|
Oʻzbekiston respublikasi oliy ta’lim,fan va innovatsiyalar vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti tarix fakulteti Arxivshunoslik yo’nalishi
|
bet | 4/5 | Sana | 16.12.2023 | Hajmi | 32,52 Kb. | | #120820 |
Bog'liq Mavzu.turkiston assr da boshqaruv tizimi.docx 1230Turkiston ASSR boshqaruv tizimi.
Turkiston Respublikasi Bolsheviklar o‘rnatgan sovet rejimi Turkiston xalqlariga nafaqat mustaqillik, hatto milliy mustaqillikni ham bermadi. Mustaqillik osonlikcha qo‘lga kiritilmasligini anglab yetgan milliy vatanparvarlar qo‘lga qurol olib bolsheviklar va bosqinchi qizil armiyaga qarshi istiqlolchilik harakatini boshlab yubordilar. Turkiston Muxtoriyatining qonga botirilib tugatilishi istiqlolchilik harakatining butun Farg‘ona vodiysida boshlanishiga turtki bo‘ldi. Bu kurash 1918 yil fevral oyining oxirlarida boshlangan edi. Shu yilning mart oyiga kelib Farg‘ona vodiysida bir-biridan mustaqil ravishda 40 dan ziyod qo‘rboshi dastalari faoliyat ko‘rsatgan. Mart oyining oxirlarida Farg‘onadagi Bachqir qishlog‘ida Farg‘onadagi butun qo‘rboshlarining birinchi Qurultoyi chaqirilib, unda Katta Ergash qo‘rboshi butun istiqlolchilik harakatining boshlig‘i qilib saylandi va unga “Amir al-muslimin” unvoni berildi. Uning o‘rinbosarlari qilib Madaminbek va Shermuhammadbeklar tayinlandi.Bu harakatning asosiy harakatlantiruvchi kuchi-dehqonlar, chorikorlar, mardikorlar, hunarmandlar va kosiblar bo‘lgan. 1918 yilning o‘rtalariga kelib, Farg‘ona vodiysida taxminan yuzga yaqin qo‘rboshilar o‘z dastalari bilan qizil armiyaga qarshi kurash olib bordilar. Bu guruhlarda 15.000 yigit bor edi. 1919 yilning yozi va kuzida Farg‘ona vodiysidagi istiqlolchilik harakati o‘zining eng yuqori cho‘qqisiga chiqdi.Bu paytda istiqlolchilar safiga rus krestyanlari armiyasining K.Monstrov boshchiligidagi Jalolobodda turgan qo‘shinlari qo‘shildilar (2 sentyabr). Sentyabrning boshlarida istiqlolchilar Jalolobod va O‘sh shaharlarini egallab, Andijonni qamal qildilar. 1919 yil 22 oktyabrda Pomir etaklaridagi Ergashtom ovulida bo‘lgan istiqlolchilar anjumanida Madaminbek boshchiligidagi Farg‘ona muvaqqat muxtoriyat hukumati tuzildi. Hukumat tarkibiga mahalliy aholidan 16 kishi, yevropalik aholidan 8 kishi kiritildi. Madaminbek hukumat boshlig‘i va Farg‘ona vodiysidagi istiqlolchilik harakatining Oliy bosh qo‘mondoni etib saylandi.1919 yilning kech kuziga kelib Madamindek qo‘l ostidagi 30.000 ga yaqin, Shermuhammadbek qo‘l ostidagi 20.000, Katta Ergash qo‘rboshining 8.000 ming yigitlari qizil armiyaga qarshi janglar olib bordi. Bu uchta lashkarboshi vodiydagi jangovar harakatlarni yo‘naltirib turdilar.1920 yil 3 mayda Farg‘onavodiysidagi butun qo‘rboshilar va tinch aholi vakillari Oltiariq tumaanidagi G‘oyibota qishlog‘ida o‘zlarining navbatdagi qurultoyini o‘tkazdilar. Bu qurultoyda Shermuhammadbek boshchiligida Turkiston-turk mustaqil islom jumhuriyati yoki Turkiston muvaqqat hukumati tuzildi.Boymirza Hayitning yozishicha, hukumat