|
Turkiston davlat universiteti
|
bet | 4/28 | Sana | 19.01.2024 | Hajmi | 0,59 Mb. | | #141406 |
Bog'liq Maxsus tarix fanlari3. Turkiston davlat universiteti
Turkiston xalq universiteti salkam ikki yil davomida rasmiy andozadagi universitet darajasiga o‘sib o‘tdi. Turkiston hukumatining 1919 yil dekabrdagi qarori bilan u Turkiston davlat universiteti (TDU) maqomiga ega bo‘lib, yangi bosqichga qadam qo‘ydi. Bu bevosita Turkiston va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlar rivojidagi o‘zgarishlar natijasi edi. Toshkentda universitet ochilishiga yordam berishni so‘rab Turkistondan Rossiyaga 1917 yil avgustda shahar Dumasi raisi M.M.Sosnovskiy boshliq birinchi va 1918 yil aprelda irofessor A.A.Semenov rahbarligidagi ikkinchi maxsus delegatsiyani Rossiya Muvaqqat va sovet hukumatlari qo‘llab-quvvatlab, ularga yordam berdilar. 1917 yilda Rossiya Muvaqqat hukumatining Xalq Maorifi vaziri, undan so‘ng sovet hukumatining Maorif Xalq komissarligi Toshkentda universitet ochish uchun ma’lum tashkiliy ishlarni amalga oshirdi.
1918 yil iyunda Sankt-Peterburg va Moskva shaharlarida ikkita Tashkiliy byuro tuzilib, ular shu yilning kuzida gidrotexnika va irrigatsiya sohasi mutaxassisi professor I.R.Aleksandrov rahbarligidagi Turkiston universitetining Moskvadagi Tashkiliy qo‘mitasi tarkibiga Moskva va Sankt-Peterburgdagi turli soha olimlari jalb etildi. 1919 yil avgust oyiga kelib Turkiston universitetiiing Rossiyadagi tashkiliy tuzilmasi muayyan shaklga ega bo‘la bordi. 1919 yil 30 avgust kuni Turkiston universiteti professor-o‘qituvchilariiing umumiy yig‘ilishida universitet rahbariyatiga saylov bo‘lib, unda prof. N.A.Dimo rektor, prof. A.E.SHmidt prorektor etib saylanadi. Turkiston universitetining ikkinchi qanoti Sankt-Peterburg va Moskva oliy o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilari asosida mana shu ko‘rinishda Moskvada tashkil topdi. Uning birinchi qanoti esa bu paytda Toshkentda faoliyat ko‘rsatmoqda edi. Endigi vazifa shu ikki qanotni o‘zaro birlashtirish asosida universitetni kuchaytirishdan iborat edi. SHundan so‘ng Moskvadan birin-ketin beshta poezd Toshkentga jo‘natiladi. Universitetning Toshkent va Moskva qismlariiing birlashishi to‘qqiz oyga cho‘ziladi.
