Международный научный журнал № 5 (100), часть 1
«Научный импульс» Январь, 2023
1482
F.S.M.U. metodining tavsifi: Bu metod mashg‘ulotda o‘rganilayotgan
mavzuning
muhokamasi jarayonida unga doir masalalar bo‘yicha o‘quvchilar o‘z fikrlarini bayon
qilishlari, shu fikrlarni asoslovchi sabablarni ko‘rsatishlari, ularni tasdiqlovchi misolllarni
keltirishlari va pirovardida umumlashtiruvchi xulosalar chiqarishlarini o‘rgatish va mashq
qildirish metodidir.
Bu metod o‘quvchilarni erkin fikrlashga, o‘z fikrini himoya qilishga va boshqalarga o‘z
fikrini o‘tkazishga, ochiq holda bahslashishga,
bahs-munozara madaniyatiga, shu bilan bir
qatorda, o‘quvchilar tomonidan o‘quv jarayonida egallangan bilimlarni tahlil etishga va
o‘zlashtirish darajasini aniqlashga, baholashga o‘rgatadi.
FSMU metodining umumiy sxemasi:
F – fikringizni bayon eting;
S – fikringizni asoslovchi sabab ko‘rsating;
M – ko‘rsatgan sababingizni tasdiqlovchi misol keltiring;
U – fikringizni umumlashtiring.
FSMU metodi 11-22 guruhida Mutaxassislik sohasida
axborot xavfsizligi va
axborotlarni himoyalash usullari mavzusini o‘tishida shaxsiy kompyuterda xavfsizlikni
ta’minlash va uning imkoniyatlarini yoritishda foydalanildi
Yuqoridagi metodlar orqali darsni vaqt bo‘yicha taqsimlash hamda o‘zlashtirish
jihatidan o‘rganildi. Ushbu metodlarda quyidagi natijalarga erishildi:
1.Klaster metodida 70% o‘quvchi bilimni o‘zlashtirganligi aniqlandi. Dars
mashg‘ulotlarda ushbu metod guruh a'zolari tomonidan bildirilayotgan g‘oyalarning
majmui tarzida namoyon bo‘ladi. Bu esa guruhning har bir a'zosi tomonidan ilgari
surilayotgan g‘oyalarni uyg‘unlashtirish hamda ular o‘rtasidagi aloqalarni topa olish
imkoniyatini yaratadi. Muayyan tushuncha doirasida imkon qadar ko‘proq yangi g‘oyalarni
ilgari surish hamda mazkur g‘oyalar o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik va bog‘liqlikni
ko‘rsatishga harakat qiling. G‘oyalar yig‘indisining sifati va ular o‘rtasidagi
aloqalarni
ko‘rsatishni cheklamang.
Mazkur metodni mashg‘ulotlarga quyidagicha qo‘llash mumkin:
Mavzu: " Zamonaviy kompyuterlarning dasturiy ta’minoti”.
Darsning maqsadi: O‘quvchilarda yangi mavzuga aloqador o‘tilgan mavzuni
mustahkamlash, ko‘nikma hamda malakalarini shakllantirish.
Darsni tashkil etish: Yangi mavzuni o‘zlashtirishning samaradorligiga erishish uchun
o‘tilgan mavzular yuzasidan qisqacha takrorlash mashqlari o‘tkaziladi. Uni quyidagicha
tashkil etish mumkin:
Operatsion tizim haqida nimalarni bilasiz?, Dunyoga mashhur operatsion tizim nomini
sanang?, Ularni ishlab chiquvchi firmalar nomini aytib bering?, Zamonaviy operatsion
tizimlar va uning imkoniyatlari misol keltiring? Undan qanday foydalanish mumkin?
O‘tilgan mavzuni takrorlash bilan bo‘lajak bakalavr o‘qituvchilari
ongida yangi
mavzuni o‘zlashtirishga zamin hozirlanadi. Bu esa yangi mavzuni o‘zlashtirishning
samaradorligini ta'minlaydi. Guruh asosida tashkil etilayotgan mashgulotlarda ushbu
Международный научный журнал № 5 (100), часть 1
«Научный импульс» Январь, 2023
1483
metod guruh a'zolari tomonidan bildirilayotgan g‘oyalarning majmui tarzida namoyon
bo‘ladi. Har bir guruh a'zosi biror-bir g‘oyani ilgari suradi, shundan so‘ng barcha
g‘oyalar uyg‘unlashtiriladi. Buning uchun pedagog bo‘lajak o‘quvchi 3 yoki 4
guruhga
bo‘ladi. O‘quvchilarga muayyan mavzuni aytadi. Mazkur mavzuni puhta o‘zlashtirgunlariga
qadar bosib o‘tiladigan yo‘lning namunasini keltiradi.
