|
Mehnat migratsiyasining O'zbekiston iqtisodiyotidagi tutgan o'rni Asraqulov Farrux Rustamjon o'g'li Namangan davlat universiteti. Yashil iqtisodiyot va barqaror biznes kafedra o'qituvchi Annotatsiya
|
bet | 4/5 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 23,44 Kb. | | #250818 |
Bog'liq Mehnat migratsi-WPS OfficeTadqiqot metodologiyasi. Tadqiqot jarayonida mavzuga oid adabiyotlar tahlil qilindi. Statistik maʼlumotlarni tahlil qilib, hududlar kesimida oʻzaro taqqoslash usulidan foydalanildi.
Tahlil va natijalar. Bandlik va mehnat mu- nosabatlari vazirligining maʼlumotlariga koʻra 2021 yil boshida 1,5 milliondan ortiq fuqarolar xorijiy davlatlarda mehnat qilganlar, bu jami iqtisodiy faol aholining 7,8 foizini tashkil etadi[10]. Bunday holat mehnat migratsiyasi masalalariga davlat darajasida yanada jiddiyroq eʼtibor qaratish, uni tartibga solish boʻyicha mavjud mexanizmlarni doimiy ravishda takomillashtirib borishni talab qiladi. Ushbu muhim vazifalarni – migratsiyasining omillari, yoʻnalishlari va natijalari hamda unda ishtirok etayotgan mehnat resurslari boʻyicha aniq maʼlumotlarga ega boʻlmas- dan hal etishning imkoni mavjud emas.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 24 mayda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respub- likasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 3001-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Mehnat organlari faoliyatini yanada takomillashtirish va aholi bandligini taʼminlash boʻyicha kompleks chora- tadbirlar dasturi”da Xalqaro Mehnat Tashkilotining mehnat migrantlari toʻgʻrisidagi 97-sonli Kon- vensiyasini ratifikatsiya qilish imkoniyatlarini oʻrga- nib chiqish belgilangan[7,2]. Ushbu Konvensiyada migrantlarning mehnat faoliyati, ularning mol-mulki va oilaviy migratsiya bilan bogʻliq boʻlgan barcha jihatlar qamrab olingan.
Oʻzbekistonning mustaqil davlat sifatida dunyo mamlakatlari bilan xalqaro iqtisodiy muno- sabatlar oʻrnatishi oʻz oʻrnida jahon mehnat bozorida ham faol boʻlishni taqozo etadi. Shu sababli ham mamlakatimizdagi migratsiya jarayonlarni oʻrgan- moq, uning hududiy tarqalishini tadqiq qilmoq maq- sadga muvofiqdir.
Oʻzbekistonda migratsiya jarayonlari bir qator sabablar bilan bogʻliq. Tashqi migratsiya uchun ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy omillarning, respublika ichidagi ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik omillar ta’sir koʻrsatmoqda. Mamlakatdagi migratsiya jarayonlar- ning, eng ayniqsa tashqi migratsiyaning keskin oʻz- garishiga, immigrantlar salmogʻining emmigrantlar- ga qaraganda past tendensiyasiga ega ekanligiga sa- bab boʻluvchi eng katta omil – bu siyosiy mustaqillik- ka erishishidir. Sobiq Ittifoqning qulashi iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda ayrim tub burilishlar yasadi. Ishlab chiqarishning pasayishi, inflatsiya darajasi- ning oʻsishi, ishsizlikning oshishi, aholining turmush darajasining pasayishi kabi bir qator muammolarga olib keldi. Boshqa MDH mamlakatlari singari OʻzbeXulosa va takliflar. Oʻz navbatida migratsiya- ning muammo va kamchiliklari ham yoʻq emas. Mamlakatimiz hududidan amalga oshirilayotgan tashqi migratsiyaning xavfsizlik, mehnatning qonu- niy jihatdan himoya qilinishi masalalari ham mavjud. Shu tufayli ham mehnat migratsiyasi oʻziga xos xususiyatga egadir.
Migratsiyaning ijobiy boʻlgan jihatlari:
Mamlakatning ishsizlik darajasi kamayishi- ga, shuningdek, ishsiz aholining ish bilan ta’minlani- shi turli ijtimoiy-iqtisodiy muammolarning bartaraf etilishiga olib keladi.
Mehnat migratsiyasi, donor mamlakatning davlat byudjetiga ijobiy ta’sir koʻrsatadi.
Qabul qiluvchi mamlakat arzon ishchi kuchi- ga ega boʻladi.
Migrantning oila daromadlari oshishiga hamda turmush sharoiti yaxshilanishiga sabab boʻladi.
Yangi ish, yangi muhit migrantlarning ish tajribasi va dunyoqarashiga ta’sir qiladi.
Mehnat migratsiyasining salbiy jihatlari:
Mehnat migrantlarining uzoq vaqt uyda boʻl- masligi uning oilaviy ajrimlar koʻpayishiga sabab boʻladi.
Har yili davlat mehnatga layoqatli aholisi- ning ma’lum bir qismini yoʻqotadi.
Agar mamlakat mehnat migrantini haddan tashqari koʻp qabul qilinsa, davlat byudjetining katta qismi mehnat migratsiyasi tufayli “tashqariga” chiqib ketadi.
Immigrant mamlakatda mehnat migrantlari- ning koʻpayishi ishchi kuchiga boʻlgan taklifning oʻsishiga, talabning esa kamayishiga olib keladi.
Mehnat migratsiyasi koʻpayishi turli diniy, milliy, irqiy nizo va kelishmovchiliklarni yuzaga keltiradi.
Va albatta, mehnat migratsiyasi tufayli mam- lakat aholisining soni, tarkibi, demografik jarayon- lari oʻzgarishi, yangi nikoh va oilalarning koʻpayishi- ga olib keladi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Mehnat migratsiyasining O'zbekiston iqtisodiyotidagi tutgan o'rni Asraqulov Farrux Rustamjon o'g'li Namangan davlat universiteti. Yashil iqtisodiyot va barqaror biznes kafedra o'qituvchi Annotatsiya
|