|
TARIX FAKULETINING O‘RNI VA AHAMIYATI
|
bet | 9/28 | Sana | 19.01.2024 | Hajmi | 0,59 Mb. | | #141406 |
Bog'liq Maxsus tarix fanlariTARIX FAKULETINING O‘RNI VA AHAMIYATI
O‘zbekiston Respublikasi Oliy o‘quv yurtlarining tarix fakuletlari orasida O‘ZMU tarix fakuletining tutgan o‘rni va ahamiyati g‘oyatda katta hisoblanadi.Zero, viloyatlardagi universitetlar uchun asosiy tayanadigan ishchi dasturlari O‘ZMU ishlab chiqqan fan dasturlari asosida ishlab chiqiladi.
Bu borada O‘ZMU tarix fakuletida kafedralarning ham roli katta ekanligini e’tiborga olib, tarix fakuleti va undagi kafedralar tarixi va ularning bugungi faoliyatiga ham to‘xtalish joizdir.
O‘zbekiston Milliy Universitetining Tarix fakulteti 1935 yilda tashkil etilgan bo‘lib, unda Qadimgi dunyo tarixi, O‘rta asrlar tarixi va YAngi zamon tarixi kafedralari faoliyat olib borgan. Uning tarkibiga keyinchalik "Arxeologiya", "O‘rta asrlar va yangi tarix"(keyinroq "Jahon tarixi"), Manbashunoslik, arxivshunoslik va muzeyshunoslik, Etnologiya kafedralari ham kirdi. Fakultet faoliyati davomida I.Dodonov, D.Lobashev, A.Hamraev, X.Hamroev, L.Gentshke, G.Kovalyov, O.Toshmuhammedov, G.A.Hidoyatov, A.S. Sagdullaev, X.G‘. G‘ulomov, Z.U. CHoriev, A.S. Tatibaev Z.R.Ishonxo‘jaeva, M.M.Haydarovlar tomonidan boshqarilgan. Hozirgi kunda fakultetga A.Muminov rahbarlik qilib kelmoqda. 2017 yil dekabr oyida kafedra professori A.S.Sagdullaevga Akademik unvoni berildi.
Fakultet kafedralari faoliyati
O‘zbekiston tarixi: kafedrasi 1939 yilda tashkil topgan. 2014 yilda u fakultetlararo O‘zbekiston tarixi kafedrasi bilan birlashtirilib O‘zbekiston tarixi kafedrasi deb qayta nomlandi. Kafedra Jahon sivilizatsiyasining rivojlanishida O‘zbekistonning o‘rni mavzusi doirasida ilmiy tadqiqot ishlarini olib boradi. Bugungi kunda kafedraning ilmiy salohiyatiga professor R.H.Murtazaeva, Z.R.Ishonxodjaeva, X.E.YUnusova va O.P.Kobzevalar o‘z hissalarini qo‘shib kelmoqdalar.
Jahon tarixi: kafedrasi 1935 yilda o‘z faoliyatini boshlagan. Kafedra dunyo tarixi fanlarining muammolarini o‘rganish bo‘yicha Respublikada yagona markaz vazifasini bajarib kelmoqda. 2000 yilda kafedra negizida 5A120302-Tarix (Umumiy tarix) magistratura mutaxassisligi ochildi. 2017 yil kafedra jamoasi OT-A-1-99 Xorijiy adabiyotlar asosida Jahon tarixi darsligining I-tomni yozish nomli grantga sazovor bo‘ldi. 2017 yil kafedra jamoasi OT-A-1-99 Xorijiy adabiyotlar asosida Jahon tarixi darsligining I-tomni yozish nomli grantga sazovor bo‘ldi.
Manbashunoslik va arxivshunoslik: kafedrasi universitetning tarix fakulteti tarkibida 1991 yili tashkil topgan. 2003 yil iyul oyidan Manbashunoslik va maxsus tarixiy fanlar kafedrasi qoshida Arxivshunoslik bakalavr ta’lim yo‘nalishi ochildi. 2007 yil iyunda arxivshunoslik bakalavr yo‘nalishi bazasi asosida Tarix-arxivshunoslik, Arxiv ishi nazariyasi va amaliyoti, Arxeografiya mutaxassislari buyicha magistratura mutaxassisliklari ochildi. 2011 yil iyun oyida universitetda 5320300 Arxivshunoslik bakalavriat ta’lim yo‘nalishi negizidagi 5A320301 Arxiv ishi nazariyasi va amaliyoti magistratura mutaxassisliklari qayta tashkil etildi.
Arxeologiya: O‘rta Osiyo Davlat universiteti tarkibidagi Arxeologiya kafedrasiga 1940 yil 1 aprelda M.E.Masson tomonidan asos solingan. SHu kunga qadar kafedradan 6 ta akademik etishib chiqqan. Kafedrada 1999 yildan boshlab 5A120401 Arxeologiya, 5A120402 - Etnografiya, etnologiya va antropologiya, 5A120403Etnogenez (o‘zbek xalqining etnik tarixi) magistratura mutaxassisliklari o‘z faoliyatini boshladi. Kafedrada 2007-2008 o‘quv yilidan boshlab (5120400-Arxeologiya) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi ochilib, talabalar qabul qilinmoqda.
|
| |