Sovetlar hukmronligi davrida butun O‘zbekiston tarixi kabi TDU tarixi ham soxtalashtirildi. Kommunistik mafkura tarixda bo‘lmagan «tarix»ni o‘ylab topdi. SHuning uchun davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan hujjatlar ham mantiqqa zid mazmunga ega bo‘ldi. Mana shulardai biri Rossiya Sovet Federativ Sotsialistik Respublikasi (RSFSR) Xalq Komissarlari soveti raisi V.I.Lenin 1920 yil 7 seityabrda imzolagan, Toshkentda Turkiston davlat universitetini tashkil etish haqidagi dekret bo‘ldi. Bu dekret «Izvestiya» gezetasida 11 sentyabrda e’lon qilinishi bilanoq, Toshkentda unga nisbatan taajjub va, hatto, norozilik paydo bo‘ladi. Birinchidan, dekretning birinchi bandida «Toshkent shahrida universitet ta’sis etilsin» deyilishining o‘zi odob va xolislik jihatidan noo‘rin edi. CHunki bu paytda Toshkentda Turkiston universiteti rasman tashkil topib, faoliyat yuritayotgan edi. SHuning uchun ham Turkiston ASSR Xalq Komissarlari Soveti 1920 yil 25 sentyabrda qaror qabul qilib, unda «Markazda e’lon qilingan dekret Turkiston Respublikasi konstitutsiyasiga zid» ekanligini ko‘rsatdi. Ikkinchidan, dekretning ikkinchi bandida: «Turkiston davlat universiteti bevosita RSFSR Maorif Xalq Komissariati tasarrufida bo‘ladi», deb aytilgan bo‘lsa-da, universitet amalda uning tasarrufiga o‘tmadi. Uchinchidan, dekretning uchinchi bandida: «Universitetning mablag‘ ta’minoti shu komissariat smetasidan ajratiladi», deb ko‘rsatilgan bo‘lishiga qaramay, RSFSR universitetni mablag‘ bilai ta’minlamadi. RSFSR dekretidan keyin ham TDU mablag‘ bilan erli hukumat tomonidan ta’minlandi. Masalan, 1921 yil 17 sentyabrda Turkiston Xalq Komissariati quyidagicha qaror qabul qiladi: «Turkiston davlat universiteti tibbiyot, qishloq xo‘jaligi, texnika, ijtimoiy, pedagogika, ishchi va harbiy fakultetlardan iborat tarkibda talabalarning umumiy soni 3500 dan oshirilmay, yashab qolishi zarur deb topilsin...»
1920 yil 15 oktyabrda ilmiy kengashlarning birlashgan yig‘ilishida rektor saylovini o‘tkazishda kelishmovchilik yuz beradi. SHu sababdan saylov kechiktirilib, G.NLerdansev (Toshkent) va N.A.Dimo (Moskva) - ikki rektor tenglik asosida universitetga rahbarlik qiladigan bo‘ladi. SHu tariqa universitetda «ikki hokimiyatchilik» shakllanadi. Bundan tashqari, kommunistlar o‘z mafkurasi hukmronligini o‘rnatish, siyosiy va ma’muriy rahbarlikni qo‘lga olish uchun boshlagan harakat ham universitetdagi vaziyatni ancha murakkablapggiradi. Ularning kurash harakati talabalar tarkibini «yo‘qsillashtirish», «burjua olimlari»ni esa kommunistik dunyoqarashga bo‘ysundirish bayrog‘i ostida bo‘ldi.
1920 yil 15 dekabrda universitet rektorligiga ikkinchi marta bo‘lgan saylovda kommunistik diktaturaga qarshilik kuchaydi. Komyacheyka universitet rektori lavozimiga prof. N.A.Dimoni taklif etadi. Ammo ko‘pchilik uning nomzodini qo‘llamaydi. SHundan so‘ng 19 dekabrda rektorlikka uchiichi marta saylov bo‘lib, V.B.Bush rektor, N.I.Lebediiskiy va K.T.Xurushchevlar prorektor lavozimlariga saylanadilar. Biroq, bunga kommunistik firqa tashkiloti yacheykasi raisi talaba F.ASolkin norozilik bildiradi va Xalq Maorifi Komissarligidan saylov natijalarini tasdiqlamaslikni talab etadi. Nihoyat, 26 dekabrda kommunistlarning tazyiqi ostida rektorlikka to‘rtinchi marta saylov o‘gkazilib, rektor lavozimiga texnika fakulteti talabasi 24 yoshli F.ASolkin saylanadi.
1920 yildagi statistik ma’lumotga ko‘ra, Turkiston davlat universitetida oltita (tibbiyot, fizika-matematika, ijtimoiy iqtisod, texnika, tarix-filologiya va ishchi) fakultet faoliyat yurita boshlagan. Jami talabalar soni 2671 nafar bo‘lib, ularning orasida 24 millat vakili bo‘lgan: ruslar - 1076, yahudiylar - 368, armanlar - 83, o‘zbeklar - 7 kishini tashkil etgan.
