Menejment tizimlarda axborot texnologiyalari va ularning turlari
MENEJMENT TIZIMLARDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA
ULARNING TURLARI
Reja:
1. Menejmentning tashkiliy tuzilishi haqida tushuncha
2. Axborot texnologiyalari
3. Axborot texnologiyasining maқsadi va rivojlanish bosқichlari
4. Axborot texnologiyasining turlari
Menejment (inglizcha: management) — boshqarish, tashkil etish) — maxsus
boshqarish faoliyati; boshqarish toʻgʻrisidagi fan. Menejmentning holati ishlab
chiqarish samaradorligiga, texnika va texnologiya darajasi hamda ishchi kuchining
sifatiga taʼsir koʻrsatadi. Menejment fanining mazmuni boshqaruv tizimi va
boshqaruv obʼyekti orasidagi oʻzaro munosabat boʻlib, uning asosiy vazifasi
boshqaruvning zamonaviy usullarini, rahbarlik sanʼati sirlarini oʻrganishdan iborat.
Boshqaruv — tanlov, qaror qabul qilish va uning bajarilishini nazorat etish
jarayonidir.
Menejmentning tarkibiy tuzilishi deganda boshqaruv buginlari va boskichlari
mikdori va tarkibi tushuniladi. Menejment tashkiliy tuzilishining oddiy va tushunarli
bulishi uning ish kobiliyati yukori bulishini kafolatlaydi, ya’ni boshqaruv tashkiliy
tuzilmasida boskich va buginlar kancha kam bulsa, boshqaruv shunchalik samarali
buladi.
Boshqaruv buginlari - bu bitta yoki bir-kancha vazifalarni bajaruvchi mustakil
tarkibiy unsurlardir. Tuzilma elementlari, ularning bulinmalari va boshqaruv
apparatida ishlovchilardir.
Boshqaruv boskichlari - bu boshqarish biror darajasidagi ma’lum buginlar
yigindisidir. Shu belgisiga kura boshqaruvning tashkiliy tuzilmalari - kup boskichli
(kup buginli), uch, ikki boskichli (buginli) buladi. Boskichlar va buginlar urtasidagi
alka vertikal va gorizontal bulishi mumkin. Vertikal buginlar raxbarlarning ularga
buysunuvchilar urtasidagi munosabatlarni, gorizontal alokalar boshqaruvning teng
xukukli bugin va unsurlari urtasidagi munosabatlarni bildiradi.
Texnologiya so’zi grekchadan tarjima kilinganda san'at, ustalik, malaka
ma'nosini anglatadi. Texnikada texnologiya deganda ma'lum kerag’li material
maxsulotni xosil qilish uchun usullar, metodlar va vositalar yig’indisidan
foydalanadigan
jarayon
tushuniladi.
Texnologiya
ob'ektining
dastlabki,
boshlang’ich xolatini uzgartirib, yangi, oldindan belgilangan talabga javob
beradigan xolatga keltiradi. Misol uchun sutdan turli texnologiyalar orqali katik,
tvorog, smetana, yog’ va boshqa sut maxsulotlarini olish mumkin. Agar
boshlang’ich xom ashyo sifatida axborot olinsa, ushbu axborotga ishlov berish
natijasida axborot maxsulotinigina olish mumkin. Ushbu xolda xam «texnologiya»
tushunchasining ma'nosi saklanib kolinadi. Fakat unga «axborot» so’zini qo’shish
mumkin. Bu narsa axborotni qayta ishlash natijasida moddiy maxsulotni emas, balki
axborotnigina olish mumkinligini aniqlab turadi.
Texnologiyani quyidagicha ta'riflash mumkin. Texnologiya — bu sun'iy
ob'ektlarni yaratishga yunaltirilgan jarayonlarni boshqarishdir. Kerag’li jarayonlarni
kerag’li yunalishda borishini ta'minlash uchun yaratilgan shart-sharoitlar qanchalik
yaxshi tashkil etilganligi texnologiyaning samaradorligini bildiradi. Bu yerda tabiiy
jarayonlar nafakat moddaning tarkibi, tuzilishi va shaklini uzgartirish maqsadida,
balki axborotni qayta ishlash va yangi axborot xosil qilish maqsadida xam
boshqariladi. Shuning uchun axborot texnologiyasini quyidagicha ta'riflash
mumkin.
