QAYTA TIKLANADIGAN ENERGIYA MANBALARIDAN OLINGAN




Download 6,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/312
Sana22.05.2024
Hajmi6,64 Mb.
#249488
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   312
Bog'liq
3 tom

75
QAYTA TIKLANADIGAN ENERGIYA MANBALARIDAN OLINGAN 
ELEKTR ENERGIYASINI SAQLASHDA MEXANIK USULLARDAN 
FOYDALANISH 
Raxmatov Rasuljon Ravshanjon o‘g‘li. 
Assistent, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari 
universiteti Farg‘ona filiali, Farg‘ona, O‘zbekiston. 
XXI asrga kelib insonlar texnologiyalardan keng miqyosda foydalana 
boshlaganliklari sababli, elektr energiyasi inqirozi global muammoga aylanib 
bormoqda. Ma’lumki, ekologik muammolar sabab, energiya ishlab chiqarish 
ekologik usullardan foydalanish davr talabi bo‘lib qolmoqda. Оxirgi 10 yillikda 
dunyodagi akasariyat energiya ishlab chiqaruvchilar masalan, qayta tiklanuvchi 
energiya manbalari (Quyosh, Shamol va hokazolar)ga o‘tmoqdalar. Energiya 
ishlab chiqarishdagi asosiy muammolardan biri uni saqlab turishdir. Chunki 
elektr ishlab chiqarish stabil jarayon bo‘lib, bir xil miqdorda energiya ishlab 
chiqaradi, lekin iste’molchilar esa stabil emas. Insonlar energiyas asosan kechki 
payt hamda ertalab ko‘proq iste’mol qiladilar, bu paytda elektr tarmoqlariga 
hamda ishlab chiqarish stansiyalariga yuklama ortadi. Shu vaqtlarda saqlangan 
elektrdan foydalanish imkoni bo‘lsa bunday yuklamaning kamayishi hamda 
ishlab chqarish satbilligini ta’minlash mumkin. Elektr energiyasini saqlovchi 
akkumlyatorlarning ishlash davomiyligi chegaralangan bo‘lib, bu katta xarajat 
talab etadi. Shuning uchun hzoirga kelib ishlab chiqaruvchilar energiya 
saqlashning boshqa usullarini ham tadqiqi etmoqdalar. Bunday usullardan biri 
PES (Potensial energiya saqlovchisi)dir. Bunda qayta tiklanuvchi manbada 
ishlab chiqarilgan energiya yuklama kamaygan vaqtda energiyani PES tizimiga 
yo‘naltiradi. Yuklama ortganda aksincha qaytarib oladi. Bunda tizim FIK 
(Foydali ish koefsienti)dan kelib chiqib, zaxira qilingan energiyaning ma’lum 
bir qismini qaytarib olinadi (Li-ion akkumlyatorlarida bu ko‘rsatkich 90% 
gachani tashkil etadi). PES larning FIK akkumlyatorlarga nisbatan kamroqni 
taxminan 60% tashkil etadi. Lekin tizimni barqarorligi hamda iqlim, harorat va 
namlikka chidamliligi, kamxarajatliligi, soddaligi bilan ishlab chiqaruvchilarni 
jalb etmoqda. Bunday tizimlar mexanik soatlarda ham qo‘lanilgan bo‘lib, 
energiya zaxirasi mexanik usullar xisobiga saqlangan va sarflangan. 