Bo‘lajak informatika o‘qituvchilari quyidagi muammolar yuzasidan erkin, ochiq
o‘ylash, fikrlash imkoniyatiga egadirlar:
Informatika o‘rganadigan asosiy obektlar?, U nimaga bog‘liq?
Darsning borishi: Takrorlash uchun avvaldan tuzib quyilgan savollar beriladi.
Bakalavr o‘qituvchilar shu orqali o‘tilgan mavzuni takrorlab olishadi. Pedagog
yuqorida keltirilgan metoddan foydalanib, aytilgan fikrlarini o‘rtaga tashlaydi.
Mazkur
bosqichlar bajarib bo‘lingach, guruhdagilar o‘z fikrlarini uyg‘unlashtiradilar, ular o‘rtasidagi
aloqalarni topib bitta andozaga solishini guruh a'zolarining hukmiga havola etadi. Buning
uchun har bir guruhdan vakil saylanadi. Guruh tomonidan jamlangan g‘oyalar turkumi o‘qib
eshittiriladi. Klaster metodi bo‘yicha keltirilgan ushbu bosqichlar bosib o‘tilgach, bo‘lajak
bakalavr informatika va axborot texnologiyalari o‘qituvchilari o‘z-o‘zidan yangi mavzuni
tushunib oladilar.
Dars samaradorligini oshirishda innovatsion usullardan foydalanish o‘qituvchilar
mahoratini oshirish avvalo ularning maxsus kasbiy salohiyatiga bogliq. Innovatsion
usullardan foydalanish o‘qitiladigan fanlarning soatini inobatga olgan holda ular bilimini
oshirish muammosini ham har hil yo‘llar bilan hal qilish zarur. Ammo, klaster metodi
mahorati shunday universal komponentlarni o‘z
ichiga qamrab oladiki, ushbu
komponentlardan turli o‘quv fanlari pedagoglari foydalana oladilar va bu yo‘nalishda ular
tez vaqtda yaxshi natijaga erishishlari mumkin. Salohiyat aniq fan yo‘nalishida aniq ishni
samarali bajarish uchun zarur bo‘lgan o‘ziga hos hususiyatni bildiradi. Salohiyat
tushunchasi o‘z ichiga maxsus bilimlar, o‘ziga hos ko‘nikmalar, fikrlash usullarini va o‘z
harakatlariga javobgarlikni tushunishni qamrab oladi. Yana shu ham ma'lumki, o‘qituvchilar
o‘tkazilayotgan mashg‘ulotlardan, o‘zi qilayotgan ishidan qoniqish
hosil qilishi ham juda
katta ahamiyatga egadir.
2. FSMU metodida 80% o‘quvchi bilimni o‘zlashtirganligi aniqlandi.
FSMU metodini amalda qo‘llash:
O‘qituvchi quyidagiga o‘xshagan vazifalar yozilgan tarqatma materiallarni oldindan
tayyorlab, mashg‘ulot vaqtida kichik guruhlarga yoki alohida o‘quvchilarga tarqatadi.
1-vazifa. “Mutaxassislik sohasida axborot xavfsizligi” mavzusi yuzasidan fikrlaringizni
FSMU metodi bo‘yicha bayon eting.
F-_________________________________________________
S-_________________________________________________
M-________________________________________________
U-_________________________________________________
Международный научный журнал № 5 (100), часть 1
«Научный импульс» Январь, 2023
1484
2-vazifa. “Shaxsiy kompyuterda axborotlarni himoyalash usullari” mavzusi uzasidan
fikrlaringizni FSMU metodi bo‘yicha bayon eting.
F-_________________________________________________
S-_________________________________________________
M-________________________________________________
U-_________________________________________________
O‘qituvchi vazifani bajarish uchun vaqtni belgilab e’lon qiladi. Vazifalarni bajarish
vaqtida umumiy rahbarlikni amalga oshiradi. O‘quvchilar o‘zlariga berilgan vazifani bajarib
bo‘lgandan so‘ng, ularning umumiy muhokamasini tashkil qiladi.
Vazifani eng yaxshi
bajarganlar rag‘batlantiriladi.