Mehnat migratsiyasining O'zbekiston iqtisodiyotidagi tutgan o'rni Asraqulov Farrux Rustamjon o'g'li Namangan davlat universiteti. Yashil iqtisodiyot va barqaror biznes kafedra o'qituvchi Annotatsiya




Download 23,44 Kb.
bet3/5
Sana23.05.2024
Hajmi23,44 Kb.
#250818
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mehnat migratsi-WPS Office

Mavzuga oid adabiyotlar tahlili. Hozirgi vaqtga kelib, dunyoning deyarli barcha mamlakatla- rida olimlar va mutaxassislar tomonidan migratsiya, uning tarkibi, u bilan bogʻliq demografik jarayonlarni oʻziga xos xususiyatlari oʻrganilmoqda. Migratsiya jarayoni, shakllanishi va rivojlanishi hamda unga taʼsir etuvchi ijtimoiy-demografik omillar iqtisodchi olimlar va mutaxassislar tomonidan oʻzlarining tadqiqotlarida fikr va muhozalarini keltirib oʻtish- gan. Ular tomonidan migratsiya va uning iqtisodiy- ijtimoiy jarayonlarga taʼsiri, mamlakat iqtisodiyotida tutgan oʻrni va ularning salbiy va ijobiy jihatlarini oʻz davrlaridagi mavjud holatlar boʻyicha koʻrsatib oʻtishgan. Demografik jarayonlarni oʻrganib chiqqan ba’zi olimlar migratsiya harakatini “Aholining joylashish xususiyatini, zichligini, mavsumiy va mayatnik harakatchanligini pirovard natijada belgilaydigan aholining barcha hududiy harakatlari yigʻindisi” deb hisoblaydilar[8].
D.I. Valenteya fikricha “Migratsiya aholi soni, tarkibi, joylashuvi va sifati dinamikasining tenden- tsiyalarini saqlab qolishni yoki oʻzgartirishni nazar- da tutuvchi aniq maqsadga yoʻnaltirilgan faoliyat turi va u demografik vaziyatga bevosita taʼsir oʻtka- zadi”[3].
Jahon hamjamiyatida mashhur boʻlgan demo- graf А. Sovining shunday taʼkidlagan: “Migratsiya - oʻz oldiga faqat birgina aholining sonini oʻzgartirish- dan-da kengroq vazifalarni qoʻyishi va bir qarashda demografiyadan uzoq boʻlib koʻrinishi mumkin boʻl- gan sohalarni ham qamrab olishi mumkin” [4].
Koʻp tilli demografik lugʻatning asosida ham oʻsha fikr yotadi, unda “migratsiya, bir tomondan, iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa omillarning, ikkinchi tomondan, demografik jarayonlar va ular oqibatlari- ning oʻzaro bogʻliqligini aniqlash” sifatida taʼriflan- gan [5].
“Obshaya teoriya naseleniya” kitobida “Mig- ratsion jarayonlar demografik vaziyatning asosiy qismi boʻlib, jamiyat taraqqiyotining turli bosqichlari va turli davlatlarda oʻziga xos xususiyatlarga, yoʻnalishlarga egadir” degan fikrni taʼkidlagan [6].
А.Ya. Kvashi “Sovremennaya demografiya” asarida “Ba’zi aholi qatlamlarining turmush sharoit- larini yaxshilashga migratsiya ham taʼsir etadi” de- gan fikrni ilgari suradi [7].
Yuqorida bayon etilganlarni umumlashtirgan holda, aytish joizki, barcha taʼriflarda davlatning, demografik omillarni nazarda tutgan holda, optimal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish chora-tadbirlari (tar- tibga solish vositalari) tizimini qoʻllash yoʻli bilan aniq maqsadga yoʻnaltirilgan, boshqaruvchi taʼsiri zarurligi muhim hisoblanadi. Migratsiya jarayonlari nuqtayi nazaridan davlat tomonidan tartibga solish, bizning fikrimizcha, demografik rivojlanishning barcha kichik tizimlari (tugʻilish miqdori, oʻlim soni) normal ishlashi uchun eng qulay sharoitlarni yara- tish bilan bogʻliq boʻlishi kerak. Shu bilan birga bozor islohotlari sharoitida migratsiya jarayonlarining rivojlanishi uchun ijtimoiy-iqtisodiy tartibga soluv- chi omillarning ahamiyati ortadi.
Shunday qilib, jahon tajribasidan kelib chiqib va iqtisodchi olimlarning yuqorida keltirilgan taʼrif-larini umumlashtirgan holda, migratsiya jarayonlarini davlat tomonidan tartibga solish qonunchilik, iqtisodiy va tashkiliy-xoʻjalik mexanizmlarini uygʻunlashtirish orqali demografik jarayonlarga (demografik vaziyat sifatiga) davlat tomonidan taʼsir etish usullari va chora-tadbirlari tizimi tushuniladi.

Download 23,44 Kb.
1   2   3   4   5




Download 23,44 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mehnat migratsiyasining O'zbekiston iqtisodiyotidagi tutgan o'rni Asraqulov Farrux Rustamjon o'g'li Namangan davlat universiteti. Yashil iqtisodiyot va barqaror biznes kafedra o'qituvchi Annotatsiya

Download 23,44 Kb.