• Turkiston ASSR siyosiy tarixi.
  • Kirish Turkiston avtonom sovet sotsialistik respublikasi




    Download 32,52 Kb.
    bet2/5
    Sana16.12.2023
    Hajmi32,52 Kb.
    #120820
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Mavzu.turkiston assr da boshqaruv tizimi.docx 1230

    Kirish
    Turkiston avtonom sovet sotsialistik respublikasi (TASSR) — Turkiston oʻlkasida sovet tuzumi oʻrnatilgandan keyin bolsheviklar tomonidan tuzilgan va RSFSR ga kirgan avtonom respublika (1918—24). Maydoni 1.324.994 kv. versta. Aholisi 5 mln.dan ziyod kishi (1922). Poytaxti — Toshkent sh.Turkiston oʻlka sovetlarining 5-sʼyezdi (1918-yil 20 aprel—1 may)da 30 aprel kuni Rossiya Sovet Federatsiyasining Turkiston Sovet Respublikasi (qisqachaTCP) degan nom bilan tashkil topdi. Sʼyezdsa oliy organlar: Turkiston Respublikasi Markaziy Ijroiya Qoʻmitasi (Turkiston MI K) va Turkiston Respublikasi Xalq Komissarlari Soveti (Turkiston XKS) tuzilgan. TCP maʼmuriy jixatdan Fargʻona, Samarqand, Sirdaryo, Yettisuv, Zakaspiy, keyinchalik Amudaryo (Turkman) viloyatlariga boʻlingan. Respublika hududi BXSR, XXSR, Qozogʻiston ASSR, Afgʻoniston, Eron, Xitoy davlatlari bilan chegaradosh boʻlgan. Turkiston Respublikasi Sovetlarining favqulodda 6-syezdida RSFSR Konstitutsiyasi andozasida TCP Konstitutsiyasi qabul qilingan. 9sʼyezdda yangi Konstitutsiya qabul qilinib, TSRning nomi Turkiston Sovet Sotsialistik Respublikasi (TSSR) deb oʻzgartirildi. Respublika siyosiy hayotida Turkiston Kommunistik partiyasi — TKP (1918-yil iyunda Toshkentda tuzilgan) mugʻim rol oʻynagan. Hokimiyatning oliy qonun chiqaruvchi organi TSSR MIK hisoblangan. Ijro qiluvchi va boshqaruvchi oliy organ TSSR XKS sanalgan. Birok, amalda hokimiyat RSFSR ning Toshkentdagi favqulodda organlari: Turkiston Komissiyasi, RKP(b) MK Turkiston byurosi (Turkbyuro), keyinchalik RKP (b) MK Oʻrta Osiyo byurosi (Sredazbyuro), Turkiston fronti qoʻlida boʻlgan. Soʻngra mahalliy hokimiyat RSFSRning turli komissarliklariga boʻysundirilgan. 1920-yilgacha mahalliy millat vakillari respublika oliy rahbariyati tarkibiga kiritilmagan. Keyinchalik T.Risqulov, N.Toʻraqulov, Q.Otaboyev, A.Rahimboyev, I.Xidiraliyev, R.Islomov, N.Aytoqov TSSR rahbarlari boʻlishgan.

