|
Oʻzbekiston respublikasi oliy ta’lim,fan va innovatsiyalar vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti tarix fakulteti Arxivshunoslik yo’nalishi
|
bet | 1/5 | Sana | 16.12.2023 | Hajmi | 32,52 Kb. | | #120820 |
Bog'liq Mavzu.turkiston assr da boshqaruv tizimi.docx 1230
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM,FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
Tarix fakulteti
Arxivshunoslik yo’nalishi
2-bosqich talabasi
O’zbekistonda davlat muassasalari tarixi fanidan
MUSTAQIL ISHI
Bajardi: D.Sobirjonova
Qabul qildi: R.Duschanov
Toshkent - 2023
Mavzu: Turkiston ASSR da boshqaruv tizimi
Kirish
Reja:
1.Turkiston ASSR siyosiy tarixi.
2.Turkiston ASSR ma’muriy hududiy tuzilishi.
3.Turkiston ASSR boshqaruv tizimi.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Mavzuning dolzarbligi-Turkiston o‘lkasida 1918-yil mustabid sovet hokimiyatining o‘rnatilishi bilan izohlanadi.O‘zini idora qiladigan mustaqil davlat qurishga go‘yo ko‘maklashayotgandek ko‘ringan sovet hokimiyatining asl basharasi Turkiston Muxtoriyatini qonga botirishda yaqqol namoyon bo‘ldi. Sovet hukumati Turkiston Muxtoriyati tajribasidan muhim hulosa chiqarib, bu Turkiston hududida o‘ziga xos sovetlar andazasidagi avtonomiyani tashkil etishga kirishgan edi.Bundan ko‘zda tutilgan bosh maqsad Turkistonning kelajakda mustaqil, suviren davlat bo‘lib, ajralib chiqib ketishiga izm bermaslik edi
O’rganilish darajasi-Sovet davridagi kelajakda amalga oshirilishi moMjallangan loyihalar o‘tmishdagi vaqe’a hodisalar va siyosatni kommunistik ma’murlar va tarixchilar arxiv hujjatlari bilan bog‘lab o‘rgandilar.1917-yil inqilobidan keyin tarixiy taraqqiyotni namoyon qilishni ahamiyatli deb hisoblaydigan marksizm tarafdorlari hisoblangan bolsheviklar tezda chor Rossiyasi arxivlarini o‘z nazoratlariga oldilar. Progressiv va reaksion tendensiyalarni namoyon qilish uchun kommunistik tarixchilar materiallar yig‘a boshladilar.
Davriy chegarasi-Turkiston oʻlka sovetlarining 5-sʼyezdi (1918-yil 20 aprel—1 may)da 30 aprel kuni Rossiya Sovet Federatsiyasining Turkiston Sovet Respublikasi (qisqachaTCP) degan nom bilan tashkil topdi. Sʼyezdsa oliy organlar: Turkiston Respublikasi Markaziy Ijroiya Qoʻmitasi (Turkiston MI K) va Turkiston Respublikasi Xalq Komissarlari Soveti (Turkiston XKS) tuzilgan. TCP maʼmuriy jixatdan Fargʻona, Samarqand, Sirdaryo, Yettisuv, Zakaspiy, keyinchalik Amudaryo (Turkman) viloyatlariga boʻlingan. Respublika hududi BXSR, XXSR, Qozogʻiston ASSR, Afgʻoniston, Eron, Xitoy davlatlari bilan chegaradosh boʻlgan.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Oʻzbekiston respublikasi oliy ta’lim,fan va innovatsiyalar vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti tarix fakulteti Arxivshunoslik yo’nalishi
|