1921 yilning yozida universitetni tarixda birinchi bo‘lib 12 nafar tibbiyot mutaxassisi bitirib chiqadi. 1922 yilda ham universitet bitiruvchilari faqat tibbiyot fakulteti talabalari bo‘ldi. Bu yili 17 kishi shifokor diplomini oldi.
1923 yildan boshlab mutaxassislarga yo‘llanma berishda tibbiyot fakulteti yoniga qishloq xo‘jaligi, melioratsiya muhandisligi, mahalliy xo‘jalik va huquq fakultetlari ham qo‘shiladi. SHu yili universitetni 76 kishi: 25 vrach, 14 agronom, 8 muhandis va 32 huquqshunos bitirib chiqadi. Ularning ko‘pchiligi keyinchalik yirik olim va mutaxassislar bo‘lib etishib, elu yurt, fan olamiga tanildilar. Masalan, tibbiyot fakultetini 1922 yilda tugatgan Z.I.Umidova O‘zbekistondagina emas, balki sobiq SSSRda tibbiyot fani taraqqiyotiga katta hissa qo‘shdi. Ittifoq Tibbiyot fanlari akademiyasining muxbir a’zosi darajasigacha ko‘tarildi.
Turkiston davlat universiteti negizini tashkil etgan fizika-matematika va tarix-filologiya fakultetlari 1921 yilga kelib Markaziy Rossiya hukumati tomonidan tugatilib, ularning o‘rnida (rus tili), tabiiy-tarix va matematika bo‘limlaridan iborat pedagogika fakulteti tashkil etildi.
1922 yilda fizika-matematika fakulteti qayta tiklandi. Dastlab ikkita (matematika va tibbiy) bo‘lim bilan ish boshlagan fakultet 1923 yilga kelib matematika, fizika, biologiya, ximiya va geologiya bo‘limlaridan iborat tarkibga ega bo‘ldi.
Pedagogika fakulteti tashkil topishi bilan respublika Maorif Xalq komissarligi Timiryazev nomidagi xalq maorifi institutini universitetga o‘tkazishni maqsadga muvofiq deb topadi va u ham fakultetlararo institutlar kengashi tarkibiga kiritildi. Bu o‘ziga xos o‘quv va ilmiy-tadqiqot institutlariiing o‘zaro birlashuvi universitetda o‘quv jarayoni hamda ilmiy-tadqiqot ishlari rivojlanishida ma’lum ahamiyatga ega bo‘ldi. Fakultetlararo institutlar kengashi tuzilishi bilan universitet o‘quv jarayonidagi parallelizmga barham berildi, o‘zaro muvofiklashtirilgan, qat’iy tartibga asoslangan o‘quv-ilmiy ishlar tizimi paydo bo‘ldi.
Moskvada harbiy fakultet shakllantirilgan bo‘lsa-da, Toshkentga uning birorta ham professor-o‘qituvchisi kelmadi. SHuning uchun ham qaytadan tashkil etilib, 1920 yil 25 dekabrdan ish boshladi. Unda 12 professor, 40 o‘qituvchi harbiy mutaxassisliklardan 129 talabaga dars berdi. SHo‘ro hokimiyatining dastlabki yillarida bu kabi harbiy mutaxassislarni tayyorlash ipsh bopgqa oliy o‘quv yurtlarida ham sinab ko‘rildi. Ammo bu tajriba muvaffaqiyat qozonmadi. SHuning uchun ham bu fakultet 1922 yil iyun oyida tugatildi. Uning professor-o‘qituvchi va talabalari harbiy ixtisosliklar bo‘yicha tashkil etilgan maxsus akademiyalarga o‘gkazildi.
