilfununi ham huddi ruscha Turkiston universiteti kabi uch bosqichli bo‘lishi rejalashtirildi:
1. Oliy bosqich: besh yillik dorilmuallimin - o‘qituvchilar instituti.
2. O‘rta bosqich: kasb-hunar o‘rgaguvchi har xil maxsus kurs va to‘garaklar, masalan, erkaklar uchun rassomchilik, duradgorlik, xotin-qizlar uchun bichish-tikishii o‘rgatish hamda bolalar bog‘chasi uchun tarbiyachilar tayyorlash.
3. Quyi bosqich: «Ibtidoiy sho‘‘ba» (bo‘lim). Buning o‘zi 15 yoshdan kichik bo‘lmaganlar qabul qilinadigan uch guruhga bo‘linadi: 1) savodi bo‘lmaganlar; 2) oldin eski maktabda o‘qib savodi chiqqan, ammo dunyoviy ilm-fanlardan xabari bo‘lmaganlar; 3) ibtidoiy (boshlang‘ich) «rushdiy» jadid maktabini bigirib yanada chuqurroq bilim olmoqchi bo‘lganlar.Dorilmualliminning «rasmi kushodi» - ochilish marosimi 1918 yil 31 mayda bo‘lib o‘tdi. Bu tantanali yig‘inga taniqli olim Abubakir Divaev raislik qildi. Birinchi bo‘lib dorilmualliminning yaqinda saylangan raisi (rektori) Munavvarqori Abdurashidxonovga so‘z beriladi. U jamoatchilikni tabriklab, o‘z shodligini izhor qiladi.
Doril mualliminning ilmiy-pedagogik jamoasi o‘sha davrdagi etuk pedagog va dunyoviy ilmlarning bilimdonlaridan tashkil gopadi. Unda mahalliy «qadim» maktabi va madrasalarni tugatganlar uchun birinchi tayyorlov sinfi, tajribasi kam bo‘lgan, usuli jadid maktablarini endigina bitirganlar va boshlang‘ich makgab o‘qituvchilariga ikkinchi tayyorlov sinflari tashkil qilinadi. Sentyabr oyiga kelib, dorilmualliminda ilgaridan eski maktabda ishlab kelgai 36 muallim, usuli jadid maktablarini yaqinda tugatganlardan 56 kishi, rus-tuzem maktabi va an’anaviy «qadim» maktablarida o‘qiganlardan 78 kishi tahsil oladi. Jadid ziyolilari uchun katta umid va ishonchga aylangan dorilmuallimin musulmon xalqlari uchun o‘qituvchi tayyorlovchi yagona markaz sifatida xizmat qilib, keyinchalik o‘zbek, qozoq, qirg‘iz, tojik, turkman va boshqalarning Toshkentda o‘z tillarida o‘qituvchilar tayyorlovchi kurslari va institutlari paydo bo‘lishida asosiy ilmiy-pedagogik negiz va tayanch vazifasini bajaradi.
1918 yil 31 maydan uning maxsus gazetasi «Xalq dorilfununi» chiqa boshlaydi. To‘rt oy davomida jami 15 ta soni bosildi. Bu gazeta sovet davrida o‘zbek tilida chop etilgan dastlabki gazeta bo‘ldi. Uniig asosiy shiori «YAshasin ilmiy inqilob, yashasin xalq maorifi» bo‘lgan.
Musulmon xalq dorilfununining jadid maktablari o‘ndan ortiq joyda tashkil topadi. Huddi shu turdagi o‘ttizdan ortiq maktab Sirdaryo, Ettisuv, Samarqand va Farg‘ona viloyatlarida ham ochildi.
Sovet huqumati Musulmon Xalq dorilfununini dastlab rasman tan olishga majbur bo‘lsa-da, unga nisbatan dushmanlik siyosatida bo‘ldi. Uning haqiqiy milliy oliy o‘quv yurti darajasiga o‘sib chiqishiga imkon bermadi. O‘sha 1918 yilning kuziga kelib, Musulmon Xalq dorilfununi va uning asoschilari kommunistik qatagonning dastlabki qurbonlari bo‘lishdi. Tarixiy haqiqat respublika Birinchi Prezideiti Islom Karimovning 2000 yil 28 yanvardagi «Toshkent Davlat universiteti»ga «O‘zbekieton Milliy universiteti maqomini berish to‘g‘risida»gi Farmoni bilan tiklandi. Unda «Vatan va millat taraqqiyoti yo‘lida fidoyilik ko‘rsatgan jadid ziyolilari-mizning buyuk xizmatlarini e’tirof etish»ga alohida urg‘u berilib, «upiversitetning asoschilari jadid ziyolilari, uning tashkil etilgan sanasi esa 1918 yil 12 may» deb belgilandi.
Birinchi Prezident Islom Karimovning buyuk mutafakkir va o‘z vaqtida millatimiz fidoyisi bo‘lgan Munavvarqori Abdurashidxonov haqidagi ushbu so‘zlari yoshlarimizda faxr va g‘urur hislarini uyg‘otdi: «Toshkent universiteti» 1920 yilda Roseiyadan kelgan vakillar tomonidai emas, balki 1918 yilda fidoyi ma’rifatparvar Munavvarqori Abdurashidxonov tashabbusi bilan Turkiston Xalq milliy dorilfununi eifatida faoliyat boshlagan. Bu harakatni butun jamiyatimiz, ayiiqsa, yoshlarimiz bilishi kerak, deb o‘ylayman. Bu tarixiy voqea universitet peshtoqiga alohida lavha qilib yozib qo‘yishga munosib».
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY O‘QUV YURTLARINING TARIX FAKULTETLARI ORASIDA O‘ZMU TARIX FAKULETINING O‘RNI VA AHAMIYATI
|