• Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha qonunlar
  • Yuqoridagilarga mos holda talabalar fanni o‘rganish davomida quyidagilarni




    Download 52,5 Kb.
    bet2/17
    Sana27.05.2024
    Hajmi52,5 Kb.
    #254497
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
    Bog'liq
    O\'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va Mehnat kodeksining mehnatni muhofaza qilish sohasidagi ahamiyati.

    Yuqoridagilarga mos holda talabalar fanni o‘rganish davomida quyidagilarni nazariy jihatdan о‘zlashtirishlari lozim:

    • mehnat xavfsizligining nazariy asoslari. Ergonomika va mehnat xavfsizligi psixologiyasi haqida tushuncha;

    • mehnat xavfsizligini ta’minlovchi asosiy tamoyillar, uslublar va vositalar tizimi;

    • mehnat xavfsizligini boshqarish asoslari;

    • mehnat xavfsizligining huquqiy va tashkiliy asoslari.

    Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha qonunlar, standartlar tizimi, nizomlar, ko‘rsatmalar, ishlab chiqarish sanitariyasi me’yorlari va boshqa me’yoriy hujjatlar:

    • ishlab chiqarishda mehnat xavfsizligini ta’minlash, sog‘lom va xavfsiz ish sharoitlarini yaratish bo‘yicha rejali tadbirlar mazmuni, uni ishlab chiqish tartibi;

    ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni tahlil qilish, ularni tekshirish va hujjatlashtirish tartiblari; Mehnat kodeksi — mehnat haqidagi qonunlarining muayyan tizimga solingan majmui. U mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjati hisoblanadi. Mulkchilikning barcha shaklidagi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda, shuningdek, ayrim fuqarolar ixtiyorida mehnat shartnomasi (kontrakt) boʻyicha ishlayotgan jismoniy shaxslarning mehnatga oid munosabatlari mehnat toʻgʻrisidagi qonunlar va boshqa huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadi. Amaliyotda mehnatga oid munosabatlarni tartibga solishda boshqa normativ hujjatlar, ayrim hollarda Xalqaro mehnat tashkilotining konvensiyalari va xalqaro shartnomalarning qoidalari ham qoʻllaniladi. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va xalqaro huquqiy normalar va standartlarga muvofiq ravishda ishlab chiqilgan.
    Oʻzbekiston Respublikasining MK 1995-yil 21 dekabrda qabul qilinib, 1996-yil 1-apreldan amalga kiritilgan. 2 qism: umumiy va maxsus qism, 16 bob va 294 moddadan iborat. Umumiy qismda mehnat qonunchiligining umumiy qoidalari, mehnat sohasidagi davlat boshqaruvi, mehnat haqidagi qonun hujjatlarining qoʻllanish doirasi, mehnatga oid munosabatlarning subʼyektlar, ularning huquq va burchlari, xodimlar va ish beruvchilarning vakilligi, jamoa shartnomalari va kelishuvlari bayon etilgan. MKning maxsus qismi ishga joylashtirish; mehnat shartnomasi (kontrakt); ish vaqti; dam olish vaqti; mehnatga haq toʻlash; kafolatli toʻlovlar va kompensatsiya toʻlovlari; mehnat institutizomi; mehnat shartnomasi taraflarining moddiy javobgarligi; mehnatni mu-hofaza qilish; ayrim toifadagi xodimlarga beriladigan qoʻshimcha kafolat va imtiyozlar; mehnat nizolari; davlat ijtimoiy sugʻurtasi masalalarini oʻz ichiga oladi.





    Download 52,5 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




    Download 52,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yuqoridagilarga mos holda talabalar fanni o‘rganish davomida quyidagilarni

    Download 52,5 Kb.