1921 yilga kelib, ijtimoiy iqtisod fakulteti RSFSRda joriy etilgan nomenklatura asosida ijtimoiy fanlar fakulteti deb iomlandi. SHu yili unda erli millat vakillaridan 42 kipsh, jumladan, 12 nafar o‘zbek o‘qidi. Bu fakultet ham uzoq umr ko‘rmadi - 1924 yilda tugatildi.
Mahalliy xo‘jalik va huquq fakultetini 1922 yilda - 32 kishi, 1923 yilda -39 kishi bitirib chiqadi. Texnika fakulteti 1921-22 o‘quv yilida qurilish muhandislari, kon, mexanika, elektromexanika va gidrotexnika bo‘limlariga ega edi. 1922 yilda bu fakultet melioratsiya muhandislari fakultetiga aylanadi. Unda suv va melioratsiya bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash belgilandi. Buni RSFSR Maorif Xalq komissarligi 1924 yil oxiriga kelib ma’qullaydi. SHu yili fakultet dastlabki etti muhandisni tayyorlab chiqarishga muvaffaq bo‘ladi.
Melioratsiya muhandislari fakulteti asosiy e’tiborni qishloq xo‘jaligiii va ayniqsa, paxtachilikni rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan mutaxassislarni tayyorlashga qaratadi va tez orada bu sohada bir qadar muvaffaqiyatga erishadi.
Turkiston Xalq universitetining asosiy fakultetlaridan biri sifatida ish boshlagan qishloq xo‘jaligi fakultetida markazdan mutaxassis va olimlar kelishi bilan agronomiya, zootexnika, iqtisodiyot, biologiya bo‘limlaridan iborat tizim shakllanadi. Bo‘limlar qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini yuksaltirishga qodir mutaxassislar tayyorlash bilan birga, dastlabki yillardanoq o‘z sohalarida echimini kutayotgan ilmiy-tadqiqot ishlariga ham qo‘l urdilar. Fakultet tarkibidagi 23 kafedra professor-o‘qituvchilari o‘z pedagogik faoliyatlarini respublika qishloq xo‘jaligi uchun muhim bo‘lgan ilmiy-tadqiqot va seleksiya-tajriba ishlari bilan birgalikda olib borishdi. 1922 yilda bu fakultetni birinchi marta 25 agronom bitirib chiqadi.
1919 yil fevralda ochilgan ishchi fakulteti vaqt o‘tipsh bilan kengaydi. Uning talabalari alohida ijtimoiy-siyosiy imtiyozlarga ega bo‘ldilar. 1922 yil fevralda Eski shaharda ishchi fakultetining musulmon bo‘limi ochiladi. SHayxontohur masjidi yonidagi madrasada ish boshlagan bu bo‘limda faqat erli millat vakillari o‘qishi mumkin bo‘ldi. Lekin ular ishchi fakultetining haqiqiy talabasi bo‘lishi uchun ikki yil tayyorlov kursida rus tilini o‘rganishi, pgundan so‘ng universitetning biror fakultetiga o‘qishga kirish uchun ipgchi fakultetida yana uch yil o‘qiish lozim edi. Xullas, musulmonlar universitetga kirishlari uchun ikki pog‘onali besh yillik tayyorlov bosqichini o‘tab, pgundan keyin oliy malakali mugaxassis bo‘lish uchun yana besh yil o‘qishi kerak edi.
Ishchi fakulteti tinglovchilarining soni yil sayin o‘sib bordi. Ular 1920 yilda - 153 kipshni, 1921 yilda - 368 kipshni, 1922 yilda - 460 kishini, 1923 yilda 784 kishini tashkil qildi. 1921 yilda birinchi bo‘lib 51 kishi, 1922 yilda 60 kishi bitirib, universitetning asosiy fakultetlariga o‘qishga kirish imkoniyagiga ega bo‘ddi. Ularning orasida 30 ga yaqin musulmon millatlari vakillari, jumladan, 18 nafar o‘zbek bor edi.
|
| |