Axborot texnologiyalari va zamonaviy dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarishning dolzarb muammolari
Международная научно-техническая конференция «Практическое применение технических и
цифровых технологий и их инновационных решений», ТАТУФФ, Фергана, 4 мая 2023 г.
18
foydalanuvchilar ular orasidan o’ziga kerakli xizmatlarni bulutdan olish
imkoniyati yaratilgan. Dunyo miqyosida keng rivojlangan va rivojlanishda
davom etayotgan bulutli hisoblash tizimlari O’zbekistonda ham bugun
rivojlanishda davom etmoqda.
Bulut infratuzilmasi bir-biri bilan ulangan juda ko’p,
har xil tarmoqlar
qurilmalaridan, kommututorlar, marshrutizatorlar, serverlar va boshqa har xil
qurilmalardan tashkil topgan bo’ladi. Mana shu butun boshli infratuzilmani
umumiylashtirib bulut deb ataladi. Bulutdan faqatgina ma’lumot yuborish uchun
foydalanilmaydi, balki ma’lumot almashinuvi bulutdan foydalanish
imkoniyatlaridan biri xolos.
Bundan tashqari bulutda, ya’ni infratuzilmada
joylashgan serverlarda ishlovchi maxsus dasturlar bo’ladi. Ular bulutda
joylashgan dastur xizmatlarini taklif etadi. Bulutli servislarning eng keng
tarqalgani bu Dropbox – fayllarni saqlash xizmati, GoogleDocs – ofis ilovalari,
SalesForce – CRM hamda ERP tizimlaridir. Bulutli servislardan foydalanish
uchun ko’p hollarda foydalanuvchida internet tarmog’i va brauzer bo’lsa bas,
ba’zida esa foydalanuvchi qurilmasiga ushbu servisni ishlatishda qulay bo’lishi
uchun maxsus dastur ilovalar o’rnatiladi. Masalan, Word, Excel dasturlarida
qilinadigan ishlarni GoogleDocs orqali bemalol bajarish mumkin, buning uchun
kompyuterda ofis ilovalari bo’lishi shart emas.
Bulut infrastrukturasi taqdim etadigan
xizmatlardan yana biri bu
ma’lumotni saqlash xizmati. Bunday xizmatlarga Dropbox, Microsoftning
Skydrive va Google drive xizmatlari yorqin misol bo’la oladi. Bu xizmatlardan
tashqari masalan biron bir murakkab jarayonni bajarish uchun kompyuterning
resurslari kamlik qilishi mumkin. Bunday holatda bulutdan foydalanish mumkin.
Murakkab jarayonlar bulut resurslaridan foydalangan holatda bulutda bajarilish
imkoniyati ham mavjud.
Bugungi kunda, bulut xizmatlarini taqdim etish bo’yicha dunyo
etakchilari, axborot-kommunikatsiya sohasidagi kabi Google (GoogleDrive),
Yandex (Yandex disk), Microsoft (OneDrive), Apple (iCloud), DropboxInc,
Cisco, Oracle va boshqalardir.
Актуальные проблемы разработки информационных технологий и программных продуктов и их решения
Международная научно-техническая конференция «Практическое применение технических и
цифровых технологий и их инновационных решений», ТАТУФФ, Фергана, 4 мая 2023 г.
19
Bizning respublikada ham asosiy e’tibor bulutli hostingni rivojlantirishga
qaratilgan, misol uchun UZDisk ni keltirish mumkin. UZDisk - bu o’zimizning
Dropbox analogimizdir. UZDisk TAS-IX xududida joylashgan fayllarni saqlash
bulutli xizmati hisoblanadi. Bu xizmat uchun trafik butunlay bepul ekanligi
muhim faktordir. Xuddi shunga o’xshash TAS-IX xududida joylashgan bulutli
xizmatlardan yana biri bu filecloud.uz. Bu bulutli xizmat turida ma’lumotlarni
saqlash hamda office dasturlarida ishlash imkoniyati ham mavjud.
Shuningdek, ushbu xizmat turlarini ma’lum vaqt davomida bu turdagi
xizmatlarni ko’rsatadigan firmalar ham mavjud; Ulardan VDS xosting, VPS
xosting, virtual xosting va bulutli xosting kabi
xizmatlarni taqdim etuvchi
“AtiveCloud” TM, hamda, VDS xosting, VPS xosting, virtual xosting, bulutli
xosting va tsollotsation xizmatlarini taqdim kiluvchi “Sharktelecom” MChJ [6].
Bulutli xizmatlar va platformalarning bozordagi ulushi muntazam
ravishda o’sib
bormoqda, chunki bulut foydalanuvchilar va tashkilotlar uchun
bir qator afzalliklarga ega bo’lib, ular orasida birinchi navbatda quyidagilarni
sanash mumkin: ma’lumotlarni qayta ishlashda tizimda mavjud barcha
resurslardan eng optimalini tanlaydi; ma’lumotlarni izlash va qayta ishlash
tezligi yuqori, chunki hamma narsa
bitta platformada joylashgan; Bulut
tizimlarida protsessorlar soni, operativ xotira hajmi va disk maydoni nazariy
jixatdan cheksizdir; foydalanuvchilarga dasturiy ta’minotni o’rnatish va sozlash
kerak emas; bulut xizmatlariga kirish uchun oddiy veb brauzer etarli; tizimni
tarqatish vaqtini hisobga olgan holda, tashkilotlarga texnik yordam ko’rsatish va
tanlangan tizimlarni modernizatsiya
qilish harajatlari, shuningdek, yuqori
tezlikda
amalga
oshirish;
treningga
bo’lgan
ehtiyoj
sezilarli
-
foydalanuvchilarning ko’pchiligi allaqachon veb-brauzer va Internet
xizmatlaridan xizmat sinflari sifatida foydalanishni bilishadi; odatda bulutli
tizimlar yuqori malakali mutaxassislar tomonidan ta’minlanadi, bu esa dasturiy
ta’minotni saqlashning yuqori sifatini ta’minlaydi.
Va eng muhimi, provayder
qo’lida mavjud bo’lgan barcha ma’lumotlarni g’arazli maqsadlarda o’chirib
tashlab bo’lmaydi.