Axborot texnologiyasi — bu axboriy ma'lumotni bir Ko’rinishdan
ikkinchi, sifat jixatidan yangi Ko’rinishga keltirish, axborotni yig’ish, qayta
ishlash va uzatishning usul va vositalari majmuasidan foydalanish
jarayonidir.
Moddiy ishlab chiqarish texnologiyasining maqsadi insonning talabini
kondiradigan yangi maxsulot ishlab chiqarishdan iborat. Axborot texnologiyasining
maqsadi esa insonning biror-bir ishni bajarishi uchun zarur bo’lgan, uni taxlil etish
va u asosida qaror qabul qilishi kerag’ bo’lgan yangi axborotni ishlab chiqarishdan
iborat (2.4-rasm). Turli texnologiyalarni kullab, bitta moddiy resurslardan turli
maxsulotlar olish mumkin. Xuddi shu narsani axborot texnologiyalariga nisbatan
xam aytish mumkin. Misol: matematikadan nazorat ishini bajarganda xar bir
o’quvchi boshlang’ich axborotni qayta ishlash uchun o’zining bilimini kullaydi.
Masalaning yechimi bo’lgan yangi axborot maxsuloti, o’quvchi tanlay olgan
masalani yechish texnologiyasi, usuliga bog’liq.
Moddiy ishlab chiqarishda turli maxsus jixozlar, stanoklar, uskunalar va
boshqalar ishlatiladi. Axborot texnologiyalari uchun xam o’zining «uskunalari»,
vositalari mavjud. Bular kseroks, telefaks, faks, skaner va boshqa vositalardir. Bu
vositalar orqali axborotga ishlov berilib, uzgartiriladi. Uozirgi paytda axborotga
ishlov berish uchun kompyuterlar va kompyuter tarmoklari keng kullanilmokda.
Axborot texnologiyasida kompyuterlar va kompyuter tarmoklarining kullanishiga
urKu berish maqsadida ko’pincha kompyuter va kommunikatsion texnologiya
haqida gapirishadi.
Axborot texnologiyasi uzi uchun asosiy muxit bo’lgan axborot tizimlari
bilan bevosita bog’liqdir. Chunki axborot texnologiyasi axborot tizimlarida mavjud
bo’lgan ma'lumotlar ustida bajariladigan turli xil murag’kablikdagi operatsiyalar,
amallar va algoritmlarni bajarishdan iborat bo’lgan tartiblashtirilgan jarayondir.
Axborot
texnologiyalari
jamiyat
axborot
resurslaridan
okilona
foydalanishning eng muhim usullaridan biri bo’lib, xozirgi vaktga kadar bir necha
evolyutsion bosqichlarni bosib utdi.
Ana shu bosqichlarga qisqacha to’xtalib o’tamiz.
1-bosqich. XIX asrning ikkinchi yarmigacha davom
etgan. Bu bosqichda «Kullik» axborot texnologiya tarag’kiy
etgan. Uning vositasi: pero, siyoxdon, kitob. Kommunikatsiya,
ya'ni aloqa odamdan odamga yoki pochta orqali xat vositasida
amalga oshirilgan.
2-bosqich. XIX asrning oxiri, unda «Mexanik» texnologiya rivoj topgan.
Uning asosiy vositasi yozuv mashinkasi, arifmometr kabilardan iborat.
3-bosqich. XX asr boshlariga mansub bo’lib, «Elektromexanik»
texnologiyalar bilan fark qiladi Uning asosiy vositalari sifatida
telegraf va telefonlardan foydalanilgan. Bu bosqichda axborot
texnologiyasining maqsadi xam uzgardi. Unda asosiy urKu
axborotni
tasvirlash
shaklidan,
uning
mazmunini
shakllantirishga kuchirildi.
4-bosqich. XX asr urtalariga to’g’ri kelib, «Elektron»
texnologiyalar
kullanilishi
bilan
belgilanadi.
Bu
texnologiyalarning asosiy vositasi EHMlar va ular asosida
tashkil etiladigan avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlari va axborot izlash
tizimlaridir.