Axborot texnologiyalari va zamonaviy dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarishning dolzarb muammolari
Международная научно-техническая конференция «Практическое применение технических и 
цифровых технологий и их инновационных решений», ТАТУФФ, Фергана, 4 мая 2023 г. 
76
PES larning ishlash prinsipi sodda bo‘lib, 2 xil rejimda ishlaydi. Birinchi 
rejimda energiya zaxiralash rejimi bo‘lib, bunda energiya elektr motorlarga 
yo‘naltiriladi hamda elektromotorlar reduktrlar yordamida ma’lum bir yukni 
ma’lum bir balandlikka ko‘taradilar. Mexanik tizimlar yordamida yuk 
balandligini saqlab turadi. Ikkinchi rejim esa energiya qaytarish rejimi bo‘lib,
ushbu yukning potensial energiyasidan foydalanish uchun qayta tushuradilar. 
Yukni tushuruvchi mexanizm elektr generatorni yurg‘izadi va generatordan tok 
ishlab chiqarilib, umumiy tarmoqqa uzatiladi. Tizimning FIK ko‘rsatkichini 
oshirish mexanizmning mukammaligiga bog‘liqdir.
PES tizimlarining asosiy kamchiliklari FIK pastligidan tashqari ularning 
mobil versiyalarini ishlatish qiyinligi, ma’lum hajm egallashi, rejim o’zgartirish 
murakkabligi va boshqalarni o‘z ichiga oladi. Shularga qaramay ushbu 
tizimlarning ishonchliligi hamda kam xarajatliligi bilan ajralib turmoqda. Bu esa 
bunday tizimlardan samarali foydalanishni taqozo etmoqda. Bundan tashqa PES 
larda zaxira hajmini oshirishni sodda, kamxarajat imkoniyati, zaxirani uzoq vaqt 
saqlashi, texnik xizmat soddaligi kabi afzalliklarga ega. Akkumlyatorlar vaqt 
o‘tgani sari zaxirasi kamayib boradi va uzoq vaqt qolib ketsa akkumlyator 
ishdan chiqadi, PES larda esa bunday emas, uzoq vaqt qolib ketsa ham tizimni 
qayta ishga tushirish mumkin hamda zaxiradan ham foydalanish mumkin.
PES lardan boshqa mexanik usullar: suvni qayta balandlikka haydash va 
deformatsiyadan song holatini tikloovchi vositalar (Prujina, rezina) orqali ham 
energiya zaxiralash mumkin. Suvni qayta balandlikka yoki suv omborlariga 
nasoslar yordamida yo‘naltirish ham elektr energiyasini saqlashda keng 
qo‘llaniladi. Bunday usullar GES lar joylashgan suv omborlarida qo‘llash 
imkoni yuqori. Kunduzgi vaqtlarda quyosh panellaridan olingan energiya 
yordamida suv omboriga suvni qayta zaxiralash mumkin va albatta tungi 
energiyaga talab yuqori bo‘lgan vaqtda undan qayta foydalanish orqali elektr 
energiyasini olish mumkin. Prujinali tizimlarni esa mobil holatda ishlatish 
imkoniyati kengroq. Bunday holatini tiklovchi vositalar PES larga qaraganda 
vazn talab etmasligi, lekin nisbatan kamroq zaxirasi bilan farqlanadi. Mexanik 
usullardan tashqari kimyoviy usullar ham mavjud bo‘lib, bu usullar ham ishlab 


Актуальные проблемы разработки информационных технологий и программных продуктов и их решения 
Международная научно-техническая конференция «Практическое применение технических и 
цифровых технологий и их инновационных решений», ТАТУФФ, Фергана, 4 мая 2023 г. 
77
chiqaruvchilarni o‘ziga jalb etmoqda. Ayniqsa suvni elektroliz qilish orqali 
vodorod olish yanada takomillashtirilmoqda. Bu esa o‘z navbatida vodorodda 
ishlovchi dvigatellarning imoniyatini oshirmoqda. Oxirgi yillarda avtomobil 
ishlab chiqaruvchilar ham vodorod yoqilg‘ili mashinalarga qiziqmodalar. 
Quyosh panelli vodorod stansiyalari qurishni rejalashtirmoqdalar. Bunda quyosh 
panellaridan olinga energiya elektroliz orqali vodorodga aylantiriladi hamda 
stansiyada yeg‘iladi. Vodorod eng yengil modda bo‘lganligi sababli, uni olib 
yurishda ham kam energiya sarflanadi. Lekin ushbu gaz eng xavfli gazlardan 
xisoblanadi. Vodorod kislorod bilan tez reaksiyaga kirishi sababli yuqori quvvat 
va energiya beradi, lekin shu sababli ham portlash xavfi ham mavjud va bu juda 
jiddiy oqibatlarga olib kelishi ham mumkin. PES tizimlari esa nisbatan xavfsiz 
bo‘lib, hattoki akkumlyatorlarda kuzatilishi mumkin bo‘lgan qizish va yonish 
holati tufayli ham akkumlyatorlardan ham xavfsiz xisoblanadi.

Download 6,64 Mb.
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   312




Download 6,64 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



QAYTA TIKLANADIGAN ENERGIYA MANBALARIDAN OLINGAN

Download 6,64 Mb.
Pdf ko'rish