|
Механика кириш
|
bet | 12/37 | Sana | 24.05.2024 | Hajmi | 1,2 Mb. | | #251834 |
Bog'liq umumiy fizikaX X1 X2 A1cos( ) A2cos( ) . (3.35)
Bunday tebranishlarni qo’shilishini grafik ravishda ko’rish mumkin. Buning uchun ikkala tebranish amplitudalarini x, u da fazalarni hisobga olib chiziladi. So’ng A1 va A2 larni parallelogram qoidasi bo’yicha ko’shiladi va natijaviy tebranish amplitudasi A topiladi va umumiy tebranish tenglamasi yoziladi.
Garmonik tebranma harakat qilayotgan har qanday sistema ma’lum tebranish energiyasiga ega bo’ladi. Bu energiya quyidagicha ifodalanadi:
W , (3.36)
bu yerda A - tebranish amplitudasi, K- elastiklik koeffitsienti.
Tebranayotgan sistemalarga misol sifatida matematik va fizik mayatniklarni ko’rsatish mumkin. Ularning harakat tenglamasi quyidagicha:
, (3.37)
bu yerda - mayatnikning burilish burchagi, - ikki mayatnik uchun har xil ko’rinishga ega bo’lgan kattalik. Bu tenglamaning yechimi quyidagicha:
Acos( t 0) . (3.38)
Matematik mayatnik uchun tebranish davri shunday ko’rinishga ega:
, (3.39)
bu yerda l - matematik mayatnikning uzunligi, g - erkin tushishi tezlanishi.
Fizik mayatnik uchun tebranish davri quyidagicha bo’ladi:
, (3.40)
bu yerda I- fizik mayatnikning inersiya momenti, t – massasi , L - fizik mayatnikning osilish nuqtasi bilan massa markazi orasidagi masofa.
Tebranishlarning fazoda tarqalishiga to’lqin deb ataladi. To’lqinlar ikki xil bo’ladi: kundalang va buylama to’lqinlar. Kundalang to’lqinlarda muhitning zarralari to’lqin tarqalayotgan yo’nalishga perpendikulyar yo’nalish bo’ylab tebranadi. To’lqin uzunligi , to’lqin tezligi v, tebranish davri T va chastotasi n orasida quyidagi boglanish bor:
|
| |