• YOrug’lik oqimi bir tekis tarqalgan holda
  • -§. YORUG’LIK OQIMI. FOTOMETRIK KATTALIKLAR




    Download 0,84 Mb.
    bet38/46
    Sana14.05.2024
    Hajmi0,84 Mb.
    #232120
    1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   46
    Bog'liq
    Физикадан мавзулар

    6-§. YORUG’LIK OQIMI. FOTOMETRIK KATTALIKLAR

    Optik diapazonga to’g’ri keladigan elektr magnit to’lqinlarining energetik parametrlarini o’lchash bilan shug’ullanadigan optikaning bo’limiga fotometriya deyiladi. Soddaroq qilib aytganda, ko’zga ko’rinadigan yorug’lik ta’sirlarini o’lchash bilan shug’ullanadigan optikaning bo’limi fotometriya deyiladi. Fotometriya – yorug’lik energiyasining oqimi, yorug’lik kuchi, yoritilganlik, ravshanlik, yorituvchanlik kabi fizik kattaliklar bilan ish ko’radi.


    Ko’zga ko’rinadigan yorug’lik nurlari spektral tarkibigagina bog’liq bo’lmay, ko’zning yorug’lik spektriga bo’lgan sezgirligi (ko’rish funksiyasi U) ga ham bog’liq. SHu sababli ko’zning nisbiy spektral sezgirligi degan tushuncha kiritilib, bu tushuncha matematik shaklda


    (6.1)

    kabi yoziladi, bunda - ko’zning nisbiy sezgirligi, - ko’zning ma’lum to’lqin uzunligidagi nurga bo’lgan maksimal ko’rish funksiyasi. Normal ko’z uchun to’lqin uzunligida .


    YOrug’lik oqimi F deb biror yuzadan vaqt birligi ichida o’tuvchi yorug’lik energiyasini ko’rsatuvchi fizik kattalikka aytiladi, ya’ni :


    , (6.2)

    bunda Q – yorug’lik energiyasi, t – vaqt. YOrug’lik oqimining birligi lyumen (Lm) bo’lib, u 1 kd li yorug’likning 1 steradian fazoviy burchak bo’yicha yuborilgan oqimidir:




    . (6.3)
    YOrug’lik kuchi


    . (6.4)


    YOrug’lik oqimi bir tekis tarqalgan holda




    (6.5)

    bo’ladi.
    YOrug’lik kuchi birligi Sobiq Ittifoq metrologiya ilmiy tekshirish institutining fotometrik laboratoriyasida yasalgan yorug’lik etalonining yuzasidan normal yo’nalishda chiqayotgan yorug’lik kuchining qismiga teng. Bu birlikka kandela (kd) deyiladi. Bu yorug’lik kuchining yangi etaloni bo’lib, xalqaro bir shamning (eski etalonning) yorug’lik kuchi 1.005 kd ga teng.


    YOritilganlik yuza birligiga perpendikulyar tushayotgan yorug’lik oqimi bilan xarakterlanadi, ya’ni


    . (6.6)
    YOritilganlik birligi lyuks (Lk) bo’lib, u 1m2 yuzaga tekis perpendikulyar tushayotgan 1 Lm oqimga mos keladigan yoritilganlikdir:


    . (6.7)

    Ravshanlik deb, yuza birligidan yuzaga kelgan perpendikulyar yo’nalishda har bir kvadrat metridan 1 kd yorug’lik kuchi beradigan yuzaning ravshanligi olinib, ravshanlik birligi - bo’ladi. Demak, ravshanlik


    . (6.8)

    Bu yerda - yorug’lik nuri yo’nalishi bilan shu yorug’lik tarqatayotgan yuzaga o’tkazilgan perpendikulyar orasidagi burchak.


    SHuni ta’kidlab o’tish kerakki, yorug’lik birliklarining tajribada aniqlash va uni qayta takrorlash murakkab ish bo’lib, diqqat bilan ishlashni talab qiladi. Miqdoriy yorug’lik o’lchashlari, ayniqsa, spetrning turli sohalaridagi o’lchashlarr hozirga qadar ishlanib kelinmoqda va mukammallashtiritmoqda.

    Download 0,84 Mb.
    1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   46




    Download 0,84 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -§. YORUG’LIK OQIMI. FOTOMETRIK KATTALIKLAR

    Download 0,84 Mb.