|
Mehnat faoliyati va psixik jarayonlar
|
bet | 1/5 | Sana | 27.04.2024 | Hajmi | 1.2 Mb. | | #209555 |
Bog'liq MIRZAAHMEDOV MARUF aa, Документ Microsoft Word, 1, Scan1, 1 lab ishi, 3-online test NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI PS-401 GURUH TALABASI MIRZAAHMEDOV MARUFNING MEHNAT VA MUXANDIALIK PSIXOLOGIYASI FANIDAN MUSTAQIL ISHI
MEHNAT FAOLIYATI VA PSIXIK JARAYONLAR
Mavzu rejasi:
Shaxs va kasb. Kasbiy muhim xislatlar va ularning dinamikasi
KASBLAR
Shaxs istalgan kasbda o`zining mehnat vazifasi doirasida mustaqil bo`lishi kerak. Mustaqillik uchun quyidagilar zarurdir: o`z ishini qanday tartibga solishni, uning izchilligini belgilashni va nazorat qilishni, o`z harakatlariga aniqliklar va tuzatishlar kiritishni bilish; bu harakatlarni bajarish malakalariga ega bo`lish; muvaffaqiyatga erishish uchun bir-biriga qo`shib, moslashtrib olib bora bilish, muvaffaqiyatga ishonish, maqsadga erishishda matonat va tirishqoqlik, faoliyat qiyinlashgan sharoitda o`zini tuta bilish, tanqidiy fikrlash, tashabbuskorlik va intizomlilik kabi shaxsiy sifatlarga ega bo`lish kerak.
Bu psixik sifatlarning hammasi sistemali ravishda namoyon bo`la borib, vaqt o`tishi bilan malakali inson shaxsining psixik xususiyatlariga aylanadi. Ularni biz kasbiy faoliyatdagi mustaqillik deb ataymiz. - Bu psixik sifatlarning hammasi sistemali ravishda namoyon bo`la borib, vaqt o`tishi bilan malakali inson shaxsining psixik xususiyatlariga aylanadi. Ularni biz kasbiy faoliyatdagi mustaqillik deb ataymiz.
- Ishlab chiqarishning malakali shaxsiga xos bo`lgan kasbiy muhim psixologik xislatlar quyidagilardan iborat:
- 1. Kishilar ehtiyojlarini va, shu jumladan, o`zining ham shaxsiy ehtiyojlarini qondiruvchi, shuning bilan birga ishlab chiqarish unumdorligini va uning sifat natijalarini orttirishga qaratilgan moddiy boyliklarni hosil qilishga intilish;
- 2. o`zi ishlayotgan muassasa va xalq xo`jaligi sohasidagi jamoa ishining muvaffaqiyatidan manfaatdorlik;
- 3. texnologik vazifalarni tez va to`g`ri hal qilishga nisbatan qobiliyat, aqliy va jismoniy ishlab chiqarish vazifalarini engillik bilan, ortiqcha zo`r bermasdan va buzilishlarga yo`l qo`ymay bajarishgа chidash;
- 4. jamiyat uchun foydali moddiy boyliklarni hosil qilishda tobora katta yutuqlarga erishish maqsadida o`zining kasbga oid bilimlarini, malakalarini, o`quvlarini va ishlab chiqarishga oid mahoratini doim takomillashtirishga intilish.
|
| |