tarkibiga 6 kishi kiritilgan bo‘lib, ular quyidagilar edi: Shermuhammadbek-hukumat raisi va Oliy bosh qo‘mondon; Mullajon Qori – xavfsizlik noziri; Akbarjon Eshon – Shayxulislom; Abdusalom Qori – hukumatning bosh kotibi; Nazirjon – moliya vaziri; Mulla Hoji Niyoz- maxsus ishlar noziri. Undan tashqari, 14 kishidan iborat harbiy idora mahkamasi ham tuziladi.1922 yilning 15-20 aprelida Samarqand shahrida, yashirin holatda Turkiston musulmonlarining 2-qurultoyi bo‘lib o‘tdi. Farg‘ona, Samarqand, Buxoro, Xorazm, Kaspiyortidan nufuzli qo‘rboshilar ishtirok etgan ushbu qurultoyda Turkiston-turk mustaqil islom jumhuriyatining Muvaqqat Konstitutsiyasi qabul qilindi.Boymirza Hayitning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, qurultoyda Farg‘ona vodiysi istiqlolchilarining yo‘lboshchisi Shermuhammadbek katta ma’ruza qiladi. Qurultoy so‘nggida 7 bo‘lim va 36 moddadan iborat rezolyutsiya (Muvaqqat Konstitutsiya) qabul qilindi. Bu hujjat Turkiston o‘lkasidagi Sirdaryo, Farg‘ona, Samarqand, Yettisuv, Kaspiyorti viloyatlari hamda Amudaryo bo‘limi endilikda, Turkiston turk-mustaqil islom jumhuriyati tarkibiga kiritilganligini qonun yo‘li bilan mustahkamladi. Unda hukumat tarkibi 15 kishidan iborat bo‘lishi belgilab qo‘yildi. Ushbu 15 kishi orasidan mamlakat Prezidenti, Vitse-prezidenti va Bosh kotib saylanishi hamda bu uch kishidan iborat Ijroya Qo‘mita tuzilib, ular poytaxtda doimiy ravishda ishlashi ko‘zda tutilgan edi. Hukumatning 5 ta a’zosi Farg‘ona viloyatidagi Namangan, Andijon, Marg‘ilon, Qo‘qon, O‘sh tumanlarining harbiy boshliqlari etib tayinlanadigan bo‘ldi. Qolgan 7 kishi esa – harbiy, tashqi ishlar, ichki ishlar, pochta va telegraf, diniy ishlar, moliya, adliya, transport vazirlari qilib tayinlanishlari lozim edi. Ammo, bu hukumat 1922 yilning oxiriga kelib tarqalib ketdi. Chunki hukumat a’zolari o‘zlariga topshirilgan vazifalarni bajarish o‘rniga janglarda ishtirok etishga majbur bo‘lgan edilar.Istiqlolchilik harakati 1920-1924 yillarda Buxoro va Xorazm respublikalarida ham avj oldi. Buxoroda Ibrohimbek, Mulla Abdulqahhor, Davlatmandbek, Anvar posho, Jabborbek kabi qo‘rboshi va yo‘lboshchilar, Xorazmda Qurbon Mamed Sardor Junaidxon, Madrayimboy, Sa’dulla bola, Shokir bola, Mavlonbek kabilar bu harakatga boshchilik qildilar3.Markaziy hokimiyat Turkiston avtonom respublikasi jilovini to‘lig‘icha qo‘lga olish uchun o‘lkadagi mavjud bolshevistik tashkilotlarni birlashtirib, ular negizida yagona kommunistik partiya tuzishga kirishdi. Markaz ko‘rsatmasi bilan bu borada ham 1918-yilning birinchi yarmi davomida qizg‘in ishlar olib borildi. Safida 2 ming nafar a’zosi bo‘lgan o‘lka bolsheviklari (kommunistlari)ning 1918-yil iyunida bo‘lib o‘tgan I syezdida (unda ishtirok etgan 46 delegat ichida atigi 6 nafari mahalliy millatlar vakillari bo‘lgan) Turkiston Kompartiyasi tuzilganligi e’lon qilinadi. TKPning tuzilishi bilan Turkistondagi sovet davlatchiligi yangi xususiyat kasb etib, uning