5-bosqich. XX asr oxiriga to’g’ri keladi. Bu bosqichda «Kompyuter»
texnologiyalari tarag’kiy etdi. Ularning asosiy vositasi turli maqsadlarga
muljallangan dasturiy vositalarga ega bo’lgan shaxsiy kompyuterlardir. Bu
bosqichda kundalik turmush, madaniyat va boshqa soxalarga muljallangan texnik
vositalarning o’zgarishi ro’y berdi. Lokal va global kompyuter tarmoklari ishlatila
boshlandi.
Axborot texnologiyalari bir necha turlarga bo’linadi:
1. Ma'lumotlarga ishlov beruvchi axborot texnologiyalari. Ular ma'lum
algoritmlar bo’yicha boshlang’ich ma'lumotlarga ishlov beruvchi masalalarni
yechishga muljallangan. Masalan, xar bir firmada o’zining xodimlari haqidagi
axborotga ishlov beruvchi axborot texnologiyasi albatta bo’lishi kerag’.
2. Boshkarishning axborot texnologiyalari.
Ularning maqsadi ish faoliyati qaror qabul qilish bilan
bog’liq bo’lgan insonlarning axborotga bo’lgan talabini
kondirishdan iborat. Boshkarishning axborot tizimlari
tashkilotning utmishi, xozirgi xolati va kelajagi
haqidagi axborotni xam o’z ichiga oladi.
3. Ofis(idora)ning axborot texnologiyasi.
Avtomatlashtirilgan
ofisning
zamonaviy
axborot texnologiyalari bu — tashkilot ichidagi va tashki muxit bilan
kommunikatsion jarayonlarni kompyuter tarmoklari va axborotlar bilan ishlovchi
boshqa zamonaviy vositalar asosida tashkil etish va kullab-kuvvatlashdan iborat.
Buning uchun maxsus dasturiy vositalar xam ishlab chiqilgan. Ulardan biri
Microsoft Offise dasturlar paketidir. Uning tarkibiga Word matn muxarriri, Excel
elektron jadvali, Power point takdimot uchun grafikani tayyorlash dasturi, Microsoft
Access ma'lumotlar omborini boshqarish tizimlari kiradi.
Hozirgi paytdagi kompyuterlar uchun ko’plab dasturiy vositalar mavjudki,
ular barcha turdagi axborot texnologiyalarini ta'minlay oladi. Ularning ayrimlari
bilan qisqacha tanishib chiqamiz.
Ma'lumotlar ombori. Uar qanday axborot texnologiyasining majburiy
komponenti ma'lumotlar omboridir (MO). Avtomatlashtirilgan ofisda MO firmaning
ishlab chiqarish tizimi haqidagi barcha ma'lumotlarni uzida saklaydi. MO, uni
tashkil qilish va boshqarish haqida batafsil 10- bobda tanishib chiqamiz.
Matn protsessori. Bu matnli xujjatlarni tashkil etish va ularga ishlov berishga
muljallangan dasturiy vosita turidir. Masalan, matn muxarririda tayyorlangan xat va
xujjatlarni doimiy ravishda qabul qilish menedjerga firmadagi xolatni doimo
nazorati ostida to’tishga yordam beradi.
Elektron pochta (Ye-mail) — kompyuterlardan
tarmokda foydalanishga asoslangan bo’lib, xamkor
(partnyor)larga ma'lumotlar junatish yoki ulardan ma'lumot
olish imkoniyatini yaratadi.
Audiopochta — bu ma'lumotlarni
klaviatura
yordamida emas, balki tovush orqali
uzatuvchi
pochtadir.
Тayanch so’z va iboralar: texnologiya, san'at, ustalik, malaka, texnikada
texnologiya, sun'iy ob'ektlar, axborot texnologiyasi, axboriy ma'lumot, moddiy
ishlab chiqarish texnologiyasi, moddiy resurslar, kseroks, telefaks, faks, skaner,
kompyuter va kommunikatsion texnologiya, kullik, mexanik texnologiya,
Ofis(idora)ning axborot texnologiyasi, ma'lumotlar ombori, matn protsessori,
elektron pochta (Ye-mail) audiopocht
http://fayllar.org
|