    Turkiston ASSR siyosiy tarixi.
    Turkistonda hokimiyatning faqat ishchilar va yevropalik millat vakillari qo‘lida bo‘lib qolishi o‘lkadagi barcha demokratik kuchlarning hukumatga bo‘lgan ishonchsizligini kuchaytirib yubordi. Bunga qarshi Markazdagi bolsheviklar hukumati chekka o‘lkalar, shu jumladan Turkistonda ham “sovetcha asosdagi avtonomiya” o‘rnatishga qattiq kirishdi. Bu vazifani amalga oshirish uchun Moskvadan ko‘plab partiya va sovet xodimlari Turkistonga jo‘natildi. Jumladan, P.A. Kobozev O‘rta Osiyoning favqulodda komissari qilib yuborildi.1918 yil 20 aprel – 1 may kunlari Toshkentda Turkiston o‘lkasi Sovetlarining V s’yezdi bo‘lib o‘tdi. Unda “proletar demokratiyasi”ga tegishli tamoyillari bo‘yicha tanlab olingan 251 deputat (shundan 120 tasi tub millat vakillari) ishtirok etdi. S’yezd kun tartibidagi asosiy masala Turkistonda Sovet mafkurasiga asoslangan bolshevikcha avtonomiya yaratish bo‘ldi.Sovetlarning V o‘lka s’yezdi o‘zining markaziy hokimiyatga tobeligini ochiq namoyon etib, Moskvaga sovet Rossiyasi siyosiy rahbariyatining “barcha inqilobiy shiorlari hayotga qat’iy tadbiq etilishi” ta’kidlanib telegramma jo‘natdi. Bunga javoban V.I.Lenin va I.Stalin zudlik bilan javob telegrammasi yo‘lladilar. Unda quyidagi so‘zlar bor edi: “…sovnarkom sizning sovetlar asosidagi o‘lkangiz avtonomiyasini qo‘llab-quvvatlaydi. Biz siz boshlagan ishlarni yoqlaymiz va butun o‘lkani sovetlar tarmog‘i bilan qoplaysiz, mavjud sovetlar bilan to‘liq aloqada bo‘lasiz deb to‘liq ishonamiz”.S’yezd delegatlari Lenin va Stalinning ko‘rsatmalari asosida 1918 yil 30 aprelda “Rossiya Sovet Federatsiyasi Turkiston Sovet avtonom respublikasi haqida Nizomni qabul qildi. Ushbu Nizomda Turkistonda davlat qurilishi asoslari, uning hududi, oliy qonunchilik va ijroiya organlari, mahalliy organlar tuzilishi, vazifalari va ularning sovet Rossiyasi bilan o‘zaro munosabatlari belgilab berildi. Ushbu Nizom Turkistonda avtonom respublika tuzilganligini qayd etib, unga muvofiq, Buxoro va Xivadan tashqari, Turkiston o‘lkasining geografik chegaralaridagi butun hudud Rossiya sovet federatsiyasining Turkiston Sovet Respublikasi deb e’lon qilindi.“Nizom”da Turkiston Respublikasi avtonom ravishda boshqarilib, “o‘z xatti-harakatlarini Rossiya Sovet Federatsiyasi markaziy hukumati bilan muvofiqlashtiradi”, deb qayd etildi. S’yezdda “markaziy hukumat bilan o‘zaro munosabatlarni belgilash uchun” besh kishidan iborat komissiya tashkil etish va Moskvaga yuborishga qaror qilindi.S’yezd sovet Turkistonining qonun chiqaruvchi oliy organi – Markaziy Ijroiya Komiteti (Tur SIK)ni sayladi. 36 kishidan iborat bu komitetning yarmi bolsheviklar, yarmi so‘l eserlar (18 tadan) edi. Ushbu komitet sovetlar s’yezdlari oralig‘idagi davrda o‘lkada oliy hokimiyat vazifalarini bajaruvchi oliy qonunchilik organi bo‘ldi. Turkiston MIK raisi qilib Markazdan hukumatning favqulodda komissari P.A.Kobozev (hamrais qilib A.Salkin) saylandi. Shuningdek, Turkiston XKS tarkibiga 16 kishi (9 ta bolshevik va 7 ta so‘l eser) kiritildi. Mahalliy millat vakillaridan to‘rt kishi – S.Jo‘raboyev, S.Yusupov, Sh.Ostonboyev va S.Azimboyevlar Turkiston MIKga saylanib, S.Tursunxo‘jayev sog‘liqni saqlash xalq komissari sifatida hukumat tarkibiga kiritildilar.1918 yil 17-25 iyunda Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan Turkiston bolsheviklarining o‘lka konferensiyasi Turkiston kommunist-bolshevik-lar partiyasining