bolshevistik partiya rahbarligiga qaramligi kuchayadi. Negaki, MIQ va XKS tarkibini tashkil etuvchilarning ko‘pchiligi bolsheviklar partiyasi a’zolari bo‘lib, uning ko‘rsatma va intizom talabi bo‘yicha ish yuritishga majbur edi. Qabul qiladigan qonunlarni va qarorlarni oldindan partiya Markaziy Qo‘mitasiga taqdim etish va uning roziligini olishga majbur bo‘lib qoladilar. Bu hol davlat qurilishining demokratik tamoyillariga mutlaqo zid kelardi. Turkiston avtonom sovet davlatchiligini huquqiy jihatdan shakllantirish masalasida asosiy rol Moskva va uning bolshevik yo‘lboshchilari qo‘lida bo‘ldi4. Xususan, ularning ko‘rsatmalari asosida o‘lkaning davlatchilik maqomi va konstitutsiyaviy negizlari belgilandi. Jumladan, Turkiston ASSRning konstitutsiyaviy tuzilishi va huquqiy maqomini shakllantirish uchun RSFSRning 1918-yilda qabul qilingan birinchi Konstitutsiyasi to‘la asos qilib olindi. O‘lka xalqlari hayotiga oid bu «muhim masalalar»ni hal etish uchun 1918-yil oktabrida Turkiston o‘lka sovetlarining V syezdi chaqirildi. Mazkur syezd Rossiya Federatsiyasining muhim hujjatlariga, xususan, uning Konstitutsiyasiga asoslanib, Turkiston avtonom respublikasining Konstitutsiyasini qabul qildi.
Xulosa
Turkiston o‘lkasida 1918-yil mustabid sovet hokimiyatining o‘rnatilishi bilan izohlanadi. O‘zini idora qiladigan mustaqil davlat qurishga go‘yo ko‘maklashayotgandek ko‘ringan sovet hokimiyatining asl basharasi Turkiston Muxtoriyatini qonga botirishda yaqqol namoyon bo‘ldi. Sovet hukumati Turkiston Muxtoriyati tajribasidan muhim hulosa chiqarib, bu Turkiston hududida o‘ziga xos sovetlar andazasidagi avtonomiyani tashkil etishga kirishgan edi. Bundan ko‘zda tutilgan bosh maqsad Turkistonning kelajakda mustaqil, suviren davlat bo‘lib, ajralib chiqib ketishiga izm bermaslik edi.Sovet davridagi kelajakda amalga oshirilishi mo’ljallangan loyihalar o‘tmishdagi vaqe’a hodisalar va siyosatni kommunistik ma’murlar va tarixchilar arxiv hujjatlari bilan bog‘lab o‘rgandilar.1917-yil inqilobidan keyin tarixiy taraqqiyotni namoyon qilishni ahamiyatli deb hisoblaydigan marksizm tarafdorlari hisoblangan bolsheviklar tezda chor Rossiyasi arxivlarini o‘z nazoratlariga oldilar. Progressiv va reaksion tendensiyalarni namoyon qilish uchun kommunistik tarixchilar materiallar yig‘a boshladilar.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsam ( 1917 -1924 ) yillarda faoliyatda bo‘lgan Turkiston ASSRni tuzishdan maqsad Turkiston Muxtoriyatini qonga botirganda yaqqol namoyon bo‘ldi. Sovet hokimyati Turkiston Muxtoriyatining tajribasidan öziga xulosa chiqarib o‘ziga xos sovet avtonomiyasini tuzishga kerishgan edi . Sovetlarning aslida bosh maqsadi Turkistonni kelajakda mustaqil ajralib chiqishiga yo‘l qo‘ymaslik edi .
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Oʻzbekiston respublikasi oliy ta’lim,fan va innovatsiyalar vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti tarix fakulteti Arxivshunoslik yo’nalishi
|