TEXNIKA VA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNI AMALIYOTDA




Download 6,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet302/312
Sana22.05.2024
Hajmi6,64 Mb.
#249488
1   ...   298   299   300   301   302   303   304   305   ...   312
Bog'liq
3 tom

TEXNIKA VA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNI AMALIYOTDA 
QO’LLANILISHI VA ULARNING INOVATSION YECHIMLARI 
Muhammadaliyeva Irodaxon Yo’ldashali qizi 
Qo’qon davlat pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlarni o’qitish 
metodikasi(fizika va astranomiya)1kurs magistranti talabasi.
Har bir jamiyatning kelajagi uning ajralmas qismi bo’lgan ta’lim 
tizimining qay darajada yuksalgani bilan belgilanadi.Bugungi ta’lim tiziming 
vazifasi 
asosiy 
tushunchalaridan 
biri 
bu 
innovatsion 
pedagogik 
texnologiyalardir. Innovatsiya(ingilizcha innovation)-yangilik kiritish,yangilik 
demakdir.Novatsiya atamasi esa (lotincha novation-o’zgarish,yangilash)ilgari 
mavjud bo’lmagan turli xil yangiliklarni bildiradi.Ta’limda innovatsiya yangi 
texnika va texnologiya, pedagogik jarayon va boshqaruvni tashkil etishning 
yangi shakllariga o’tish orqali erishilgan natijani nomayon etadi.Ushbu 
pedagogik texnologiyalar orqali dars jarayonlarining tashkil etilishi , 
talabalarning 
mustaqil 
o’qishga,bilim 
olishga,fikrlashga 
o’rgatishni 


Искусственный интеллект, методы и технологии информационной безопасности 
Международная научно-техническая конференция «Практическое применение технических и 
цифровых технологий и их инновационных решений», ТАТУФФ, Фергана, 4 мая 2023 г. 
588
kafolaylaydigan jarayondir.Innovatsion texnologiyalar texnologiyalar jarayonida 
o’qituvchiga qo’yiladigan talablar: 
1.Innovatsion texnologiya tushunchasini,uning mazmuni mohiyatini 
bilish; 
2.Innovatsion texnologiyalarni fanlar bo’yicha amaliyotda qo’llay olish 
3.Ta’limiy va interfaol metodlarini bilish 
O’quv jarayoniga zamonaviy axborot texnologiyalarini qo’llash ta’lim 
metodlarining samaradorligini oshirishga, o’qituvchilar mehnat faoliyatining 
o’zgarishiga, ularning pedagogik mahoratlarining takomillashuviga olib keladi. 
Bu esa o’z navbatida pedagogik jarayonlarni axborotlashtirishni tashkil etish va 
boshqarishga o’ziga xos vazifalarni qo’yadi: 
─ masofaviy o’quv kurslarini va elektron adabiyotlarni yaratuvchi jamoa 
o’qituvchilar, kompyuter dasturchilar, tegishli mutaxassislarning birgalikda 
faoliyat olb borishni; 
─ o’qituvchilar o’rtasida vazifalarning bir maromda to’g’ri 
taqsimlanganligini; 
─ ta’lim va tarbiya jarayonini yanada mukammal tashkil qilishni 
takomillashtirish 
va 
pedagogik 
faoliyatning 
samaradorligini 
oshirish 
monitoringini tashkil etish imkoniyatini yaratadi. 
Fizika fanida pedagogik texnologiyalarning rivojlanishi va ularning 
o’quv-tarbiya jarayoniga kirib kelishi, shuningdek, axborot texnologiyalarining 
tez almashinuvi va takomillashuvi jarayonida har bir insonning o’z kasbiy 
tayyorgarligini, mahoratini kuchaytirish imkoniyatini yaratadi.Ta’limning 
bugungi vazifasi fizika fanidan o’quvchilarni kun sayin o’sib borayotgan 
axborot-ta’lim muhiti sharoitida mustaqil ravishda faoliyat ko’rsata olishga, 
axborot oqimidan oqilona foydalanishga o’rgatishdan iborat. Bunda jamoa 
bo’lib ishlashga, izlanishga, fikrlarni jamlashga, kerakli xulosa qabul qilishga, 
o’tilayotgan mavzularda egallagan bilimini qo’llay olishga, amaliy 
mashg’ulotlar va laboratoriya tajribalarini o’tkazish bo’yicha ko’nikmalar hosil 
qilishga o’rgatishdan iborat. Fizika ta’limiga pedagogik texnologiyalarning jalb 
etilishi bugungi kunning eng dolzarb vazifalaridan biri bo’lib, har bir o’qituvchi 


Sun’iy intelekt, axborot xavfsizligi texnikasi va texnologiyalari 
Международная научно-техническая конференция «Практическое применение технических и 
цифровых технологий и их инновационных решений», ТАТУФФ, Фергана, 4 мая 2023 г. 
589
buni o’z darsiga muvofiq tusda tashkil etib bormog’i lozim. Yangi pedagogik 
texnologiyalar ham muayyan tashkiliy shakllarda amalga oshiriladiki, biz ularni 
dars o’tish, ekskursiya, amaliy va laboratoriya mashg’ulotlari, maruza, seminar, 
diktant, nazorat testi va boshqalar tarzida tushunamiz. Fizika darslari jarayonida 
yangi pedagogik texnologiyaning bir qator tamoyillari mavjud bo’lib, darsning 
umumiy maqsadidan kelib chiqqan holda qiziqarli dars tashkil etish, test 
savollari asosida o’quvchining bilimini sinab ko’rish, muammoli vaziyatlar 
asosida savol-javoblar tariqasida dars o’tish va boshqalardan iborat. Dars 
jarayonida bolani zo’riqtirmaslik, uning yoshini hisobga olgan holda turli 
usullardan foydalanish o’qituvchi-pedagogning bilishi zarur bo’lgan 
xususiyatdir. Pеdаgоgik tехnоlоgiya tushunchаsining qo’llаnilishi bu аsоsiy 
e’tibоrni fаqаt tа’lim jаrаyonini sаmаrаli tаshkil etishgаginа qаrаtilmаy, bаlki 
hаm tа’lim, hаm tаrbiya jаrаyonining sаmаrаdоrligini tа’minlаshgа birdеk 
хizmаt qilаdi.keyingi vaqtda o’qitishning yanada takommilashtirish maqsadida 
hatoki elektron darsliklarni yaratish texnologiyalari ishlab chiqilmoqda.Bunda 
o’qituvchilarni bilim berish samaradorligi ham yanada ortadi.Bu talabalar uchun 
ham o’qituvchilar uchun ham juda qulay bo’lib, labaratoriya sharoitida bajara 
olmagan labaratoriyalarni elektron tarzda bajarib kerakli tushunchalarga va 
ko’nikmalarga ega bo’lishlari mumkin. 

Download 6,64 Mb.
1   ...   298   299   300   301   302   303   304   305   ...   312




Download 6,64 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



TEXNIKA VA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNI AMALIYOTDA

Download 6,64 Mb.
Pdf ko'rish