I s’yezdi deb nomlandi. O‘lkadagi kommunistik guruhlar ushbu s’yezdda ilk marta tashkiliy jihatdan rasmiylashib, Rossiya KP (b) tarkibidagi Turkiston Kompartiyasiga asos soldilar. S’yezdda 7 kishidan iborat Markaziy komitet saylanib, uning tarkibiga mahalliy komunistlardan Nizomiddin Xo‘jayev ham kiritildi. “Temir qonun”, “po‘latdek kuchli intizom”, “diktatorlik vakolatlari” kabi sinfiy xislatlarni o‘zida mujassamlashtirgan Turkiston KP Rossiya KP (b)ga bo‘ysunar edi. Turkiston kommunistlari Markaz bergan har qanday topshiriqlarni so‘zsiz ijro etishlari natijasida Turkiston o‘lkasining Rossiyaga siyosiy va iqtisodiy qaramligi mustahkam asoslarda shakllandi1.Turkiston avtonom respublikasi sovetlarining VI favqo‘lodda s’yezdi 1918 yil 5-14 oktyabrda g‘oyaviy kurashlar jarayonida kechgan bo‘lsa-da, unda Turkiston MIK maxsus komissiyasi tomonidan tuzilgan Turkiston avtnoom Respublikasining konstitutsiyasi muhokama etildi va tasdiqlandi. Yangi ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy tuzumni mustahkamlash maqsadida qabul qilingan ushbu konstitutsiya Turkistondagi quyidagi Xalq komissarliklarini qonun kuchi bilan mustahkamladi: tashqi ishlar, harbiy ishlar, ichki ishlar, adliya, mehnat va ijtiomiy ta’minot, maorif, pochta va telegraf, temir yo‘l, dehqonchilik, oziq-avqat, davlat nazorati, millatlar ishlari, xalq xo‘jaligi Markaziy kengashi.Konstitutsiyaga ko‘ra, ishchi, soldat va dehqon deputatlarning sovetlari Respublika mahalliy davlat hokimiyati organlari hisoblanib, Turkiston avtonom Respublikasining tarkibida 5 ta: Sirdaryo, Yettisuv, Farg‘ona, Kaspiy orti, Samarqand viloyatlari mavjud bo‘lgan. S’yezdlar orasida viloyat (oblast)ijroya komiteti davlat hokimiyat organi bo‘lib hisoblangan. Markazda va joylarda inqilobiy komitetlar (revkom) ham tuzilib, ular nazorat va reviziya (taftish) qilish, kengashlarni tarqatib yuborish kabi vakolatlarga ega bo‘lganlar. Viloyat kengashlari va ijroiya komitetlari qoshida boshqaruv, harbiy, adliya, mehnat va ijtimoiy ta’minot, xalq maorifi, moliya, pochta va telegraf, yer-suv, oziq-ovqat, davlat nazorati, sog‘liqni saqlash, kommunal sovet kabi bo‘limlar ochilgan.Konstitutsiyaga ko‘ra, viloyatlar uyezdlarga, volost, shahar, qishloq va ovullarga bo‘lingan. Uyezd, shahar sovetlari o‘zlarining ijroiya komitetlari va bo‘limlariga bo‘lingan. Qishloq va ovul ijroiya komitetlari esa o‘z bo‘limlariga ega bo‘lmagan.Rossiyaning Turkistondagi siyosiy hukmronligi, birinchidan, o‘lkada sovetcha asosdagi avtonomiyaning o‘rnatilishi bilan joriy etilgan bo‘lsa, bu jarayonning ikkinchi bosqichi, davlat boshqaruvi asosiy vazifalarining markaziy federal hukumatga topshirilishini konstitutsiya yo‘li bilan rasmiylashtirilishi bo‘ldi. Zero, Turkiston Respublikasi Kosntitutsiya-sining 7-bob, 30-§ ilovasida yozilishicha, mudofaa, tashqi aloqalar, pochta-telegraf, dengiz ishlari, temir yo‘llar, bojxona, savdo-sotiq, sanoat va moliya masalalari markaziy federal hukumat ixtiyorida qoldirilgan edi.Achinarli tomoni shunda ediki, mahalliy aholining katta qismi o‘lkaning davlat tuzilishini belgilab beruvchi asosiy hujjat bilan hech bo‘lmaganda umumiy tarzda ham tanisha olmadi. Sababi, u mahalliy tillarda e’lon qilinmagan edi.


    Download 32,52 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 32,52 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kirish Turkiston avtonom sovet sotsialistik respublikasi

    Download 32,52 Kb.