|
Mazkur uslubiy ko’rsatma Muhammad al-Xorazmiy nomidagi tatu samarqand filialining uslubiy Kengash tomonidan chop yetishga tavsiya yetildi
|
bet | 6/13 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 1,5 Mb. | | #234767 |
Bog'liq O’zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiO’zaro aloqa stili
|
Afzalligi
|
Kamchiligi
|
Ilovaga misollar
|
To’g’ridan to’g’ri manipulyatsiya
|
Tezkor va tushumarli o’zaro aloqa.
O’rganishning osonligi
|
Ishlab chiqish qiyin.
|
Videoo’yinlar
|
Menyudan tanlsh
|
Foydalanuvchi xatolarini qisqartiradi
Klaviaturadan kiritish kamayadi
|
Tajribali foydalanuvchilar uchun sekin variant.
|
Umumiy maqsadlardagi tizimlar
|
Forma to’ldirish
|
Ma’lumot kiritish soddaligi
O’rganish oson
|
Ekrandan joy egallaydi.
|
Zahiralarni boshqarish tizimlari
|
Buyruq tili
|
Kuchli va moslashuvchan
|
O’rganish qiyin. Kiritishdagi xatoliklar.
|
Operatsion tizimlar
|
Tabiiy til
|
Tajribasiz foydalanuvchi ham ishlata oladi.
Oson sozlanadi
|
Qo’l bilan boshqariladigan to’plamni talab qiladi
|
Taqsimot tizimlari; www da ma’lumotlarni saqlash tizimlari
|
4-MA’RUZA. KOMPONENTLARDAN QAYTA FOYDALANGAN HOLDA LOYIHALASH
Reja:
DT komponentlaridan qayta foydalanishning ijobiy tomonlarini bilish;
Qayta foydalaniluvchi komponentlarning turlari bilan tanishish va ularni loyihalashning asosiy bosqichlarini bilib olish;
Ko’pgina injenerlik ishlanmalarida loyihalash jarayoni komponentlardan qayta foydalanishga asoslanadi. Mexanika yoki elektrotexnika kabi sohalarda injenerlar loyihalarni hech qachon “noldan” boshlashmaydi. Ularning loyihalari boshqa tizimlarda sinovdan o’tgan komponentlarga asoslanadi. Ular nafaqat flantslar va klapanlar kabi kichik komponentlar, balki dvigatellar, kompressorlaryoki trubinalar kabi qism-tizimlarni ham o’z ichiga oladi.
Hozirgi davrda DT ni ishlab chiqishda turli yondashuvlarni solishtirib ko’rish zarurligiga hech qanday shubha yo’q. Agar DT ni aktiv sifatida qaraydigan bo’lsak, y u holda qayta foydalanishni bu aktivlarni ishlab chiqish jarayoni uchun xarajatlarni qisqartiruvchi vosita deb qarash mumkin. DT da tizimli qayta foydalanish yordamida uni ishlab chiqish va xizmat ko’rsatish xarajatlarini qisqartirish, tizimni ishlab chiqish muddatlarini qiqsartirish va sifatli dasturiy maxsulotlarni ishlab chiqish mumkin.
DT qayta foydalanish samarali bo’lishi uchun DT ni ishlab chiqish jarayonlarining barcha bosqichlarida yoki talablarni ishlab chiqish bosqichida uni hisobga olish kerak.
Qayta foydalanishga asoslangan DT ni loyihalash metodi mavjud dasturiy ta'minot ob'ektlaridan maksimal darajada foydalanishni nazarda tutadi. Bunday ob’yektlar o’lchovlarida juda katta farqlar mavjud.
Ob’yektlar o’rtasidagi farqlar:
Butun dasturlarni boshqa quyi tizimlarni o'zgartirmasdan tizimga qo'shib (masalan, savdo do'konidagi mahsulotlar) yoki turli xil platformalarda ishlaydigan va mijozlarning aniq talablariga mos dasturlar oilalarini ishlab chiqish orqali qayta ishlatish mumkin.
Dastur tarkibiy qismlarini quyi tizimlarda alohida ob'ekt sifatida qayta ishlatish mumkin. Masalan, matnni qayta ishlash tizimidagi matnni qayta ishlash qismini ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimlarida qayta ishlatilishi mumkin.
M atematik funksiyalardan qayta foydalanganimiz kabi dasturiy ta'minot qismlarini ham qayta ishlatish mumkin. So'nggi 40 yildan buyon dasturlashda standart kutubxonaga asoslangan qayta foydalanish usuli qo'llanilib kelinmoqda.
To’liq ilovadan qayta foydalanishamaliyotda keng qo’llaniladi; bunda DT ishlab chiqish bilan shug’ullanadigan kompaniya o’zlarining tizimlarini turli platforma va turli sahrtlardagi ishlarga moslashtirishadi. Shuningdek standart kutubxonalardagi funksiyalardan qayta foydalanish ham keng qo’llaniladi, misol uchun grafik va matematik funksiyalar paketi. Qayta foydalanishga qiziqish 1980 yillar boshida paydo bo’la boshlagan.
DT da qayta foydalanish jarayoning ijobiy tomoniga yaqqol misol sifatida loyihaning umumiy narxi kamayishini keltirish mumkin.
Qayta foydalanishning faqat narx tushishiga ta’siridan tashqari yan boshqa foydali jihatlari ham mavjud. Buni quyidagi jadvalda ko’rish mumkin:
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Mazkur uslubiy ko’rsatma Muhammad al-Xorazmiy nomidagi tatu samarqand filialining uslubiy Kengash tomonidan chop yetishga tavsiya yetildi
|