|
O‘zbekiston Milliy universiteti – mustaqillik yillarida
|
bet | 8/28 | Sana | 19.01.2024 | Hajmi | 0,59 Mb. | | #141406 |
Bog'liq Maxsus tarix fanlariO‘zbekiston Milliy universiteti – mustaqillik yillarida
Mamlakatimizni yuqori darajada taraqqiy etgan davlatlar qatoriga qo‘shilishida, ilm-fan, ishlab chiqarish sohalarini malakali kadrlar bilan ta’minlashda, infratuzilmani rivojlantirishda yangidan-yangi kashfiyotlar bilan ilgarilab ketishida mamlakat oliy o‘quv maskanlarining tom ma’nodagi bayroqdori O‘zMUning salmoqli o‘rni bor. Aynan istiqlol yillarida O‘zMUning nafaqat respublika, balki Markaziy Osiyo mintaqasida yirik o‘quv va ilmiy markaz maqomiga ega bo‘lishi uchun zarur shart-sharoitlar, imkoniyatlar muhayyo qilindi.
Universitet jamoasi bir qator chet el ilmiy grantlariga ham erishgan. «Tarix», «Psixologiya», «SPRAYT», «Evroaziya», «O‘zbekinfo» va boshqa loyihalar bo‘yicha talaba, tadqiqotchi va doktorantlar Evropa, YAponiya, AQSHning etakchi univer-sitetlarida o‘qidilar. Professor-o‘qituvchilar dunyoning etakchi ta’lim va fan maskanlarida malaka oshirdilar.
Ta’lim, fan va ishlab chiqarishning integratsiyasiga erishish maqsadida 1997-2001 yillarda universitet ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat byudjetidan 72,9 mln. so‘m ajratilgan bo‘lsa, 2002-2007 yillarda ham davlat byudjeti, ham grant asosida mablag bilan ta’minlashga 440.0 mln. so‘m ajratildi. 1991-2001 yillar davomida xo‘jalik shartnomalari bilan 30 dan ortiq mavzu bo‘yicha 302 mln. 450 ming so‘mlik ish qilinib, yiliga o‘rtacha 30 mli. 245 ming so‘mlik ish bajarilgai bo‘lsa, 2002-2008 yillarda 30 ga yaqin mavzu doirasida 699 mli. 253 ming so‘mlik, ya’ni yiliga o‘rtacha 116 mln. 542 ming so‘mlik ish amalga oshirildi. 1994-2007 yillar davomida 4 mln. 408 ming AQSH dollari hajmida xalqaro grantlar bajarildi.
2004-2008 yillarda 68 mavzu bo‘yicha O‘zR Fanlar akademiyasi institutlari va tarmoq institutlari bilan hamkorlik qilindi. 2004-2008 yillarda O‘zR FA ilmiy tekshirish institutlari bilan 33 shartnoma tuzildi, O‘zMU kafedralarining 15 filiali ochshgdi. Ushbu hamkorlik O‘zR FA instshutlari intellektual salohiyagi va material-texiik bazasidan foydalanish hamda magistr tayyorlash imkoniyatini yanada kengaytirdi. So‘nggi yillarda xorijlik hamkorlar ishtirokida 5 ta grant bajarildi.
O‘zMU ilmiy grantlariga 277 professor-o‘qituvchi, 36 aspirant, 5 doktorant, 163 talaba jalb qilindi. Ilmiy-tadqiqot ishlarida 2003-2008 yillarda universitet professor-o‘qituvchilaridan 973 kishi (79,8 foizi) qatnashdi. SHulardan 140 nafari fan doktori (62,2 foizi), 425 nafari esa fan nomzodidir (47,4 foizi).
Ilmiy-tadqiqot ishlarida ishtirok etayotgan iqtidorli talabalar tomonidan xorijiy nashrlarda 215 maqola, 995 ilmiy tezis e’lon qilingan. Universitet fakultetlarida YOsh olimlar kengaish rahbarligida 40 dan ortiq ilmiy to‘garaklar ish olib bormoqsa. 2004-2007 yillarda iste’dodli talabalar hamda yosh olimlar tadqiq etayotgan izlanishlar natijasi o‘laroq, 7 ta maqolalar to‘plami nashrdan chiqdi.
2008 yilga kelib 23 iafar talaba Prezident stipendianti, 24 talaba Mirzo Ulug‘bek stipendianti, 27 talaba Alisher Navoiy stipendianti bo‘ldi.
Universitetda tahsil olgan ziyolilardan Ozod SHarafiddinov, Abdulla Oripov va Erkin Vohidov “O‘zbekiston Qahramoni” yuksak unvoni sohibi bo‘lishgan. SHuningdek, ko‘plab professor-o‘qituvchilarimiz “O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi” faxriy unvoni, “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni, “SHuhrat” medali bilan mukofotlangan. Iqtidorli talaba qizlarimizdan 36 nafari Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindoridir. O‘tgan davr mobaynida iste’dodli talabalardan 19 nafari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, 22 nafari Alisher Navoiy, 19 nafari Mirzo Ulug‘bek, 2 nafari Beruniy nomidagi davlat stipendiyasi sovrindorlari bo‘lishgan. Bundan tashqari, 2009 yili Vengriyada o‘tkazilgan XVI Xalqaro fan olimpiadasida matematika bo‘yicha qatnashgan Mexanika-matematika fakulteti talabasi Turdiev Rustam faxrli 2-o‘rinni egalladi.
So‘nggi yillar davomida universitetimizda tahsil olayotgan aspirant va doktorantlar Germaniya, SHvetsiya, SHvetsariya, Xitoy, Gollandiya, Hindiston, Finlyandiya, Italiya, AQSH, Buyuk Britaniya, Rossiya va YAponiya kabi davlatlarda malaka oshirib qaytdilar. 100 dan ortiq nomzodlik, 60 dan ortiq doktorlik ishlari muvaffaqiyatli himoya qilindi.
|
| |